Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o'sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagalar hisoblanadi:
YaMM (SMM) yoki milliy daromad xajmining real ko'payishi;
YaMM (SMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga o'sishi;
YaMM (SMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ortishi.
Iqtisodiy o`sishga erishish maqsadida turli davlatlar o`zining har tomonlama vaziyatidan kelib chiqib turli yo`llarni tutadi. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi iqtisodiy o`sish tushunchasini ham nazariy, ham amaliy tarzda ochib berish. Bu maqsadga erishish uchun:
Iqtisodiy o`sishning qanday modellari bor: ularning afzalliklari va kamchiliklarini ochib berish;
Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o`sish tahlilini qilish;
Geografik o`rni, rivojlanish yo`llari va resurslar miqdori va ularning turi tubdan farq qiluvchi O`zbekiston, Rossiya va Malayziya mamlakatlarining iqtisodiy vaziyatini chuqurroq yoritish orqali iqtisodiy o`sish mavzusini kengroq yoritib berish darkor.
Muammoning o`rganilish darajasi.Iqtisodiy o`sish tushunchasi Amerikalik iqtisodchi Robert Merton Solou tomonidan mukammal o`rganilgan. 1924-yilda tug`igan bu olim garvardda o`qib V.Leontevning shogirdi bo`lgan. Solou o`zining iqtisodiy o`sish modelini ilk bor “iqtisodiy o`sish nazariyasiga qo`shilgan hissa” ("A Contribution to the Theory of Economic Growth") nomli maqolasida yoritib berdi. Bu asosiy kapitalning ko`payishi jon boshiga to’g’ri keladigan mahsulotlar miqdorining oshishiga sabab bo’lishini ko’rsatuvchi differentsial tenglamalar tizimidan iborat matematik model edi.
Solouning asosiy xulosasi shundan iborat ediki, uzoq vaqt mobaynida kuzatilgan iqtisodiy o’sish sur'ati kapital qo’yilmalarining o’sish sur'atlariga bog’liq emas ekan. Solou, uzoq kelajakda, aynan texnologik rivojlanishni ta'minlash orqali iqtisodiy o’sishga erishish mumkinligini ko’rsatib berdi. Solou modeliga muvofiq doimiy texnik jarayonni ta'minlash va hom ashyolardan unumli foydalanish iqtisodiy o’sishni belgilovchi omillardir.
Solouning nazariy modeli zamonaviy iqtisodiy tahlilda keng qo’llanilmoqda. Avvaliga asosan iqtisodiy o’sish tahlilining imtiyozli asbobi bo’lib xizmat qilgan ushbu model, keyinchalik tarkibiga ishlab chiqarishning boshqa omillarining ham qo’shilishi evaziga kengaytirildi. Solou tomonidan tuzib chiqilgan iqtisodiy o’sishning neoklassik modeli zamonaviy makroiqtisodiyot nazariyasining yaratilishida asos vazifasini o’tadi.
Iqtisodiyot bo’yicha 1987-yil Nobel mukofotiga ham bu olim o’zining "iqtisodiy o’sish nazariyasiga qo’shgan hissasi uchun" loyiq topilgan. Taqdimot marosimida "Professor Solouning ko’rsatgan katta xizmati uning o’zgaruvchan hayotni tahlil qilish va tushunish imkonini yaratgan modelni tuzganligidir" deya ta'kidlaganlar.
Kurs ishi 5 asosiy qismdan tashkil topgan bo`lib, ular:
Kirish;
Nazariy qism: iqtisodiy tushunchasi;
Dunyo mamlakatlarida iqtisodiy o`sish, xususan, O`zbekiston, Rossiya va Malayziya davlatlarida;
Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar.
Nazariy qismda iqtisodiy o`sish tushunchasining asl mohiyati yoritib beriladigan bo`lsa, keyingi qismda dunyo mamlakatlarida iqtisodiy o`sish qay darajada ekanligi yoritib beriladi hamda O`zbekiston, Rossiya va Yaponiya iqtisodiy holatlari ularning makroiqtisodiy ko`rsatgichlaridan foydalanib talqin qilinadi. Xulosa qismida kurs ishi davomida aytib o`tilgan barcha fikrlarga xulosa yasaladi hamda undan so`ng foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati havola qilinadi.