Ichki daromadlilik normasini hisoblash metodi (Internal Rate of Return, IRR)
Bu pul tushumlarining diskont qiymati pul chiqimlarining diskont stavkasiga teng bo’lgandagi daromadlilik darajasi yoki bo’lmasa loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarning diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng bo’gandagi diskont me’yoridir. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun sof joriy qiymatni aniqlashda ishlatilgan formuladan foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga tenglashadigan minimal foiz stavkasi topiladi. Aynan shu foiz stavkasi foydaning ichki daromadlilik normasi usuli deb nomlanadi. Bu usul iqtisodiyotda rentabellikning ichki normasi, qoplash yoki samaradorlik koeffitsienti, kapital qo’yilmalarning chegaraviy samaradorligi deb ham yuritiladi.
Uni hisoblash formulasini quyidagi tenglamada ifodalash mumkin:
Investitsiyaning rentabelligini hisoblash metodi (Profitability Index, PI)
Diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya harajatlariga nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o’sishi mumkinligini ko’rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi:
Investitsiya rentabelligi ko’rsatkichi firma (yoki investor) mablag’lari 1 so’m hisobida qanday hollarda o’sishini aniqlash imkonini beradi. Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko’rsatkichlari taqqoslama baholash shuni ko’rsatadiki, sof joriy qiymati o’sishi bilan investitsiyalar rentabelligi ham o’sadi va aksincha. Agar rentabellik ko’rsatkichi “1”ga teng yoki undan kichik bo’lsa, loyiha rad etilishi kerak, chunki u qo’shimcha foyda keltirmaydi. NPV=0 da investitsiyalarning rentabelligi hamisha 1 ga teng bo’ladi
Qoplanish davrini hisoblash metodi (Payback Period, PP)
investitsion qo’yilmalarni to’liq qoplanish muddatini anglatadi. Ushbu metod asosida investitsiyalarni baholash investorning asosiy maqsadiga investitsion loyihaning daromadliligi emas, balki boshqa sabablar (ijtimoiy, ekologik va boshqa), shuningdek loyihaning likvidliligi asosiy qiziqish uyg’otganda qo’llash o’rinlidir. Chunki ushbu metodda pul oqimlarining davriy qiymati hisobga olinmaydi. Ushbu metodda pul oqimlarining qaysi davrgacha boshlang’ich investitsiyani qoplashi asosiy kasb etadi. Misol uchun ma’lum X-loyihaga 100 mln. so’m investitsiya qilindi. Pul oqimlari 1-yilda 15 mln. so’m, 2-yilda 22 mln. so’m, 3-yilda 33 mln.so’m, 4-yilda 41 mln.so’m, 5-yilda 50 mln.so’mni tashkil qildi. Umumiy pul oqimlari 161 mln. so’mni tashkil etadi. Demak, loyiha 4-yil ichida o’zini to’liq qoplaydi. Yanada aniqroq hisoblaydigan bo’lsak: