mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish


BQ – lizing ob’ektining balans qiymati; N



Download 0,76 Mb.
bet55/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

BQ – lizing ob’ektining balans qiymati;
N – amortizatsiya ajratmalari normasi (eskirish koeffitsiyenti);
T – lizing shartnomasi muddati.
Lizing stavkasi lizing beruvchi tomonidan ijaraga olingan mulkdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan haq bo‘lib, u lizing beruvchining daromadi hisoblanadi. Lizing stavkasining mazmuni qarzga olingan mablag‘lar (sudalar) uchun to‘lanadigan foizlar bilan bir xildir. Shu sababli uning summasi foydalanilgan kredit uchun foiz hisoblash tartibiga monand ravishda aniqlanadi:
KF=𝑲𝑴∗𝑭𝑺
𝟏𝟎𝟎
bu yerda:
KMkredit hajmi;
FS – foiz stavkasi darajasi.
Ma’lumki, lizing beruvchi lizing kompaniyalari yoki banklar lizing ob’ektini sotib olish bilan bog‘liq marketing, transport va xodimlarga ish xaqi to‘lash kabi harajatlarni amalga oshiradi. Ushbu harajatlar vositachilik harajatlari bo‘lib, u lizing to‘lovlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu harajatlar lizing beruvchiga lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish mukofoti ham deyiladi. Vositachilik harajatlarining miqdori quyidagicha aniqlanadi:
VX=𝑲𝑴∗𝑽𝑺
𝟏𝟎𝟎
bu yerda:
KM – kredit hajmi;
VS – vositachilik harajatlari stavkasi. U umumiy vositachilik harajatlari summasini to‘lov davriga bo‘lib topiladi.
Bundan tashkari, lizing beruvchi lizing ob’ektini saqlash, uni lizing oluvchiga yetkazib berish, o‘rnatish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xodimlarni o‘rgatish va turli maslahatlar berish kabi qo‘shimcha harajatlar kiladi. Ko‘shimcha harajatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

QX = SX + KX + RX + BX


bu yerda:
SXxizmat safari harajatlari;
KX – ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha harajatlar;
R – reklama harajatlari;
BX – boshqa harajatlar.
Bugungi kun amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan, lizing oluvchi lizing to‘lovlarini amalga oshirayotganida uning amortizatsiya ajratmalariga, foizlarga, vositachilik va qo‘shimcha to‘lovlarga alohida ajratib ko‘rsatgan holdagi yoyilmasini ilova qilishi shart. Lizing to‘lovlari kelib tushganidan keyin, bank uning yoyilmasiga mos ravishda buxgalterlik o‘tkazmalarini amalga oshiradi: amortizatsiya ajratmalari lizing hisobi yuritiladigan ssuda hisobvarag‘ining kreditiga o‘tkazish orqali kreditni to‘lashga yo‘naltiriladi, lizing uchun foiz, vositachilik haqi va boshqa to‘lovlar bank daromadiga qo‘shiladi.
Bu yerda shuni qayd etib o‘tish kerakki, lizing to‘lovlari lizing shartnomalaridagi kelishuvlarga muvofik, har bir ayrim holatlar bo‘yicha turlicha hisoblanishi mumkin. Masalan, ayrim hollarda lizing oluvchiga imtiyozli davr belgilanishi, ba’zi hollarda lizing to‘lovini kechiktirib to‘lashga kelishiladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa lizing to‘lovlari lizing oluvchi tomonidan tomonlar kelishuviga muvofiq tuzilgan va lizing shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing to‘lovlarining shakli lizingga olingan uskunada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishidan kelib tushgan pul mablag‘laridan amalga oshirilishi va takomillashtirilishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda lizing to‘lovlarini hisoblashda pul mablag‘larining oqimi (PMO) usulidan ham foydalanib kelinmokda. Koeffitsiyentlar usuliga muvofiq bo‘lish bilan bir qatorda, tarkibiy qismlar (yuqorida keltirilgan dastlabki usul) usuliga muvofiq bo‘lgan hamda lizing kompaniyalari o‘zlarining harajatlarini qoplash uchun lizing to‘lovlaridan tushgan pul mablag‘lari yetarli ekanligini aniqlash uchun albatta qo‘shimcha hisob-kitoblarni amalga oshirishlari lozim.
Xalqaro Moliya Korporatsiyasining lizingni rivojlantirish bo‘yicha iqtisodchisi Veronika Shtelmax avvalambor, lizing kompaniyasining pul oqimlariga asoslanishni taklif etadi. Bunda lizing shartnomasining muayyan davrida lizing kompaniyasining harajatlari va lizing kompaniyasi tomonidan qo‘shib beriladigan komission haqi hisobga olinadi, xolos. Lizing kompaniyasining lizingga taalluqli bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlar va harajatlari hisobga olinmaydi.
Biroq PMO usulining tarkibiy qismlar usulidan farqlari mavjud. Nihoyat kredit bo‘yicha foizlar kreditlash davri bo‘yicha uning o‘rtacha qismi bo‘yicha emas, balki ssuda qarzining qoldig‘i bo‘yicha hisoblanishi lozimligi e’tirof etiladi.
V.Shtelmax lizing to‘lovining asosiy tarkibiy qismi deb, bitimni amalga oshirish uchun olingan bank krediti bo‘yicha to‘lovlarni oladi, moliyalashtirishning kredit so‘mmasi lizingga beriladigan mol-mulkning qiymatiga teng degan fikrlarni ilgari surgan. Bu barchamizga ma’lum bo‘lgan kreditni qoplash jadvali, ya’ni asosiy qarz qismini qoplaydigan to‘lovlar va qoplanmagan qismi bo‘yicha foizlardan iborat
bo‘lgan teng miqdordagi to‘lovlardir. Bunday jadvalni hisoblash uchun qo‘yidagi formulani qo‘llaymiz:

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish