Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


Sindikatlashmoq, sindikat



Download 0,95 Mb.
bet20/21
Sana23.05.2023
Hajmi0,95 Mb.
#942885
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-мавзу-1

Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma‘nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog`liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o`rtasida taqsimlanishidadir. Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo`lgan kreditlarga loyihaviy moliyalashtirish ham kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo`lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
Moliyaviy globalizatsiya davrida investitsiya loyihalarini xalqaro kreditlash jarayonida loyihaviy moliyalashtirish tobora samarali moliyalashtirish shakli bo`lib kelmoqda. Loyihaviy moliyalashtirish deganda odatda bank tomonidan investitsiya loyihasini moliyalashtirishdagi maxsus kreditlash turi tushunilib, bunda regressiz yoki qarzdorga bo`lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini maqsadli moliyalash (kreditlash) tushunilib, bunda qarz oluvchining to`lov majburiyatlarining ta‘minoti bo`lib, mazkur loyiha faoliyatidan olgan daromadlari hamda bu loyihaga taaluqli aktivlar hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishda ko`pchilik loyihani moliyalashtirishning sindikat
kreditlari shakliga zarurat sezmoqda. Bunda kredit bitimi shartlarini tashabbuskor bank o`rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif etadi. Sindikatlashgan kredit bo`yicha foiz summasi qoidaga ko`ra suzib yuruvchi stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered Rate – Londondagi banklararo kreditlar bo`yicha foiz stavka) stavkasini olishadi va unga bank marjasi qo`shiladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) nuqtai nazaridan moliyalashtirish muddatini va ob‘ektni qurish (yaratish) vaqtini kelishib olish muhimdir. Ob‘ektni ishlab chiqarish quvvatlariga yetkazish va ishlash muddatining amalga oshirilishi investitsiya loyihasini moliyalashtirish vaqtini (muddati) shakllantiradi. Xorij tajribasi shuni ko`rsatadiki, Yevropa banklari tomonidan qo`llaniladigan kreditlashtirishning maksimal muddati 10-15 yilni tashkil qiladi. AQShda esa bu muddat kamroq 7-12 yil. Agar loyihani moliyalashtirish muddati yetarlicha bo`lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real imkoniyatlariga o`zgartiriladi. Shuningdek, alohida banklar ham kafil bo`lib chiqishlari mumkin. Bunday holat xalqaro kredit tashkilotlari yoki eksport-import kreditlarini sug`urtalovchi milliy agentliklar tomonidan loyiha moliyalashtirilganda ko`proq yuz beradi. Bunda sindikatishtirokchi banklar kreditor foydasiga akkredetiv ochishlari yoki kafolat berishlari mumkin. Bunday moliyashtirishdan foyda nima? Unda qarz oluvchi moliyalashni kamroq risklar bilan oladi, ya‘ni kreditlar riski tijorat bankiga o`tadi.
90-yillar birinchi yarmi jahon xo`jaligi uchun yuqori iqtisodiy o`sish darajasi bilan harakterlanib, loyihani moliyalashtirish shakllariga katta talab uyg`otdi. 1997- 1998 yillardagi moliyaviy inqirozlargacha loyihani moliyalashtirishning jahon bozorida Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari yetakchilik qilib keldi. 1996 yilda Gonkongda 36ta qiymati 19,3 mlrd. dollarlik, Indoneziyada 72 ta qiymati 14,1 mlrd. AQSH dollarlik, Taylandda 31 ta qiymati 9,4 mlrd. dollarlik investitsion loyihalar amalga oshirildi. Umumiy 1996 yilda Osiyo mamlakatlarida 400 ta qiymati 86,2 mlrd. AQSH dollarlik investitsion loyihalar moliyalashtirildi. O`zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish asosan tijorat banklari, byudjet mablag`lari
va byudjetdan tashqari fondlar mablag`lari hisobiga amalga oshirilib, yangi zamonaviy asbob-uskuna keltirishga, qurilish va ta‘mirlash-montaj ishlariga, import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga va eksportga mo`ljallangan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo`ljallangan ob‘ektlar qurishga yo`naltirilgan. Shu bilan birga yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun chet el investitsiyalari va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga to`g`ridan-to`g`ri moliyalashtirishni tashkil etish lozimdir. Investitsion loyihalarning turlicha klassifikatsiyalari mavjud bo`lib, belgilariga qarab investitsion loyihalarning quyidagi ko`rinishlarini ajratish mumkin.
  1. Amalga oshirish muddati bo‘yicha:


    • qisqa muddatli - 3 yilgacha

    • o`rta muddatli - 3-5 yil

    • uzoq muddatli - 5 yildan ortiq.
  1. Ko‘lami bo‘yicha (ko‘p hollarda loyiha masshtabi investitsiya hajmi bilan aniqlanadi):


    • kichik loyihalar;

    • o`rtacha loyihalar;

    • yirik loyihalar;

    • megaloyihalar.
  1. Asosiy yo‘nalishi bo‘yicha:


    • tijorat loyihalar;

    • ijtimoiy loyihalar;

    • ekologik loyihalar;

    • boshqalar.

Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash texnik, texnologik, moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog`liq bo`lmagan holda yagona tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat:

    • loyihani uning butun hayot sikli davomida ko`rib chiqish;

    • pul oqimlarini modellashtirish, bunda loyihani amalga oshirish bilan bog`liq barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni ishlatish ehtimolligini hisobga olgan holdagi harajatlar kiritiladi;

    • ishonchlilik va maksimum samara.

Investitsion loyiha investor nuqtai nazaridan samarali deb baholanishi uchun, birinchidan, uni amalga oshirish ijobiy bo`lishi, ikkinchidan, alternativ loyihalarni solishtirish chog`ida yuqoriroq samaraga ega bo`lgan loyihani ma‘qul qo`rish lozim.

    • vaqt omili hisobi;

    • loyihani amalga oshirishdagi kutilayotgan harajatlar va tushumlar hisobi;

    • baholashning ko`p bosqichligi;

    • inflyatsiya ta‘siri va loyihani amalga oshirishdagi bir nechta valyutalarni qo`llash ehtimolini hisobga olish;

    • noaniqlik va risklar ta‘sirining hisobi;

    • loyihaning turli ishtirokchilari borligini inobatga olish.

Investitsiya loyihalarini har tomonlama (xususan moliyaviy, texnologik, tashkiliy, muddati va boshqalar) harakterlash mumkin. Bularning har biri investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda muhimdir, lekin ko`p hollarda investitsiya faoliyatida moliyaviy va iqtisodiy mezonlar hal qiluvchi rol o`ynaydi. Mamlakatda investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonini samarali olib borish, kelgusida yuqori daromad keltirib, iqtisodiyotdagi ishsizlik masalasini hal etishda ham muhim omil bo`lib hisoblanadi.
Shunday qilib, sinditsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash. Yirik investitsiya loyihasi – umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank sindikati sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o`rtasida o`zaro kelishuv bo`lib, bunda yetakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas‘uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag`iga xizmat ko`rsatuvchi bank hisoblanadi.
Ta‘kidlash joizki, O`zbekiston qonunchiligiga ko`ra sinditsiyalashtirilgan kreditlar faqat yuridik shaxslarga beriladi. Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to`lovlilik, ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o`rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog`liq holda kredit shartnomasida belgilanadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to`g`risidagi kelishuv shartlariga ko`ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o`rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Zarar ko`rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub‘ektlarga hamda samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo`jalik sub‘ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o`rnatilgan tartibda muddatidan avval undirib olish chora-tadbirlari ko`rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta qayd etilgan bo`lishi kerak.
Qarz oluvchi o`ziga xizmat ko`rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so`rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo`lgan standart tadbirlarni: o`zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta‘minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to`g`risida kredit qo`mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o`zida ushbu bitimga boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to`g`risida yetakchi bank kredit qo`mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, yetakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi
to`g`risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo`yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma‘lumotlar bank siri hisoblanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar yetakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o`rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o`zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo`yilgan bo`lishi kerak.
Yetakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo`llashdan oldin qarz oluvchi haqidagi ma‘lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma‘lumotlari bilan solishtirishi lozim. Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina yetakchi bank va ishtirokchi banklar o`rtasida mazkur investitsiya loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to`g`risida o`zaro bitim tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar o`rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o`zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar. Shuning bilan birga bank sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya‘ni sinditsiyalashgan kredit berish borasidagi kredit shartnomasini imzolashda bosh tortilgan taqdirda ishtirokchi bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ishtirokchi banklar oldida boy berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar bo`ladi.



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish