Mavzu: Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
Reja
Innovatsion moliyalashtirishning manbalari va shakllari.
Innovatsion faoliyatni loyihali moliyalashtirish.
Innovatsion menejment strategiyasi va taktikasini belgilash
1.Innovatsiyalarni moliyalashtirishning manbalari va shakllari
Innovatsion loyihalarning barcha yashash bosqichlarida moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanganligi innovatsiyaning bozordan ajratish taxlikasini pasaytirishga ko‘maklashadi va uning samaradorligini oshiradi. Yangi ilmiy ishlamalar va texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo‘lganlari sari rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash va riaojlantirishning turli tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyatirishning turli tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo‘llab quvvatlash bo‘yicha tadbirlarning rang barangligi kengayadi.Rivojlangan mamlakatlar innovatsion faoliyat uchun moliyaviy resurslarni ham davlatning va ham hususiy manbalardan to‘playdilar. Ma‘lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamental tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi, hamda patentlar va litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan belgilanadi. Faqat moliyalashtirishning rivojlangan tizimi asosida innovatsion faoliyat rivojlanishi mumkin. Bozor turidagi iqtisodiyotda mustaqil korxonalar, sanoat kompaniyalari, moliya sanoat guruhlari, kichik innovatsion bines, investitsion va innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va h. k. moliyalashtirish subyektlari bo‘ladilar. Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta ishlab chiqarish jaayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni rivojlanishida bevosita ishtirok etadilar. Moliyalashtirishning tashkil qilish tamoyillari moliyalashtirishning manbalarining ko‘pligi, tizimning alohida elementlarining egiluvchanligi va dinamikligiga qaratishni va innovatsionlarni ularni innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o‘sishini ta‘minlovchi tijoratlashtirilishi bilan samarali tatbiq etilishi kerak.
Mulkchilik turlariga ko‘ra moliyalashtirish manbalari quyidagilarga bo‘linadi: -davlat investitsion resurslari (byudjet manbalari, byutjetdan tashqari fondlar, davlat tomonidan qarz olish , Aksiyalar paketlari ,davlat tasarrufidagi mulk ):
-tijorat va notijorat xarakteriga ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar, hamda shaxs tashkilotlar jismoniy shakllarining investitsion, shu jumladan moliyaviy resurslari. Bu jamoaviy sarmoyadorlar, shu jumladan sug‘urta kompaniyalari, investitsion fondlar va kompaniyalar, nodavlat nafaqa fondlarining investitsion resurslari. Korxonalarning shaxsiy mablag‘lari, hamda tijorat banklari, boshqa kredit tashkilotlari va hukumat tomonida maxsus vakil qilingan investitsion banklarning kredit resurslari ham shunga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |