2. Qurilish bosqichlari, qurilishda ishlab chiqarishning davomiyligi
Qurilish mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‘yicha tugallangan va ishga
tushirishga tayyor bo‘lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari,
shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta’mirlanishi, ularda
ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining
yechimi batamom qurilish zimmasiga yuklatiladi. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida keltirilgan
5
:
- ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va
daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xom ashyo, sanoat,
qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni
ta’minlash;
-
hududlar
iqtisodiyotini
modernizatsiya
va
diversifikatsiya
qilish
masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini o‘stirish
yo‘li bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish;
- yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga
shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xo‘jalik
birlashmalarning mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish kabi ustuvor vazifalar kelgusida sohada amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan islohot hamda ishlarni belgilab berdi.
Bundan anglash mumkinki, qurilish tarmog‘i ishlab chiqarish kuchlarini
rivojlantirish va milliy iqtisodiyotni kompleks yuksaltirishda katta rol o‘ynaydi.
Qurilishning milliy xo‘jalik miqyosidagi ahamiyati va yetakchi rol o‘ynashi,
aholining katta qismini ish bilan ta’minlashi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning
jadallashuviga, ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishiga imkon yaratishini
e’tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu sohani rivojlantirish mamlakat aholisining turmush
farovonligini oshishiga olib keladi. Keltirib o‘tilgan maqsadga erishish uchun tarmoq
iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab
topish va tadqiqotlar olib borish orqali investitsiyalarning tavakkalchilik hamda
xatarlilik darajalarini aniqlash, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish
lozim. Kapital qurilishda qurilish muddatlarini qisqartirish katta iqtisodiy ahamiyatga
ega, chunki u kapital qo‘yilmalarning tezroq qoplanishini ta’minlaydi. Masalan,
qurilayotgan ob’ekt qandaydir mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lsa,
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni 2017 yil 7 fevral
bunda qurilish muddatini qisqartirish evaziga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish,
qurilish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha foyda olish imkoniyati bo‘ladi.
Kapital qurilish jarayonida uch bosqich ajratiladi. Uni quyidagi rasm orqali
ifodalaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |