VENCHUR KAPITALI
Tovar Buyurtma
Foiz Investitsiyalar INVESTOR
– rasm. Venchur kapital yordamida innovatsiyalarni o‘zlashtirish
Ushbu yondashuv bilan kompaniya buyurtma asosida innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqaradi, shu bilan ishlab chiqish va tajriba amalga oshirish xavfini minimallashtiradi, investor g‘oya haqida ishonchli ma’lumotga ega bo‘ladi va innovator daromadning bir qismi shaklida zarur mablag‘larni oladi. Shunday qilib, venchur kapitali iqtisodiy kategoriya sifatida investorlarning va innovatsion kompaniyalarning innovatsiyalar uchun intellektual mulkni tan olish va baholash jarayonida innovatsion korxonani yaratish va rivojlantirishda uzoq muddatli investitsiya kiritish, investitsiyalarni kafolatlash va xavflarni oldini olish va daromadlarni o‘zaro foydali taqsimlash jarayonida o‘zaro munosabatlarni ifoda etadi. Iqtisodiy harakteriga ko‘ra, venchur moliyalashtirish – bu boshlang‘ich badalni (ustav
kapitaliga qo‘shiladigan ulush) tezda ko‘paytirish va keyinchalik bozor narxida amalga oshirish maqsadida istiqbolli firmalar, kompaniyalarni yaratish va rivojlantirishning zamonaviy shakli. Venchur kapital qo‘yilmalar uzoq vaqt, risk elementlari, kompaniyani boshqarishda ishtirok etish va dividendlar ko‘rinishidagi kapitalga nisbatan ko‘proq daromad olish bilan bog‘liq. Venchur kapital qo‘yilmalari quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
uzoq muddatli – uch yildan yetti yilgacha;
investitsiya ob’ektlari – venchur kapital egalarining fikriga ko‘ra innovatsiyalarni ishlab chiqish yoki amalga oshirish yoki biznes-jarayonlarni qayta qurish orqali o‘zlarining bozor narxlarini tez oshirib borishga qodir bo‘lgan kompaniyalar;
investor, boshqaruv kompaniyasi orqali investitsiya qiymatini oshiradigan venchur kapital egalarining tajribasi va aloqalari asosida qo‘llab-quvvatlash va maslahat berish maqsadida investitsiya qilingan kompaniyaning boshqaruv jamoasi bilan hamkorlik orqali investitsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi;
kapital qo‘yilmalarning rentabelligi ko‘proq investitsiya davri oxirida kapital qiymatining oshishi shaklida bo‘ladi.
Venchurli moliyalashtirish innovatsion zanjirning barcha elementlariga ta’sir qilmaydi, odatda tajribali ishlab chiqarish bilan boshlanadi va bozorda innovatsion mahsulotni ishga tushirish bilan yakunlanadi, fundamental tadqiqotlar va mahsulot ishlab chiqarish va sotishni yanada rivojlantirish masalalariga ta’sir qilmasdan.
Venchurli moliyalashtirish manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
innovatsion korxona muassislari va uning sheriklarining mablag‘lari;
uchinchi tomon ixtisoslashgan (venchur) investorlar va kreditorlarning mablag‘lari.
Hozirgi vaqtda texnologik innovatsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbalari korxonalarning o‘z mablag‘lari: foyda, amortizatsiya, ustav kapitali, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishidan keladigan daromadlar va moliyaviy-sanoat guruhlarining resurslari. Texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan investitsiyalar manbalari tarkibi jahon investitsiya bozori tarkibiga yaqinlashdi, ularning qariyb 65-
70 foizi korxonalarning shaxsiy mablag‘lari bo‘lib, ularning 80 foizi amortizatsiya va 20 foizi sof foyda hisoblanadi. Bu borada jahon ishlab chiqarish bozorlariga chiqish uchun O‘zbekiston yangi raqobatbardosh loyihalarni ishlab chiqishi zarur. Ushbu maqsadlar uchun venchur fondlari tashkil etiladi. Bunday fondlarni tashkil etishning mohiyati eng ilg‘or ishlanmalar sohasidagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdagi xatarlarni qoplashdir. Venchur fond – bu o‘z hisobvaraqlariga mablag to‘playdigan tashkilot bo‘lib, keyinchalik innovatsiyalarni joriy qilishdan yoki patentlangan nou-xauga ega bo‘lish huquqiga ega bo‘lish imkoniyatini baham ko‘rishda ishtirok etish asosida istiqbolli ishlanmalarga investitsiya qilinadi.
Venchur kapitali fondini venchur kapital egasi boshqaradi. Uning o‘zi innovatsion kompaniyalarga kapital qo‘ymaydi. Venchur kapital egasi – bu venchur fondiga mablag kiritgan sindikatlangan (jamoaviy) investorlar va ushbu aksiyalarni sotib olgan innovatsion kompaniya o‘rtasida vositachi. Jamg‘arma tomonidan olingan foyda investorlarga tegishli va venchur kapital egasi ushbu foydaning faqat bir qismiga tayanishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |