Ekonometrik modellarning axamiyati shundan iboratki uning yordamida iqtisodiy jarayonlarni chuqur taxlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini xam ochishga imkon yaratadi. Ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
Har bir menedjer o‘z faoliyati davomida turli statistik ma’lumotlarni tahlil qilib chiqish masalasi bilan to‘qnashadi. Masalan, ma’lumotning sotuv hajmiga ob- havoning ta’siri; ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir qiluvchi omillar; korxona budjetiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar va h.k. Ko‘pincha menedjerlar oldida ana
shunga o‘xshagan muammolarni o‘rganib chiqish va ularni hal qilish vazifasi turadi. Bunday muammolar yechimi korrelyatsiya va regressiya tahlili sohasiga tegishli bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun albatta bu ikki usul bilan yaxshi tanishib chiqish kerak bo‘ladi
Matematik model - ob’ekt yoki jarayonlarnining tenglama, tengsizlik, formula, jadval yoki grafik kurinishidagi ifodasidir.
Agar bitta omilning qiymatini o‘zgaruvchan deb qarab, qolganlarini shartli ravishda o‘zgarmas deb qarasak, bir omilli matematik model ko‘rishimiz mumkin
Agar xamma faktorlarni o‘zgaruvchan deb qarasak. Kup omili matematik modelga ega bo‘lamiz.
Agar matematik modelning omillari xam o‘zi xam tasodifiy bo‘lmasa bunday model regression model deyilib, bunday modelni qo‘rish jarayeni regression taxlil deyiladi.
Agar matematik modelning omillari xam o‘zi xam taosdifiy bo‘lsa, bunday model korrelyatsion model deyiladi, bunday modelni qo‘rish jarayeni korrelyatsion taxlil deyiladi.
Ekonometrik model deganda prognozlashtirish ob’ektining barcha mavjud omillarini o‘zaro bog‘lanishini ifodalovchi regressiya tenglamalar tizimi tushuniladi.
Korrelyatsiya koeffitsiyenti ikki o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘lanish qanchalik kuchli ekanini ko‘rsata oladi, biroq ular orasidagi bog‘liqlikning ko‘rinishini aniqlab bera olmaydi. Buni tushuntirish uchun avval oldingi mulohazalarga tayangan holda sababiy bog‘lanish nazariyasini ishlab chiqish, ana shu tahmin qilingan bog‘lanishni aks ettiradigan modelni yasash, so‘ngra bu modelni statistik sinovdan o‘tkazish lozim bo‘ladi. Bu masalalar bilan regressiya tahlili bo‘limida tanishib chiqamiz. Ko‘rsatkichlar orasidagi mohiyati bo‘yicha korrelyatsiyaviy bo‘lgan bog‘lanish regressiya tenglamasida mos matematik formula shaklini olgan funksional bog‘lanish ko‘rinishida tasvirlanadi.
Ekonometrikaning asosida parametrlari matematik statistikaning usullari orkali baxolanadigan omillar taxlilining iktisodiy matematik modeli yetadi. Bu model statistika asosida u yeki bu iktisodiy jarayenlarni prognozlash, taxlil etish kabi tadkikotlar yuritish uchun xizmat kiladi. Bunday modellarni ekonometrik modellar deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |