Mavzu: “Iqtisodiy o`sish va uning samaradorligi muommolari” Bajardi: Nurulloev I. Tekshirdi: Ma’morov B. Toshkent – 2018 reja



Download 0,93 Mb.
bet4/19
Sana21.02.2023
Hajmi0,93 Mb.
#913434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Iqtisodiy-osish-va-rivojlanayotgan-mamlakatlardagi-ozgarishlar

1.2. Iqtisodiy o`sish modellari.

1.2.1 Iqtisodiy o`sishning neoklassik modeli.


Solou modeli biror vaqt oralig’idagi jamg’armalar, aholining ko’payishi va texnologik o’sishning ishlab chiqarishning o’sishiga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Model shuningdek mamlakatlarning yashash darajasi orasidagi katta farqlarning ba’zi sabablarini ham aniqlaydi.
Iqtisodiy o’sishning Solou modeli kapital zahirasining o’sishi, ishchi kuchining o’sishi va texnologiya rivojlanishi ishlab chiqarishga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu model yordamida iqtisodiyotning eng muhim masalalaridan birini tahlil qilish mumkin: ishlab chiqarilgan mahsulotning qancha qismi hozir iste’mol qilinishi kerak va qancha qismi kelajakda foydalanish uchun tejab olib qo’yilishi kerak.
Solou o’z modelida Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funkstiyasidan foydalanadi, bu funktsiyada mehnat (ishchi kuchi) va kapital bir-birining o’rnini bosuvchi omillar hisoblanadi. Ishlab chiqarish funkstiyasi mehnat (L) va kapital (K) omillari qanday qilib ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini aniqlab berishini ko’rsatadi:
Y = F(K, L) .
Solou modeliga ko’ra, ishlab chiqarishda foydalaniladigan kapital va mehnat hajmi ishlab chiqariladigan mahsulot miqdoriga to’g’ri proporstional deb olinadi, ya’ni kapital va ish kuchi biror z marta ortsa, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori ham shuncha marta ortadi:
zY = F(zK, zL) .
Ishlab chiqarish funkstiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
Y = F(K, L) = AKαL1-α ,
bu yerda A — mavjud texnologiyaning unumdorligini ko’rsatuvchi parametr.
Kobba-Duglas funktsiyasidan kelib chiqqan holda quyidagilarni yozish mumkin:
MPL = (1 – α)Y/L , MPK = αY/K ,
bu yerda MPL va MPKmehnat va kapitalning me’yoriy unumdorligi, Y/L va Y/K esa mehnat va kapitalning o’rtacha unumdorligi.
Solou modeli tahlilining boshqa shartlari quyidagilar hisoblanadi: kamayib boruvchi me’yoriy kapital unumdorligi, ko’lam ortishidan keladigan o’zgarmas daromad, o’zgarmas ishdan chiqish (amortizastiya) normasi, investistion laglarning yo’qligi. Omillarning bir-birining o’rnini bosa olishi (kapital ta’minotining o’zgarishi) faqatgina texnologik sharoitlar bilan emas, balki omillar bozoridagi mukammal raqobat shartlari bilan ham tushuntiriladi.
Mahsulotlar talabi va taklifi qanday qilib kapital to’plash jarayonining parametrlarini aniqlashini tahlil qilishda mehnat resurslari hajmini va foydalaniladigan texnologiyani o’zgarmas deb qaraladi.
Modelda mahsulotlar taklifi Y=F(K, L) ishlab chiqarish funktsiyasi yordamida ifodalanadi. Yuqorida ko’rsatilgan zY=F(zK, zL) tenglamada z=1/L desak, Y/L=F(K/L, 1), ya’ni bu tenglama shuni ko’rsatadiki, bitta ishchiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish hajmi (Y/L) bitta ishchiga to’g’ri keladigan kapitalning (K/L) funkstiyasi hisoblanadi. Bir ishchiga to’g’ri kelgan ko’rsatkichlarni ifodalashda kichik harflardan foydalanamiz: Y/L=y, K/L=k. U holda ishlab chiqarish funkstiyasini quyidagicha yozish mumkin: y=f(k), bu yerda f(k)=F(k,1). Grafik tarzda buni q uyidagicha ifodalash mumkin(2.1-rasm):

Berilgan egri chiziqning qiyaligi har bir ishchiga to’g’ri kelgan kapitalning qo’shimcha birligi yordamida har bir ishchi hisobiga qancha qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarilishini ko’rsatadi. Bu miqdor kapitalning me’yoriy unumdorligi (MPK) deyiladi:


MPK = f(k+1) – f(k) .
Mahsulotlarga talab va iste’mol funktsiyasi. Solou modelida mahsulotlarga bo’lgan talab iste’mol va investistiyalardan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, bir ishchiga to’g’ri kelgan mahsulot y bitta ishchiga to’g’ri kelgan iste’mol c va bitta ishchiga to’g’ri kelgan investistiyalar i o’rtasida bo’linadi:
y = c + i .
Modelda iste’mol funkstiyasi oddiy shaklga ega deb qabul qilinadi:

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish