Davlat qimmatli qog‘ozlari – O‘zbekiston Respublikasining g‘azna
majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan
organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining obligatsiyalari.
Munitsipal
obligatsiyalarning
emitentlari
sifatida
O‘zbekiston
Respublikasining milliy, davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat
idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat
hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |