Bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruhlar
Sifat to‘garaklari
Jarayonlarni takomillashtirish guruhlari
Maqsadli guruhlar
1
2
3
4
5
A’zolik
Bo‘linma ishchilari
Bo‘linma ishchilari
Aral ash bo‘linmalarning tanlangan ishchilari
Ish tajribasi asosida tanlab olingan ishchilar
Qatnashuv
Majburiy
Ixtiyoriy
Majburiy
Majburiy
Rahbariyatning ta’siri
O‘rtacha
Minimal
O‘rtacha
O‘rtacha
Muammolarni tanlash
Guruhli
Guruhli
Guruhli
Rahbariyat tomonidan amalga oshiriladi
Muammolarni hal qilish muddati
O‘rtacha
Qisqa
O‘rtacha
Uzoq
Faoliyat sohasi
Bo‘linma doirasida
Bo‘linma doirasida
Bo‘linmalararo
Bo‘linmalararo
1
2
3
4
5
Echimning izlanishi
Guruh a’zolari orasida
Guruh a’zolari orasida
Guruh a’zolari orasida
Guruh a’zolari orasida
Vaqt jihatidan bosimi berish
O‘rtacha
Minimal
O‘rtacha
YUqori
Ish tartibi, muddatlari
Qisqa yig‘ilishlar, uzoq muddatlar
Qisqa yig‘ilishlar,
uzoq muddatlar
Qisqa yig‘ilishlar, uzoq muddatlar
Davom etuvchi muddatlar, boshqa vazifalarning yo‘qligi
Tashkilotchi tomonidan ishga
ko‘maklashish
Mumkin bo‘lgan variant
Butunlay ixtiyoriy
Hech qanday
Hech qanday
Natijalarning tatbig‘i
Guruh a’zolari tomonidan
Guruh a’zolari tomonidan
Guruh a’zolari tomonidan
Boshqa shaxslar tomonidan
Bo‘linmalarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruhlar.
Bo‘linmalarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruhlaruyoki bu bo‘linma ishchilaridan tashkil topadi. Ularning vazifasi vositalarni maqsad sari yo‘naltirish va ishlab chiqishdan iborat. Vositalar ishchilarga mazkur bo‘linma faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Bo‘linma rahbari guruhning raisi hisoblanadi. Ma’lum muddatdan so‘ng ma’muriy xodimlar toifasiga kirmaydigan, mazkur lavozimda ishlash uchun tayyorgarlik va layoqatga ega bo‘lgan ishchi guruhning raisi etib tayinlanishi mumkin. Guruh xatolarning yuzaga kelishi va bo‘linma samaradorligi pasayishining sabablarini aniqlaydi. So‘ngra u tuzatish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Guruh bo‘linma doirasida takomillashtirishning maqsadlarini belgilaydi va ularga erishish tadbirlarini ishlab chiqadi. Bo‘linma rahbarining tashabbusi bilan bo‘linma faoliyatini takomillashtirish guruhi tashkil qilinadi. Bo‘linmaning barcha ishchilari mazkur guruhning qarorlarini bajarishda faol qatnashadilar.
Guruhning yig‘ilishlarini tashkil qilish. Bo‘linma ishchilarining yig‘ilishi bevosita ish joyida tashkil qilinadi. Bundan maqsad muammoni yuzaga kelish joyida tadqiq qilish va ishlab chiqarishni to‘xtatmagan holda sinov partiyalarini tanlab olishdir. Yig‘ilishlarni o‘tkazish qoidalari quyidagilar:
Yig‘ilish kun tartibining oldindan tayyorlanishi va hammaga e’lon qilinishi.
Kun tartibining bo‘limlarini muhokama qilish bilan yig‘ilishni boshlash va tasdiqlangan kun tartibiga so ‘zsiz rioya qilish kerak. Mazkur vazifa uchun bo‘linma rahbari mas’uliyatga ega.
Yig‘ilish raisi barcha qatnashchilarni faol mehnat qiishga chaqiradi. Bunda u qatnashchilarni muayyan masala yuzasidan so‘rov qiladi. Boshliqning nuqti yig‘ilish vaqtining 25% idan oshmasligi kerak.
Guruh ishtirokchilari navbat bilan yig‘ilish bayonnomalarini olib kelishlari kerak. Bayonnomada ma’lum tadbirlarni ishlab chiqish ishlarining holati, ilgari surilgan takliflar, ularni amalga oshirish muddatlari ifodalanishi lozim. Bayonnomalarning nusxalarini yuqori boshqarmaga beriladi.
Kelishuv asosida qarorlar qabul qilish. Butun guruh qabul qilinyapgan qarorlarni qo‘llab - quvvatlashi va hamma yakuniy qarorga teng ta’sir qilish imkoniga ega bo‘lishi muhim. Umumiy yig‘ilish uchun tavsiyalar ishlab chiqadigan guruhlarga yakkafikrlilik mavjud bo‘lmagan masalalar topshiriladi.
Muhokama qilinyapgan masalalar mazkur bo‘linmaning vakolat doirasida bo‘lishi va bo‘linma guruhining faoliyatiga taalluqli bo‘lishi kerak. Agar boshqa bo‘linmalarning faoliyati oqibatida maxkur bo‘linmada muammo paydo bo‘lsa, bo‘linma rahbari darhol bu haqida xabar qilishi kerak.
Bo‘linmaning faoliyati nimaga va kimga bog‘liqligi, uning ishining mazmuni va natijalarining "iste’molchisi" haqidagi ma’lumotlar hamda uning sifatini o‘lchash va baholash masalalari yig‘ilishda e’lon qilinishi kerak.
Rahbariyat yig‘ilishda barcha xodimlar qatnashuvining majburiyligini va qatnashmaslik sabablari oldindan muhokama qilinishini ta’kidlashi lozim.