10 – MAVZU: RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI
SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning
mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi
bosqichlari va muddatlari
2. Muhim investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati asosida investitsiya
loyihalari
portfelini
shakllantirish
va
tasdiqlash
jarayoni.
Rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish ustidan nazorat
1. O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni,
asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari
Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda dastur deb ataladi) – bu Respublika
iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom-
ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan
Respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy
ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir – biri
bilan o‘zaro bog‘langan chora – tabdirlar kompleksidir.
“O‘zbekistonning 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-4563-son,
09.01.2020 y.) qabul qilindi. Qaror bilan O‘zbekistonning 2020–2022 yillarga
mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Dasturda, jumladan, quyidagilar
nazarda tutilgan:
- 850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd. AQSH dollari
miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish;
- 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari
yaratish.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb
etish bo‘yicha 2020 yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasidagi loyihalar
“2020 yil uchun O‘zbekistonning Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan
belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi. Shuningdek, qiymati 50 mln.
AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan
investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi
muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlarini
byudjet
mablag‘lari
hamda
moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibi mazkur
investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‘llaniladi:
- loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi;
- urbanizatsiya
agentligining
loyihani
so‘ralayotgan yer uchastkasida
joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi;
- loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy
xulosasi mavjudligi (zarur hollarda).
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
- investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish,
shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib
borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat
sohalarni qo‘llab quvvatlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta’lim, soliqni saqlash) birinchi
navbatda, moliyalashtirish;
- mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur
qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshligigi darajaga
yetkazishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan
investitsiya loyihalarini qo‘llab quvvatlash;
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;
- tarkibiy o‘zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya
siyosatiga muvofiq mablag‘ qo‘yishning o‘zaro manfaatliligi asosida xorijiy
sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida
shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;
- investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‘yxatiga oldindan
belgilangan mezonlar asosida kiritish;
-
ilgari
boshlangan ob’ektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan
investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim
tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish
ko‘rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‘naltirilganlik, butlovchi buyumlar va
kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy
mezonlar hisoblanadi.
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va
qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‘yicha joriy
narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va
o‘ta muhim loyixalar alohida, katta bo‘lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi
mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).
Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha barcha
ishlarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi.
Investitsiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan
tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital
qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va uni kreditlash ishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari
mexanizmini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilgan
tartibda asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq investitsiya loyihasini
markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash har qaysi ob’ekt
bo‘yicha ajratilgan kapital quyilmalar limitlar doirasida qat’iy amal qilgan holda
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan
qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda
tasdiqlangan titul ro‘yxati asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining
investitsiya dasturi bu davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo‘llab quvvatlash
uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo‘lgan davlat tomonidan
rag‘batlantiriluvchi yo‘nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan
chora – tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish
va ular kiritgan mablag‘larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun
mukammal xuquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
Ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
birinchi ustuvor yo‘nalish – ommaviy turar joy qurilishi;
ikkinchi ustuvor yo‘nalish – zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport
va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish
va modernizatsiya qilish;
uchinchi ustuvor yo‘nalish - yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jaxon
bozorlarida raqobatbardosh, import mollarining o‘rnini bosa oladigan tovarlarni
ishlab chiqarishni tashkil etish;
to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – zahiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar.
Mineral boyliklarni yer ostidan qazib olish va tabiiy xom – ashyoni to‘liq va
kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan – texnika yutuqlaridan foydalanish;
beshinchi ustuvor yo‘nalish – fermerlik va dexqon xo‘jaliklari tarmog‘i, ishlab
chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh
qo‘shilmalari bo‘lgan ekologik va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha andozalarga amal
qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o‘zlashtirib olgan qayta ishlovchi va
savdo korxonalarning ko‘magi asosida ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini
chiqarish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat investitsiya dasturini shakllantirish orqali
yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda:
mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai-nazardan
investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion
muhitni yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport
qilishni ko‘paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni kengaytirish; investitsiya
loyihalarini iqtisodiyotning makro va mikro darajasidagi ehtiyoj va imkoniyatlarni
hisobga olib, ishlab chiqish asosida xorijiy kredit liniyalarining investitsiyalaridan
oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
2017 yilgi Investitsiya dasturiga umumiy qiymati 50 milliard AQSH dollariga
teng 545 investitsiya loyihasi kiritilgan bo‘lib, yil davomida 7,3 milliard dollarlik
sarmoyalarni o‘zlashtirish belgilangan. Bu haqida shu yilning 30 may kuni bo‘lib
o‘tgan 30 may kuni videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan. Shuningdek, 2017
yilda umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo‘lgan 170 yangi ishlab chiqarish
ob’ektini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida
umumiy qiymati 73,5 million dollarlik 9 loyihani amalga oshirish ishlari
yakunlangani alohida qayd etildi. Investitsiya dasturiga kirmagan hududlar miqyosida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 19 trillion 300 milliard so‘mlik mingdan ziyod yirik
loyihalar amalga oshirilayotir. Bugungi kunda ularning 39 tasi bo‘yicha ob’ektlar
ishga tushirilgan. O‘tkazilgan o‘rganish va tahlillardan ayon bo‘lmoqdaki, ayrim
istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish holatlari mavjud bo‘lib, ularning
moliyalashtirish manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan
natijalar bo‘yicha zarur hisob-kitoblar ishlab chiqilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida Qishloq
va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 2017 yilning 1-choragida 11 ta loyiha bo‘yicha
15,558 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirish
rejalashtirilgan. Hukumat kafolati ostida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar
bo‘yicha hisobot davrida 35,598 mln. AQSH dollari (2,3 karra) miqdorida kredit
mablag‘lari o‘zlashtirilgan. Jumladan:
1. “Xorazm viloyatidagi Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini
qayta tiklash” loyihasining umumiy qiymati 144,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lib,
90,37 mln. dollari Islom Taraqqiyot Banki krediti, qolgan qismi esa O‘zbekiston
hukumatining ulushidir. Hisobot davrida 2,062 mln. AQSH dollari miqdorida
mablag‘ o‘zlashtirildi.
2. “Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash” loyihasining umumiy
qiymati 406,29 mln. AQSH dollariga teng bo‘lib, Osiyo Taraqqiyot Banki krediti
216,75 mln. dollarni, Yaponiyaning JICA fondining mablag‘i 108,97 mln. dollarni,
O‘zbekiston hukumatining ulushi esa 80,57 mln. dollarni tashkil etadi. Hisobot
davrida 0,67 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ o‘zlashtirildi.
3. “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash”
loyihasining umumiy qiymati 376,714 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan
115,924 mln. dollari O‘zbekiston hukumatining ulushi va 260,79 mln. dollari Jahon
bankining qarz mablag‘laridir. Hisobot davrida 0,087 mln. AQSH dollari miqdorida
mablag‘lar o‘zlashtirildi.
4. “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash
(Xazarbog‘-Oqqopchig‘ay kanallar tizimini qayta tiklash)” loyihasining umumiy
qiymati 122,72 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 33,17 mln. dollari
O‘zbekiston hukumatining ulushi va qolgan qismi Islom taraqqiyot bankining qarz
mablag‘laridir. Hisobot davrida 0,24 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘lar
o‘zlashtirildi.
5. “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasi
Idoralararo tender komissiyasining 2013 yil 31 dekabrdagi 115-sonli bayoni asosida
amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 iyuldagi
3-sonli bayoni topshirig‘iga asosan loyihaning narxi tuproq ishlari hisobiga (263,7
mln. AQSH dollaridan 219,5 mln. AQSH dollarigacha) optimallashtirildi. Hozirda
loyihaning ushbu optimallashtirilgan texnik iqtisodiy asoslari Jahon banki tomonidan
qo‘rib chiqilmoqda va 2017 yilning iyun oyida Direktorlar kengashi tasdig‘iga
kiritilishi kutilmoqda.
6. “Qashqadaryo viloyatidagi “Do‘stlik 1-2-3” nasos stansiyasini qurish”
loyihasining umumiy qiymati 21,23 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 14,2
mln. dollari O‘zbekiston hukumatining ulushi va qolgan qismi Xitoy Xalq
Respublikasi hukumatining qarz mablag‘laridir. Loyiha bo‘yicha 2017 yilning
yanvar-mart oylarida kredit mablag‘larini o‘zlashtirish ko‘zda tutilmagan. Loyiha
tasdiqlangan tarmoqli jadval asosida amalga oshirilmoqda.
7. “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish”
loyihasining umumiy qiymati 219,28 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan
150,0 mln. dollari Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki ulushi, 34,20 mln. dollari
O‘zbekiston hukumatining ulushi, qolgan qismi esa loyiha tashabbuskorlarining
ulushidir. 2017 yil uchun jami 34,6 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar
o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan hisobot davrida jami 31,75 mln.
AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi yoki rejaga nisbatan 365 foizni
tashkil etdi.
8. “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlash (Surxondaryo viloyatida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish)”
loyihasining umumiy qiymati 28,33 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 20,44
mln. dollari Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi ulushi, 1,67 mln.
AQSH dollari O‘zbekiston Hukumatining ulushi, 5,24 mln. dollari benifitsiarlar
ulushidir. Hisobot davrida jami 0,788 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar
o‘zlashtirildi.
9. “Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta
ishlashni kengaytirish” loyihasining umumiy qiymati 39,4 mln. AQSH dollarini
tashkil etib, shundan 23,8 mln. AQSH dollari Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti
jamg‘armasining ulushidir. Loyiha bo‘yicha 2017 yilning yanvar-mart oylarida kredit
mablag‘larini o‘zlashtirish ko‘zda tutilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |