– MAVZU: INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH YO‘LLARI
REJA:
“Investitsiya risklari” tushunchasi, mazmun-mohiyati va xususiyatlari
Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq risklar va ularning tasniflanishi.
“Investitsiya risklari” tushunchasi, mazmun-mohiyati va xususiyatlari
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad olish taxmin qilinsa, shu qadar yuqori riskli deb e’tirof etiladi. Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida ko‘zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisini ham anglatadi. Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo‘qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo‘shimcha harajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin.
Amaliyotda investorlar har doim rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri – risklarning mavjudligidir. Shunday holatlar bo‘lganda tadbirkor investitsiyalarni jalb etish, undan samarali foydalanish orqali foyda (daromad) olganligini his etadi. Bunday his tuyg‘ular tarkibida yana bir hohish yuzaga keladi, ya’ni agar men ushbu ishni xayotga tadbiq etishda professional yondashganda ko‘zlangan foyda 10-15 foiz ko‘p bo‘lgan bo‘lar edi deb faraz qiladi. Unda savol tug‘iladi. Tadbirkor investitsiyani jalb etib ko‘zlangan foyda (daromad)ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa yana qanday foyda (daromad) ustida gap borishi mumkin? Darhaqiqat, har bir moliyaviy munosabatlarni oqilona tashkil etishda to‘siqlar bo‘ladi, ko‘pincha ularni e’tiborga olib bo‘lmaydi, bir to‘siqni oldini olsak, ikkinchi omil yuzaga kelib harajatlarni oshiradi, foydani esa kamaytiradi. Shu sababli qo‘lga kiritilgan har qanday moliyaviy natija bu riskli faoliyat yuritish natijasidir, risksiz faoliyat bo‘lmaydi.
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish,
kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
Risk atamasiga turlicha ma’no berib kelinmoqda. “Risk” so‘zi Yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda ridsikon so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi.
Italiyaliklar tilida risiko so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, risicare so‘zi qoyadan mohirona o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi risdoe so‘zi taxdid, qoyani aylanib o‘tmoq ma’nosini beradi. Vobster lug‘atida risk – xavf-xatar, zarar va yo‘qotish ehtimoli deb ta’riflangan. Ojegova lug‘atida risk - xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan. Iqtisodchi Ye.S.Stoyanovaning “Moliyaviy menejment” kitobida “risk - bu zararning paydo bo‘lishi yoki prognozlashtirilganidek daromad ololmaslik xavfi ehtimoli” deb ta’rif beradi. Graboviy P.G., Petrova S.N.larning “Zamonaviy biznesda risk” kitobida ta’riflanishicha, “Risk deganda ma’lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida korxona tomonidan o‘z resurslarini ma’lum qismidan ayrilish, foyda ololmaslik yoki qo‘shimcha harajatlar qilish ehtimoli”dir. Iqtisodchi Chaliy- Prilutskiy V.A.ning “Bozor va risk” kitobida keltirilishicha: “Risk - bu tanlov sharoitida bajarilgan shunday faoliyatki, qachonki muvaffaqiyatsizlik sharoitida tanlov oldidagiga nisbatan og‘irroq sharoitga tushib qolish ehtimoli mavjud bo‘ladi”1. Risk – bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning yuzaga kelish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bo‘lgan xatar bo‘lib, investitsiyadan mo‘ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan noumidsizlikdir. Risklarning paydo bo‘lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning tanqisligi yoki to‘liq bo‘lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi harakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, xukumat va boshqalarning harakatlari) va h.k. “Risk” tushunchasiga juda yaqin bo‘lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo‘llaniladi. Noaniqlik – bu investitsion loyihani amalga oshirish shart-
1 Морозов Д.С.Проектное финансирование:управленение рисками. Учебное пособие. – М: Анкил, 1999, 26 с.
2
sharoitlari xaqidagi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq yemasligidir. Masalan, inflyatsiya xaqidagi, texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, ob’ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, harajat va natijalarning notug‘ri hisob-kitob qilinishi kabi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Riskni tushunishda ikki xil qarash mavjud. Birinchidan, risk – bu ob’ektiv, ya’ni xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik va uning natijasida moliyaviy resurslarining bir qismidan yoki butunlay ajralish, rejalashtirilgan daromadni ololmaslik, zarar ko‘rish deb qarash. Ikkinchidan, risk – bu sub’ektning xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik, zarar ko‘rish ehtimolini bila turib, yaxshi natijaga erishish umidida faoliyatni amalga oshirish deb qarash. Demak, ikkinchi xil qarashda risk faoliyatdir, faoliyat boshlash yoki boshlamaslikning sharti.
Ammo shu o‘rinda aytish joizki, investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq salbiy holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli sub’ektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin.
Risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir. Investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin (21.1 – jadval). Shu o‘rinda aytish joizki, risklardan mutloq yo‘qotishlar “0” ga teng bo‘lgan holatini yuzaga keltiradi. Bunday holatdan chiqish esa tadbirkorning innovatsion g‘oyalarini amaliyotda qo‘llash darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |