1.3. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy tavsifi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar yoki boshqacha qilib aytganda 3-dunyo mamlakatlari sirasiga asosan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi davlatlar kiritilib, ular asosan iqtisodiyot tarkibi jihatidan agrar xo`jalikka yoki tayyor xomashyolar asosiga qurilgan bo`lib, sanoat kamroq qismni egallaydi. Boshqa tomondan bu mamlakatlarda aholining kambag`allik darajasi yuqoriroq, aholi savodxonligi pastroq bo`lib, aholi jon boshiga yillik maxsulot va xizmatlar o`rtacha 3-5 ming AQSh $ga teng bo`ladi.
Dunyo mamalkatalarini kuzatar ekanmiz, avvalda aytib o`tganimizdek iqtisodiy o`sish jarayoni bir tekis ravishda davom etmasligini, turli iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar natijasida rivojlanish yomonlashuvi mumkinligini ko`rib chiqdik. Xususan, Rossiya, Malayziya va mamlakatimiz iqtisodiy shakllantirish jarayonida bozor qonunlari ustuvor bo`lgan vaziyatdagina nafaqat iqtisodiy o`sish, balki iqtisodiy rivojanishga ham erishish imkoniyatlari bor ekan.
Dunyoning turli mamlakatlari turlicha iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va modellarini tanlaganligi sababli ularning rivojlanishi ham turlichadir. Bu o`zgarishlarni yaqqol ko`rsatish uchun 2008-yildagi har bir mamlakatning o`rtacha o`sish miqdorini foiz hisobida quyidagi xaritada ko`raylik:
1.3.1-rasm1. 2008-yildagi Dunyo mamlakatlari YaMM sining o`tgan yilga nisbatan o`sish darajasi (% larda).
Yuqoridagi xaritadan ko`rinib turibdiki, dunyoning aksar rivojlangan mamlakatlari, xususan, Yaponiya, AQSh, Kanada, Italiya, Avstraliya, Meksika, Shvetsariya, Niderlandiya, Ispaniya, JAR va Fransiya kabi mamlakatlari iqtisodiy o`sish darajasi 0-2 % yoki o dan kichik qiymatga ega. Lekin bu yuqoridagi mamlakatlarda iqtisodiy ahvol yomon degani emas, to`g`ri, butun jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi barcha mamlakatlarga ma’lum darajada ta’sir etdi, ammo AQSH kabi mamlakatning YaMM ko`lami 1,5 % ga o`sdi degani bu miqdor hisobida juda katta ko`rsatgichdir. Rossiya, Mongoliya, Xitoy, Malayziya, Hindiston va O`zbekiston kabi davlatlarning iqtisodiy o`sishi 6-8 % dan yuqori. Bu mamlakatlar orasida bizning vatanimiz borligi quvonarli, albatta.
Yuqorida aytib o`tganimizdek, davlatlarining haqiqiy darajasini ko`rsatish uchun YaMM ning jon boshiga bo`linishidan hisoblab, ko`rib chiqishimiz darkor, quyidagi xarita aynan shuni ifodalaydi:
2-rasm.
1.3.2-rasm2. 2008-yildagi Dunyo mamlakatlari YaMM sining jon boshiga ko`rsatgichi.
Bu xaritaga ko`ra, AQSh, Kanada, Avstraliya, Ispaniya va Buyuk Britaniya kabi eng boy davlatlar toifasiga kiritilsa, yuqorida aytganimiz Xitoy, Malayziya, Mongoliya, Hindiston va shu kabi davlatlar jon boshiga YaMM ko`rsatgichi 1000-3500 $ ga teng bo`ldi. Bu xaritada valyutaning sotib olish qobiliyati hisobga olinmagan, shu sababli ham O`zbekiston ko`rsatgichi 500-1000 $ oralig`ida joylashgan. Rossiya esa YaMMning jon boshiga ulushi 12-30,000 $ bo`lgan mamlakatlar qatoriga qo`shilgan. Malayziya davlati YaMMsining jon boshiga ulushi 6000-12000 AQSh $i orasida ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |