1-jadval
Ishlab chiqarishda nodavlat sektorining ulushi (%da)
Ko‘rsatkichlar nomi
|
1991 y.
|
1995 y.
|
2000 y.
|
2001 y.
|
2016y.
|
Sanoat mahsulotlari
|
10,0
|
51,0
|
65,4
|
68,3
|
ss
|
Qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti
|
66,0
|
97,0
|
99,0
|
99,2
|
|
Qurilish ishlari
|
7,6
|
62,1
|
81,2
|
93,7
|
|
Chakana tovar aylanmasi
|
52,5
|
91,7
|
96,8
|
97,8
|
100
|
Pulli xizmatlar
|
14,0
|
30,4
|
57,1
|
65,6
|
49,5
|
Asosiy kapitalga investisiyalar
|
24,4
|
44,9
|
34,6
|
40,2
|
44,2
|
Bugungi kunda iqtisodiyotning nodavlat sektori hissasiga ishlab chiqarilayotgan YaIMning 73,3%, jami sanoat ishlab chiqarishining 71,4% qismi, deyarli barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, chakana tovar aylanmasi va aholiga ko‘rsatiluvchi pulli xizmatlar to‘g‘ri keladi. Hozirgi paytda mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 35,6% qismi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri keladi.
Davlat biznes va tadbirkorlikni kengaytirib, huquqiy jihatdan muhofaza qilmoqda hamda xususiy mulk salmog‘i katta bo‘lgan milliy xo‘jalikning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga intilmoqda. Oxirgi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun chet el kredit liniyalari bo‘yicha ajratilgan resurslar miqdori 500 mln AQSh dollaridan oshib ketdi. Biznesni mahalliy miqyosda qo‘llab-quvvatlash esa chet elliklar yordamidan kam bo‘layotgani yo‘q. 2002 yilda tijorat banklari tomonidan KB subyektlariga berilgan kreditlar hajmi 265 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yilga kelib 353,6 mlrd.so‘mga yetdi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi. Shu nuqtai nazardan ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YaIMdagi ulushini ko‘paytirish, bozor iqtisodiyotiga mos tovar va xizmatlar bozorini shakllantirish hamda mahsulot eksportini oshirishda asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: davlat tashkilotlarini xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash, xususiy tadbirkorlarni resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish.
2004 yilda kichik tadbirkorlik faoliyati va uning mamlakat iqtisodiy o‘sishida, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlari oshishida xissasining o‘sganligi bilan tasniflanadi.
Kichik tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng qamrovli chora-tadbirlar, xususan, tadbirkorlikni erkin faoliyat yuritishi uchun kafolatlarning ta’minlanganligi, ularni davlat tomonidan ro‘yxatga olishning ixcham mexanizmining joriy etilishi, kredit mablag‘laridan foydalanish doirasining kengayishi (2004 yilda tijorat banklari tomonidan KB subyektlariga 353,6 mlrd. so‘m yoki 2003 yilga nisbatan 71,4 mlrd.so‘mga ko‘p mi.dorda kreditlar berildi), qulay makroiqtisodiy muhitning shakllanganligi (inflyasiyaning past darajasi – 3,7%), milliy valyuta kursi bar.arorligi, KBning YaIMdagi ulushini 35,6%gacha o‘sishini yoki 2003 yilga nisbatan 0,6% daraja yuqori bo‘lishini ta’minladi.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy sektor pozisiyalarini mustahkamlash hamda biznes va tadbirkorlik sohasini jadal suratlarda rivojlantirish uchun qo‘yilgan katta qamdamlardan biri sifatida mamlakat Prezidentining 2003 yil 24 yanvarda chiqarilgan «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektor salmog‘i va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini ko‘rsatish mumkin.
Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o‘zgartirish, tadbirkorlik motivasiyasi tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik «yuqoridan» berilgan chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning hayotiy ehtiyoji bo‘lishi lozim. Biznes va tadbirkorlikni moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mavjud va ishlab chiqarishga jalb qilinayotgan resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirish muhim. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, aynan ishlab chiqarish yo‘nalishidagi biznes tufayli ko‘plab G‘arb mamlakatlari, hozirgi kunda esa Sharq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan.
Shu sababli ishlab chiqarish yo‘nalishidagi, ya’ni oldi-sotdiga emas, balki aholi va jamiyat uchun kerakli mahsulot chiqarishga asoslangan biznesni rivojlantirish iqtisodiyotning ustivor yo‘nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo‘li milliy boyliklarni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |