Sana: ____________________
Sinf: ____________________________
Dars: ___
Mavzu: Ion bog`lanish. Kiristall panjaralar.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Ion bog`lanish. Kiristall panjaralar.
haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish.
2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish.
4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1.Ion bog`lanish.
2. Kiristall panjaralar.
Yangi darsning bayoni.
Elektrmanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan atomlardan hosil bo‘l gan birikmalarni bilasiz (NaCl, K2S, LiF, CaO va hokazo). Bunday atomlardan hosil bo‘lgan molekulalarda kimyoviy bog‘lanishni qanday turi uchraydi?Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xlor atomining tashqi energetik qavatida 7 ta, argonda 8 ta, kaliyda 1 ta elektron bor. Xlor atomi tashqi energetik qavatini tugallashi uchun 1 ta elektron yetishmaydi.
Kaliy atomida esa bitta elektron ortiqcha. Xlor atomi bilan kaliy atomi to‘qnashsa kaliydagi bitta elektronni xlor qabul qilib oladi, natijada xlor atomining tashqi qavati 8 ta electron bilan tugallanadi, kaliy atomi bitta elektronni berib 3-qavatni ochib qo‘yadi va tugallangan sakkizta elektronli tashqi qavat hosil bo‘ladi. Metallar o‘z tashqi energetik qavatlaridagi elektronlarini berib, musbat zaryadlangan ionlarga oson aylanadi. Metalmaslar esa, aksincha, tashqi energetik qavatiga elektronni oson qabul qiladi va manfiy zaryadlanganionlarga aylanadi. Ionlar zaryadlangan zarrachalardir. Atomlar elektron berganda yoki elektron biriktirib olganda zaryadlangan zarrachalar, ya’ni, ionlarga aylanadi.
Atomning yo‘qotgan va qabul qilib olgan elektronlar soni ionning zaryad miqdorini belgilaydi. Qarama-qarshi zaryadlangan ionlar bir-biriga tortiladi. Ionlar orasida hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish ion bog‘lanish deb ataladi.Ionlarni o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan moddalar ionli birikmalar deyiladi.Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, kislorod, oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari kiradi. Masalan, NaCl, KBr, CaJ2, Li2O, Na2S va h. Tuzlardagi metall ioni bilan kislota qoldig‘i orasidagi, ishqorlardagi metall ioni bilan gidroksid guruh orasidagi bog‘lanishlar ham ionbog‘lanishli xarakterga ega.Shunday qilib kimyoviy bog‘lanishda elementlarning valent elek tronlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu elektronlar atomlar o‘rtasida umumiy juftlarnihosil qiladi. Kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etayotgan elektronlarning atomlar orasidagi holatiga qarab moddalarni kovalent qutbsiz, kovalent qutbli,donor-akseptor hamda ion bog‘lanishli birikmalarga ajratiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Quyidagi moddalardan qaysi birlarida qutbli kovalent bog‘lanish mavjud bo’lgani holda, molekulasi qutbsiz bo‘ladi? 1HCl; 2BeCl2; 3NH3; 4CO2; 5H2O; 6H2S, 7CH4.
2. Quyidagi moddalardan qaysilari suvda eritilganda donor-akseptor bog‘lanish yuzaga keladi? 1HCl; 2NH3; 3CH4; 4BCl3, 5NaCl; 6HBr; 7FeCl3; 8CuSO45H2O, 9Na2SO4.
3. Quyidagilardan qaysilarining fazoviy tuzilishi tetraedr, qaysilarinikitrigonal piramida, qaysilarinikiuchburchak va qaysilarinikito‘g‘ri chiziqli bo‘ladi?
1CH3CH3; 2NH4+; 3CH4; 4BF3, 5BeCl2; 6H3O+; 7NH3; 8SO42-, 9CO32-, 10CHCH, 11CH2=CH2, 12H2O, 13CO2. (Javob: tetraedr1,2,3,8; trigonal piramida6,7,12; uchburchak4,9,11; to‘g‘ri chiziqli5,13).
4. 53-elementning 3d-pog‘onachasi oldin to‘ladimi yoki 4p-pog‘onachasi? (Javob: 3d).
5. 33-element elektron pog‘onachalarining to‘lish tartibini toping.
6. 1s22s22p63s23p64s23d104p3 konfiguratsiya qaysi elementga to‘g‘ri keladi?
7. 24-elementning 3p, 3d, 4s pog‘onachalarida nechtadan elektron bo‘ladi?
8. To‘rtinchi davr elementlaridan qaysi birida toq elektronlar soni ko‘p? (Javob: 24-element).
9. Elektron formulasi 3d104s1 bilan tugallangan elementning 0,5 mol miqdori suyultirilgan nitrat kislota bilan ta’sirlashganda qancha hajm (n.sh.) gaz ajralib chiqadi?
10. Quyidagilardan qaysi biri: 1) 3d94s1; 2) 3d84s2; 3)3d64s24p2; 4) 3d74s3
28-elementning elektron konfiguratsiyasini to‘g‘ri aks ettiradi?
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |