Reja Kirish
1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari.
2. Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati.
3.Raqobatli va monopol bozor sharoitida narxlarning shakllanishi
4.Monopol bozor sharoitida narxlarning shakllanishi
5. Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari.
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin qilinadi va unga turlicha ta’rif beriladi. Bunga qo‘shimcha narxning darajasiga uning o‘zgarishiga turli omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh toifadagilar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar1. Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi. Narxning mazmuniga turli qarashlardan A.Marshall tomonidan sintezlashtiriladi. A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi.
A. Marshall o‘zining narx konsepsiyasida A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey, Bem-Bavrik va boshqalarning nazariyalariga tayanadi hamda ularni umumlashtiradi.
U o‘z qarashlarida keyingi qo‘shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuv qiymatni tan oladi. Uning fikri bo‘yicha shu almashuv qiymat – narxdir. A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi. Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi. a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi. b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir. Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida mujassamlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
Bozor narxi – bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.
2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy tartibga solish mexanizmidir. Ayni vaqtda davlat ham uning quyi va yuqori chegarasini belgilab iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga
bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va aksincha.
3. Raqobat vositasi. Ma’lumki, raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat usullaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
4. Hisob - kitob vazifasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’mol tovarlari bilan eng kam darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizda 1991-yildan 1995-yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq budjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi.
6. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, Chunki qilingan sarfxarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, bitta umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflatsiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin2.
7. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi.
Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi.
Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlar. Chakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi.
Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va imtiyozlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Dotatsion narxlar. Davlat budjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir. Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narxlar. Aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgilanadi. Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k.) narxi sifatida chiqadi. Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.
Erkin narxlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.
Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilanganda hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Tartibga solinadigan narxlarga limitlangan va dotatsiyalangan narxlarni kiritish mumkin. Limitlangan narxlarda davlat tomonidan belgilangan yuqori va quyi chegara doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflatsiyani jilovlaydi, uning o‘sishini nazorat qiladi. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan o‘xshatmaslik kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va nogiron qatlamlarini minimal darajada ta’minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlashtirilgan, ammo dotatsiyasi bo‘lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri-ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar tovarlarning odatdagi narxi bilan arzonlashtirilgan narxi o‘rtasidagi farqni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar.
Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir.
Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi. Hududiy (mintaqaviy) narxlar muayyan hududiy bozorlarda uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi.
Milliy narxlar alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi.
Jahon narxlari muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalmilal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o‘zida aks ettiradi.
O‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra standart va o‘zgaruvchan narxlar farqlanadi.
Maksimal va minimal narxlar
Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko‘zda tutadi.
Davlat narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga solishga harakat qiladi. Bunda u ikkita maqsadni ko‘zlaydi: ishlab chiqaruvchilarni yoki iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash. Iste’molchilarni narx tomondan qo‘llab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni o‘rnatadi. Bunda sotuvchilar qayd etilgandan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past o‘rnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yo‘qoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo‘ladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida xarid qila olmagan iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tug‘ilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari ko‘proq:
ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi;
bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda turganlarga ham u etmasligi mumkin;
“qora bozor”ning paydo bo‘lishi va boshqalar.
Davlat ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda o‘rnatadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan yuqori bo‘lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni o‘rnatish yo‘li bilan aralashuvi ham yo‘qotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi.
Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham qo‘llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilish samaradorligi pasayishi va sof yo‘qotishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ba’zan bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Agar o‘rnatilgan narx muvozanat narxidan Re kichik bo‘lsa ( - muvozanat narx) va narxni undan yuqori belgilash ta’qiqlansa, bunday narxlar maksimal narxlar, aksincha o‘rnatilgan narx muvozanat narxidan Re katta bo‘lsa, (Re-muvozanat narx) va narxni undan pastroq belgilash ta’qiqlansa, bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi.
Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun davlat tomonidan o‘rnatiladi.
Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi.
1-rasm. Narx maksimal bo‘lganda mahsulot tanqisligi.
Maksimal narx o‘rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi dan gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol ortiqchaligi oshadi.
Minimal narxning o‘rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishi yoki mahsulotlar omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 18-chizmada keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu yerda ham norasmiy bozor vujudga keladi.
2-rasm. Narx minimal bo‘lganda mahsulot ortiqchaligi.
Grafikdagi nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda ( narxda) sotilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni ko‘rsatadi.
Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o‘zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.
Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx o‘rnatildi. Ya’ni ( muvozanatli narx).
Ushbu ortiqchalik grafikda qo‘sh shtrixlangan A to‘rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi ortiqchaligining sof o‘zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.
,
bu yerda, - iste’molchi ortiqchaligining sof o‘zgarishi.
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, bo‘lgani uchun sof iste’molchi ortiqchaligi musbat
Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko‘rsatilgan A to‘rtburchak yuziga teng bo‘lgan iste’molchi ortiqchaligini yo‘qotadilar. Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘qotilgan ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan.
3-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri.
Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o‘zgarishi teng:
,
bu yerda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o‘zgarishi.
Maksimal narx o‘rnatilganda asosiy yo‘qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to‘g‘ri keladi.
Bozor sharoitiga qarab o‘zgarmaydigan narxlar standart narxlar deyiladi. Bunda narx o‘zgarmasada, foyda ko‘payishi mumkin, ya’ni bu narx xaridorga qulaylik tug‘diruvchi xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan: Avtobusda yo‘l haqi o‘zgarmaydi, lekin avtobuslar soni qisqaradi yoki bekatlar qisqartiriladi, muzqaymoq tarkibida sariyog‘ yoki qaymoq ulushi kamaytiriladi.
O‘zgaruvchan narxlar – bozor sharoitiga qarab oshib yoki pasayib turadi. Bunda talabning o‘zgarishi hisobga olinadi. Masalan: yangi tovar rusumga kirayotganda, unga talab yuqori, shunga ko‘ra narxi baland bo‘ladi. U kundalik zarur tovarga aylangach narxi ham arzonlashadi. O‘zgaruvchan narxlar yana shunda ko‘rinadiki, qish mavsumi boshlanganida qishki kiyimlar qimmat bo‘lib, bahorga borib ular arzonlashadi. Narxlarning o‘zgarishi ma’lum chegarada yuz beradi. Narxlar o‘rtasidagi farqning miqdoriy o‘lchami narx diapazoni deyiladi.
Narx diapazoni – turli narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir.
Shakllanish sharoitidan kelib chiqib, erkin bozor narxlari va monopol narxlarni ajratish mumkin.
Monopol narxlar monopol mavqeiga ega bo‘lgan tovarlarga belgilanib, u ishlab chiqarish narxidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.
Erkin bozor narxlari – sof raqobatli bozor sharoitida vujudga keladi.
Yer,suv,o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tibiiy resurslarga belgilanadigan narxlarni irratsiotnal narxlar deyiladi.
Yashirin narxlar xufiyona bozorlarda shakllanadigan narxlarni anglatadi. Narxlar darajasi va nisbati bozor holatini ko‘rsatadi.
Narxlar darajasi ularning mutlaq o‘lchamidir. Narx darajasi ikki turga bo‘linadi: 1) Mutlaq daraja – bu narxning umumiy miqdori bo‘lib, ma’lum tovarning qancha turishini ko‘rsatadi. 2) Nisbiy daraja – bu narxning iste’molchi daromadi xarid qobiliyatidagi ulushini ko‘rsatadi. U tovar narxi iste’molchi pul daromadining necha foizini tashkil etishini ko‘rsatadi. Masalan: iste’molchining bir oylik maoshi 1,5 mln deb faraz qilaylik, 1 kg go‘sht narxi 30 ming so‘m. Demak, go‘sht narxining dehqon bir oylik daromadidagi nisbiy ulushi 2% (30:1500x100)ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |