Diskontlash usullari
Vaqt o‘tishi bilan yirik kompaniyalar o‘rtasida NPV va IRRning mashhurligi o‘sib bormoqda. Payk, shuningdek, Payk va Vulf tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar barcha to‘rt usul ommaviyligi o‘sayotganidan darak bersa-da, aynan diskontlash usuli, xususan, NPV juda keng tarqaldi. Aftidan, barcha yoki deyarli barcha yirik kompaniyalar investitsiya qarorlarining aksariyatini qabul qilishda diskontlash usuldan foydalanadi. Aksincha, Makintayr va Kultxerst tomonidan o‘rganilgan o‘rta va kichik firmalarning faqat 44% i diskontlash usulini qo‘llagan.
Diskontlash usulining ommalashuvi uzoq vaqt NPVning afzalliklari va ozroq darajada IRR ni ilgari surgan nazariyachilarni qoniqtiradi.
Nazariy kamchiliklarga qaramay, IRRni boshqa diskontlash texnologiyalari bilan taqqoslaganda nima uchun ko‘proq ommaviy usul bo‘lib qolayotgani noma’lum. Ba’zi tahlilchilarning fikricha, moliyaviy qarorlarni qabul qiladiganlar funt sterlingda aks ettirilgan NPV ga nisbatan foiz ko‘rsatkichiga jonliroq munosabatda bo‘lishadi.
Bir qator mutaxassislar, shuningdek, qaror qabul qiluvchi shaxslar tahlil yakuniga yetgunga qadar “to‘siq” daromadlilik stavkasi (minimal qoniqarli IRR) to‘g‘risida masalaga murojaat qilmaslikni afzal ko‘rishlarini ta’kidlashadi. NPV asosida baholash uchun bu nomaqbul hisoblanadi, chunki NPVni diskontlash stavkasini tanlamay hisoblab bo‘lmaydi.
Lekin diskontlangan pul oqimlari tahlilining salmoqli qismi elektron jadval yoki shunga o‘xshash dasturlar yordamida kompyuterda amalga oshirilgani uchun NPVning bu kamchiligi asosli tuyulmaydi: muayyan loyiha uchun prognozlangan pul oqimlarini kiritish, so‘ngra ularning NPV qiymatiga ta’sirini ko‘rish uchun turli diskontlash stavkalaridan foydalanish qiyin emas.
Ba’zi kompaniyalar rahbariyat uchun IRRning minimal qoniqarli qiymatini mahfiy ma’lumot sifatida ko‘rib chiqishga moyil va miqdoriy tahlil doirasidan tashqarida uni boshqaruvchilar va muayyan loyihalar uchun IRRni hisoblashga jalb qilinadigan xodimlar foydalana olmaydigan qilib qo‘yishi mumkin degan taxmin ham aytiladi.
NPVning ommaviyligi va ko‘p hollarda IRR usuli aynan NPV bilan bir xil aniqlikdagi natija berishi kompaniya amalda hal qiluvchi sifatida aksiyadorlar farovonligini oshirish maqsadini ko‘rib chiqishidan dalolat beradi.
Dorixonalar tarmog‘i bo‘lgan “Boots Group plcˮ kompaniyasi turli usullarni qo‘llaydigan kompaniyaga misol bo‘la oladi. O‘zining 2004 yilgi hisobotida firma quyidagini e’lon qildi: “Biz ham qiymat riskni baholash maqsadida bir qator pul va buxgalteriya oqimlari ko‘rsatkichlariga asoslangan yangi investitsiyaviy baholash tartibini joriy qildik.
Ular sof keltirilgan qiymat va qoplash davri kabi pul oqimi ko‘rsatkichlari, shuningdek, kapital daromadliligi va zararsizlikka erishish muddati kabilarga asoslangan mezonlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, ushbu protsedura bizning do‘konlar ochish dasturimizda qat’iy qo‘llaniladi”. Kapital daromadliligi deganda ARR nazarda tutilgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Zararsizlikka erishish muddati nima ekanligi uncha tushunarli emas, chunki PBP alohida tilga olingan. Ehtimol, bu do‘kon ochilganidan keyin buxgalteriya foydasi keltira boshlashi uchun zarur bo‘lgan vaqt bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |