bankka foiz hisobida qo‘yishdan yoki qimmatbaxo qog‘ozlar
sotib olishdan keladigan
daromad (foyda) bilan taqqoslanadi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda loyihadan ko‘riladigan
daromadning ko‘pligiga, mehnat resurslarining kam sarflanishiga, loyihaning amalga
oshirish muddatining qisqaligiga, loyiha bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulotning
sifatiga, bozorda tutgan o‘rniga, shuningdek, harajatlarning to‘g‘ri olib borilishiga
ko‘proq e’tibor beriladi. Shu bilan birga, baholashda pul oqimini to‘g‘ri ishlatilishi va
nazorat qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital harajatlarni yerni ijaraga
olish, u yerda bino va inshootlar qurish, mashina va jixozlar yaratish yoki sotib olish,
mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarflanishi, joriy harajatlar esa, xom ashyo va
materiallar sotib olish, suv, energiya, mehnat va boshqa resurslarga sarflanishi
e’tiborga olinadi hamda daromadlar asosiy faoliyatdan keladigan daromadlar, ishlab
chiqarish harajatlarini pasaytirish, royalti, davlatning obligatsiyalari orqali keladigan
daromadlarga e’tibor qaratiladi. Investitsiya loyihalarini turli usullar bilan baholash
mumkin, lekin barcha usullarda eng asosiy e’tibor loyihalarning daromadlilik darajasi
hamda ko‘riladigan foydaning xajmini aniqlashga qaratiladi. Investitsiya loyihalari
samaradorligini baholashda aniq natijalarga erishish, ya’ni loyihalashtirishni
yakunlash, bozorga chiqish va undao‘z o‘rnini mustaxkamlash, belgilangan foydaga
erishish, qilingan investitsiya harajatlarini qoplash kabi natijalarga erishish uchun
belgilangan muddat ham ayniksa muhimdir. Shuningdek, baholashda ilmiy-tadqiqot
va konstruktorlik ishlarining samaradorligi ham hisobga olinadi. Buning muhimligi
shundan iboratki, tadqiqot va ilmiy izlanish ishlarining qisqa bo‘lishi bir tomondan
mablag‘larning kam sarflanishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan nisbatan kam
muddatda loyiha amalga oshirilib, bozorga ertaroq yangi mahsulot olib chiqiladi va
hech bo‘lmaganda, qisqa muddat ichida korxona ushbu mahsuloti bilan bozorda
monopol mavqega ega bo‘lishi mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‘lgan
siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda
baholanishi lozim. Hozirgi paytda investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish
uzluksiz jarayon bo‘lganligi sababli uni tasvirlashda kompyuter texnikasidan keng
qurollantirishga yo‘naltirildi. Xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish
natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi, ko‘plab yangi
ish o‘rinlari yaratildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari
faoliyatining samaradorligi ortdi.
Shu bilan birga investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini oshirish
bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Xususan, jalb etilgan
investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish
uchun yetarli bo‘lmayapti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar katta qismining bir
nechta mintaqalarda to‘planib qolganligi respublikamiz mintaqalarida mavjud tabiiy-
iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya
siyosati markaziy o‘rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois O‘zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to‘liq aks ettirilishini
taqozo etmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik
va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan
yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O‘zbekistonning o‘ziga
xos taraqqiyot yo‘lini o‘zida mujassam etgan Harakatlar strategiyasining eng muhim
jihatlaridan biri sifatida faol investitsiya siyosati olib borilishi uchun yo‘l ochib
berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: