mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 – MAVZU: INVESTITSIYA FAOLIYATINI KREDITLASH



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

14 – MAVZU: INVESTITSIYA FAOLIYATINI KREDITLASH 
REJA: 
      1.  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  investitsiya  faoliyatini  kreditlashning 
ob’ektiv zaruriyati 
      2.  Investitsiya  faoliyatida  ipoteka  krediti.  Kreditni  rasmiylashtirish 
tartibi 
      3.   Investitsiya faoliyatini kreditlash foiz siyosati 
     4. 
Kreditdan foydalanishi ustidan bank monitoringi 
 
1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatini kreditlashning ob’ektiv 
zaruriyati 
Iqtisodiyotning  globallashuvi  sharoitida  har  qanday  mamlakatning  keyingi 
barqaror  rivojlanishi  va  yuksalishi  investitsiyalarni  jalb  etish  holatiga  bevosita 
bog‘liq. Shuni e’tiborga olish lozimki, investitsiyalar aslida pul mablag‘lari shaklida 
jalb etiladi. Pul shaklidagi investitsiyalarning manbai bo‘lib, asosan, foyda (daromad) 
hisoblanadi.  Iqtisodiyot  taraqqiyotining  ayrim  bosqichlarida  yangi  aktivlar  va 
boyliklarni  yaratish  uchun  investitsiyalarning  pul  mablag‘lari  shaklida  safarbar 
etilishi  ham  talab  etiladi.  Shunga  ko‘ra,  pulsiz  yangi  aktivlar  va  boyliklarning  hosil 
bo‘lishi aslo yuz bermasligini oddiygina anglab olish mumkin. Investitsiyalar amalga 
oshirilmas  ekan,  moddiy  va  nomoddiy  boyliklar  hosil  qilinmaydi.  Demak,  u  pul 
mablag‘lari  shaklida  qolib  ketaveradi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  moddiy  va 
nomoddi boyliklar muayyan faoliyat maqsadida qo‘llanmas ekan, kapitalning qiymati 
o‘sishi ta’minlanmaydi. 
Avvalambor,  korxonalarni  barqaror  va  uzoq  muddatli  resurs  bazasi  bilan 
ta’minlash  uchun  ularning  ustav  kapitalini  oshirishga  asosiy  e’tibor  ham  qaratilishi 
lozim  bo‘ladi.  Buning  natijasida  investitsiyalarni  korxonalar  manfaatlaridan  kelib 
chiqib  jalb  etish  samarali  kechadi.  Ayni  paytda  milliy  iqtisodiyotning  rivojlanishini 
ta’minlash maqsadida xorijiy investitsiyalarni har qanday ob’ektlarga ham jalb etish 
maqsadga muvofiq emas. Sababi, mavjud ob’ektlarni va korxonalar aksiyalarini chet 
ellik  investorlarga  sotish  mamlakatimizga  investitsiyalarning  kirib  kelishini 
anglatmaydi,  "...chunki  bunday  bitimlar  mavjud  bo‘lgan  aktivlarga  bo‘lgan  mulk 


huquqini  shunchaki  berishni  anglatadi
1
".
 
Bu  esa  mulk  qiymatining  ko‘paymasligini 
bildiradi.  Mavjud  aktivlarni  qayta  sotish  ham  aynan  shundaydir.  Umuman  olganda, 
investitsiyalarni  amalga  oshirish  investitsiya  jarayonining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi 
va  u  investitsiya  resurslari  hosil  qilinish  natijasiga  tayanadi  va  yuz  beradi.  O‘z 
navbatida,  u  investitsiyalashdan  ko‘zlangan  maqsadga  bevosita  bog‘lanadi.  Bundan 
ko‘zlangan  maqsadga  erishish  ishtiyoqi  investorni  kapital  to‘plab,  so‘ng  uni  shu 
maqsad  yo‘lida  safarbar  etishga  undaydi.  Maqsad  muayyan  natijaga  qaratilar  ekan, 
natija  ham  o‘z  navbatida,  muayyan  maqsadlarni  keltirib  chiqaradi  va  investitsiya 
jarayonini  aks  ettiradigan  ketma-ketlikni  hosil  qiladi.  Investitsiyalarning  bu  tarzda 
harakatlanishi investitsiya faoliyati orqali yuz beradi.
 
Bugungi  kunda  investitsiyalarni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  harakatlarni 
sub’ektlar  tomonidan  faqat  ivestitsiyalarni  qo‘yish  bilan  bog‘liq  harakatlar  sifatida 
tushunmaslik  lozim.  Bunda  mazkur  harakatlar  investitsiyalarni  amalga  oshirishning 
maqsadi  va  yo‘nalishlarini  aniqlash  hamda  ishlab  chiqish,  investitsiya  loyihasini 
ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy jihatdan baholash, uni amalga oshirish uchun talab 
etiladigan  mablag‘larni  jalb  etish  manbalarini  aniqlash,  jamg‘arish  va  samarali 
sarflash  kabi  keng  jarayonni  o‘z  ichiga  qamrab  olishini  mantiqan  tushunish  lozim, 
deb hisoblaymiz. Bunda investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi, eng 
avvalo,  o‘z  manfaatlarini  ko‘zlab,  ya’ni  foyda  olish  maqsadida  harakat  qiladi. 
Chunki, yuqori foyda investorning kapital qiymati o‘sishiga imkon beradi.  
Iinvestitsiyalarni jalb qilish, xususan, kichik biznes sohasida faoliyat yurituvchi 
xo‘jalik  sub’ektlarni  zamonaviy  texnika  hamda  jihozlar  bilan  ta’minlash,  bozor 
talabiga  javob  beradigan  raqobatbardosh  va  eksportbop  mahsulotlar  ishlab 
chiqarishga  imkoniyat  yaratadi.  Xususan,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning 
rivojlanayotganligi,  barqaror  iqtisodiy  o‘sish  va  mahalliy  hamda  xorijiy 
investitsiyalar  hajmi  yildan-yilga  oshib  borishi  real  sektordagi  investitsion 
jarayonlarni  faollashtiradi.  Investitsion  jozibadorlikni  oshirish  yo‘li  uchun  kerakli 
choralarning  ko‘rilishi,  kichik  biznesga  kredit  ajratishni  oshirishga  va  kichik  biznes 
 
1
 
Киселева  Н.В.,  Боровикова  Т.В.,  Захарова  Г.В.и  др.  Инвестиционная  деятелъностъ:  Учебное  пособие 
М.:КНОРУС, 2005. -432 с. 


korxonalarining kreditlardan to‘la foydalana olishiga yo‘l ochib beradi  va shu orqali 
iqtisodiy  rivojlanishga  erishish  mumkin.  Investitsiyalarni  moliyalashtirishda  bank 
krediti  ishtirokini  mavhum  tarzda,  iqtisodiyotda  joriy  etilgan  huquqiy  me’yorlar  va 
o‘tkazilayotgan 
investitsiya 
siyosatidan, 
investitsiya 
faolligi 
darajasi, 
moliyalashtirishda  qo‘llaniladigan  mexanizmlardan,  amaldagi  soliqqa  tortish 
talablaridan,  kafolatlar  va  imtiyozlar  tizimi  va  bank-moliya  infratuzilmasining 
rivojlanganlik  darajasidan  ayri  holda  baholab  bo‘lmaydi.  Iqtisodiyotning  real 
sektoridagi  investitsiyalarni  moliyalashtirish  manbai  tarzida  bank  kreditining  roli, 
asosan, jamg‘armalarning o‘sish sur’atlari, pul, valyuta hamda kapital bozorlarining 
holati  bilan  aniqlanadi  va  belgilanadi.  Moliyaviy  vositachilikda  raqobat  muhitining 
mavjudligi  va  umuman  Markaziy  bankning  pul-kredit,  foiz  siyosati  va  bank 
institutlari strategiyasi aniqlovchi omillar sifatida qaraladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  banklar  tomonidan  xo‘jalik  yurituvchi 
subektlarni  uzoq  muddatli  kreditlashni  tashkil  qilish  tartibi  tijorat  banklarining  ichki 
kredit  siyosati,  O‘zbekiston  Respublikasi  “Markaziy  bank  to‘g‘risida”,    "Investitsiya 
faoliyati  to‘g‘risida"gi  qonunlarga,  Markaziy  bankning  “Tijorat  banklarining  kredit 
siyosatiga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablar  to‘g‘risida”gi  Nizomi  va  boshqa  amaldagi 
qonun  hujjatlarga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  va  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududida  banklar  tomonidan  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarning  uzoq  muddatli 
kreditlash  jarayonlarini  tartibga  soladi.  Hozirgi  kunda  ko‘pgina  tijorat  banklari 
uzoq  muddatli  kreditlash  jarayonini  o‘zlarining  ichki  kredit  siyosatidan  kelib 
chiqqan holda mustaqil amalga oshiradilar.  
Uzoq  muddatli  kreditlar  –  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  maqsadlar  uchun 
mo‘ljallangan obektlarni, qurilish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlashga oid 
harajatlar  bilan  bog‘liq  kapital  qo‘yilmalarni  moliyalash,  texnika,  texnologiyalar 
va  uskunalarni  harid    qilish,  asosiy    chorva,  ko‘p  yillik  o‘simliklarni  shakllantirish, 
shuningdek,  boshqa  investitsiya  maqsadlari  uchun  mo‘ljallangan  kreditlardir.  Uzoq 
muddatli  kredit  –  1  yildan  ortiq,  biroq  qoplash  muddatidan  ortiq  bo‘lmagan 
muddatga beriladigan ssudalardir. Uzoq muddatli kreditlar bilan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar  –  yuridik  shaxslar  va  xususiy  tadbirkorlar,  shuningdek,  qonun  hujjatlarida 


belgilangan  tartibda  ro‘yxatga  olingan,  yuridik  shaxsni  hosil  qilmagan  dehqon 
xo‘jaliklari ta’minlanadilar. Kreditlanayotgan ob’ekt qiymatining kamida 30 foizi o‘z 
yoki  boshqa  xil  moliyalash  manbalari  bilan  ta’minlangan  qurilish  obektlarini 
kreditlash uchun tavsiya etiladi, lekin amaliyotda muhim investitsiya loyihalari uchun 
istisno  tariqasida  bu  me’yordan  past  bo‘lishi  mumkin.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  qarori  bo‘yicha  Moliya  vazirligi  kafolati  ostida, 
shuningdek,  byudjetdan  tashqari  fondlarning  kredit  liniyalari  hisobidan 
kreditlanadigan ob’ektlar bundan mustasno. 
Uzoq  muddatli  kreditning  qaytarilishini  ta’minlashning  asosiy  turlari  bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
•  hukumat kafolatlari; 
•  mol-mulk garovi; 
•  banklar, boshqa kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlarining kafolatlari; 
•  uchinchi shaxslar kafilligi; 
•  qonunchilikka muvofiq faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalari  tomonidan 
berilgan  sug‘urta  polisi  (guvohnomasi)  bilan  tasdiqlangan  kreditning  qarz  oluvchi 
tomonidan so‘ndirilmasligi (risk) xatarining sug‘urta qilinishi.  
Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o‘z ichiga: 
a)  kredit  olishga  oid  buyurtmanomaning  ko‘rib  chiqilishi  va  bo‘lg‘usi  qarz 
oluvchining huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o‘rganilishini; 
b) qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga  baholashni; 
v) kreditlanayotgan loyihaning kompleks yekspertizasining o‘tkazilishini; 
g) kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi. 
Bunda:   
-    (a)  va  (b)  bandlarida    ko‘rsatilgan    kredit  buyurtmanomasini    ko‘rib  chiqish 
muddati  bank  qarz  oluvchiga  kredit  buyurtmanomasiga  yozma  xulosa  beradigan  5 
bank ish kunidan oshmasligi kerak; 
-  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarning  kredit  so‘rab  taqdim  yetilgan  hujjatlar 
to‘plami  va  arizalari  tuman  bank  bo‘limlari  kredit  komissiyasi  tomonidan  arizalar 
kelib  tushgan  kundan  boshlab  10  kundan  oshmagan,  viloyat  kredit  komissiyasi 


tomonidan  15  kundan  oshmagan  muddatda  va  Markaziy  idora  kredit  ko‘mitasi 
tomonidan 30 kun davomida ko‘rib chiqilib, kredit berish yoki bermasligi to‘g‘risida 
yozma ravishda xulosa berishlari lozim bo‘ladi. (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
loyihalariga va Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjatlari asosida ko‘rib chiqish 
muddati o‘rnatilgan investitsiya loyihalari bundan mustasno). 
Kredit shartnomasi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
asosi bo‘lib hisoblanadi, olingan kreditlar, komissiyalar ularga oid foizlar va penyalar 
bo‘yicha  agar  shartnomaning  o‘zida  o‘zgacha  hol  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  ular 
imzolagan  vaqtdan  boshlab  amal  qiladi.  Bank  qarz  oluvchi  bilan  kelishib,  qoplash 
muddatlari  va  pul  oqimlari  prognozi  hisobga  olinadigan  imtiyozli  davrni  belgilash 
huquqiga egadir va u kredit shartnomasida ta’kidlanishi kerak. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish