Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish Hozirgi zamonda jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalishlar tobora rivojlanib bormoqda. Innovatsion faoliyatda moliya va banklar ishtirokining ushbu turi sanoatning resurs sig‘imi va kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoqlarning ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga muhtoj bo‘lgan mamlakatlar va mintaqalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish deganda moliyalashtirishni tashkil etishning shunday tipi tushuniladiki, bunda loyihani ro‘yobga chiqarishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai bo‘lib hisoblanadi. Shunga qaramasdan, turli mamlakatlarda ―loyihaviy moliyalashtirish atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan AQSh da mazkur atama innovatsion loyihaning kattagina qismi ta‘sischining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini va qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai loyihani amalga oshirishdan keladigan daromadlar ekanligini anglatadi. Yevropada bu atama loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashning turli variantlari va usullariga nisbatan qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ atamasi banklar tomonidan berilayotgan kreditlar, davlatning qo‘llab-quvvatlashi, turli sug‘urta kompaniyalari va boshqa manfaatdor investorlarning ko‘magiga asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalariga nisbatan qo‘llanmoqda. Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir nechta turlari mavjud.Ularning asosiy turi loyihaning uning ishtirokchilarining kreditga layoqatliligini kafolatlarini hamda uchinchi shaxslarning kreditni so‘ndirish bo‘yicha kafolatlarini hisobga olmagan holda yashash qobiliyatiga asoslangan moliyalashtirishdir. Ikkinchi turida innovatsiyalarni moliyalashtirishda qarzlarni so‘ndirish manbai loyihani ro‘yobga chiqarish natijasida generatsiyalanadigan pul oqimlari hisoblanadi. Uchinchi turi shunday moliyalashtirishni ko‘zda tutadiki, bunda loyihaning amalga oshirilishi natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag‘lar oqimi hamda korxonaning aktivlari kreditni ta‘minlashga xizmat qiladi. Loyihaviy moliyalashtirishning to‘rtinchi turi kreditni korxonaning iqtisodiy va texnikaviy yashash qobiliyatining o‘zi ta‘minlashidan iborat.
Loyihaviy moliyalashtirish an‘anaviy ravishda investitsion loyihalarga mo‘ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik yondoshishlar va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda. Bunda, shubhasiz, loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli baholashga talablar ham o‘sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va tashkiliy jihatdan hal qilish zarur. Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga qodir mustaqil maslahatchilarni topish qiyin. Ishonchli ta‘sischilar, samoyadorlar, kafolatchilar, pudratchilar va operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish undan ham qiyin. Shunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish bugun eng katta qiziqishni uyg‘otadi. Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirish haqidagi uchta prinsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish qiladi. Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko‘rinadiki, innovatsion jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko‘lamdagi xususiy kompaniyalarning kuchlari bilan malga oshirish mumkin. Shubhasiz, innovatsion jarayonlar bu yerda maqsadning o‘zi emas, balki tadbirkorlik muvaffaqiyatiga erishish vositasi sifatida bo‘ladilar. Innovatsion biznes har xil tashkiliy fondlarda akademik ―sof fan‖ va xususiy sarmoya manfaatlari o‘rtasida vositachi bo‘ladi, chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko‘rib chiqiladi. Ikkinchisi- davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni davlat tomonidan vositali qo‘llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy qonunchilik, soliq, sotsial va boshqa usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy muhitni yaratilishida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat o‘zbek iqtisodiyotining hozirgi holatida innovatsion siyosatning asosiy yukini o‘ziga ololmaydi, ammo innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarning to‘liq turli tumanligini ta‘minlashi mumkin. Va nihoyat, uchinchisi - innovatsion faoliyatning egiluvchanligi, ko‘p variantliligi va muqobilliligi davlat va xususiy tadbirkorlik, xususiy va xorijiy sarmoyadorlar hamkorligining ko‘p sonli shakllarini vujudga kelishiga juda yaxshi yordam beradi. Loyihaviy moliyalashtirishning kengroq amaliyoti va innovatsion faoliyatni rivojlanishi agar davlat siyosiy, makroiqtisodiy va yirik ekologik xatarlardan kafolatchi bo‘lgan holda o‘ziga munosib o‘rinni topishlari mumkin. Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish ostida ko‘pincha moliyalashtirishni tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani sotishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai bo‘ladi. Shunga qaramay har xil mamlakatlarda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan, AQShda uning ostida moliyalashtirishni shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda investitsion loyihalarning katta qismi ta‘sischining shaxsiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi, loyihani sotishda daromad qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbalaridan bo‘ladi. Yevropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo‘llariga nisbatan qo‘llaniladi. Keyingi vaqtda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ atamasi ham banklar tomonidan taqdim etiladigan kreditlarga va ham vositali byudjetli qo‘llabquvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan qo‘llaniladi. Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar ta‘sischilar va ularning sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali tahlili, omilkorona tuzilgan texnik-iqtisodiy asoslanish, loyiha tadbirlarining bank bilan oldindan kelishib olish, loyihani yetarlicha kapitallashtirilishi, uni texnik-texnologik amalga oshirilishi va yuqori foydalanish ta‘riflarida iborat. Loyiha va hukumat muassasalarini aniq taqsimlanishi, loyihaviy moliyalashtirish obyektini atroflicha bilishni muhim deb hisoblash kerak. Loyihaviy yondoshish talablariga mosroq keluvchi sohalarga qazib chiqaruvchi sohalar va energetika, neft - gaz xomashyoni qayta ishlash, energiyaning muqobil manbalari, mashinasozlik, asbobsozlikning belgilangan turlari, qurilish materiallarining ba‘zi bir turlari hamda istiqbolli kimyoviy mahsulotlarni kiritish mumkin. Shu jumladan, ―sof‖ loyihaviy moliyalashtirish na moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini va na qo‘shimcha kafolatlarni talab qiladi va xatarning har xil turlarining ma‘qul darajasiga asoslangan.
Agar pul mablag‘larining birlamchi manbai (loyiha) talablarga adekvat bo‘lmasa, unda kafolatchining aktivlari yoki byudjet subsidiyalari qarzni to‘lashning ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Misol sifatida qazib chiqaruvchi sohalarning ko‘p ilm iste‘mol qiladigan ishlab chiqarishlari, yuqori texnologiyalar, telekommunikatsiyalar tizimlari, kompyuter tarmoqlarini ishlab chiqish dorivor moddalar va nozik organik sintezning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni keltirish mumkin. Loyihaviy moliyalashtirishning ko‘pgina operatsiyalari ―sof‖ sxemadan farq qiladilar. Bu nostandart xavflarning o‘rnini qoplash va sotishdan tashqari tushumlar, yuqoriroq foizli stavkani taqdim etish va amortizatsion ajratmalar, soliq imtiyozlari hisobiga tushumlar va ko‘pgina boshqa narsalar bo‘lishlari mumkin. Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rol o‘ynaydi. Ammo loyihaviy moliyalashtirishga, qoidaga ko‘ra, pul mablag‘larining beqaror oqimi generatsiyalanadigan, ularning aktivlari esa qarzni to‘lashning ishonchli ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qiladigan obyektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning tashkilotchilari, kreditorlari va kafolatchilari o‘rtasida taqsimlanishi uchun ko‘pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon beruvchi loyihaviy xatarlarni diversifikatsiyalash loyihaviy moliyalashtirishning imkoniyatlarini kengaytirishning muhim tamoyili bo‘ladi.
Innovatsion loyihalar nafaqat ko‘p mezonliligi va noaniqlikning katta darajasi bilan, balki sifatli bahosi bilan ham past ajralib turadilar. Xuddi shuning uchun muvaffaqiyatning integral mezonlari va qo‘llangan harakatlarning olingan natijalarga muvofiq mosligini belgilashning maxsus tadbiri zarur. Shubhasiz, mezonlarning ko‘proq miqdorlarini qanoatlantiradigan loyiha muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Albatta, taklif qilingan innovatsion loyihalardan variantni tanlab olish g‘oyatda qiyin. Shuning uchun loyihaviy xatarlarni kamaytirish va loyihaning muvaffaqiyatliligi parametrlarini muvofiqlashtirish uchun portfelli yondoshish keng qo‘llaniladi. Innovatsiyalar portfeli yirik va kichik, muddatlari bo‘yicha uzoq va qisqa, belgilanishi va amalga oshirilishi tamoyillari bo‘yicha har xil bo‘lgan turli tuman loyihalarga ega bo‘lishi kerak. Bu innovatsiyani moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori natijaviyligi bilan bir vaqtda muvofiq tatbiq etish, hamda firma raqobatining muvaffaqiyatli strategiyasi uchun zarurdir. Portfelning mazmuni yetarlicha tez tez tavtish qilinishi, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi kerak. Katta portfelga xatarning yuqori darajasi bilan ta‘riflanadigan ustuvor yangilik kirtishlari bo‘yicha loyihalarni kiritish mumkin bo‘ladi, chunki bu holda cheklashlar portfelning umumiy xatari yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan oshib ketmasligidan iboratdir. Mana shuning uchun bunday portfelning tarkibiga 333 eskilikka xos innovatsiyalar bilan bir qatorda yangilikning yuqori darajasiga, ammo past rentabellikka ega loyihani va aksinchasini kiritish mumkin. Kichik va mayda loyihalardan tashkil topgan loyiha har bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Har bir loyiha muvaffaqiyat holida sotishlarning nisbatan kamtarona hajmi va foydaning katta bo‘lmagan miqdori bilan ta‘riflansa ham, u yirikroq loyihalarga qaraganda, foydaning yuqori me‘yori bilan generatsiyalanishi mumkin. Buning ustiga kichik loyihalar ancha kam resurslarni talab qiladilar. Kichik loyihalarni ishlab chiqish sur‘atlarini bashoratlash osonroq. Shunday qilib, kichik loyihalarning portfeli, tezroq, yetarlicha foydali innovatsiyalarning bir tekisdagi oqimin shakllantiradilar. Ammo, kichik loyihalar bir qator kamchiliklar bilan ham ajralib turadilar: ular beqaror tashqi muhitga ta‘sirchandirlar, ishlab chiqarish fondlari va texnologiyalar sifatiga yuqoriroq talablarni ilgari suradilar, xatarlarni rivojlanishi imkoniyatlarini toraytiradilar. Har qanday loyihaning yakuniy muvaffaqiyati nafaqat uning o‘lchamiga, balki innovatsion va moliyaviy menejerning loyihalarni rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha malakasiga bog‘liqdir.
Innovatsion menejment quyidagi muhim jihatlarga asoslanadi: -mazkur innovatsiya uchun poydevor vazifasini o‘taydigan g‘oyalarni izlab topish; -mazkur innovatsiya uchun innovatsion jarayonni tashkil qilish; -innovatsiyalarni bozorda olg‘a surish va ro‘yobga chiqarish jarayoni. Innovatsion menejment boshqaruv strategiyasi va taktikasini o‘z ichiga oladi. Strategiya qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vositalardan foydalanishning umumiy yo‘nalishi va usulini belgilab beradi. Taktika-bu muayyan shart-sharoitlarda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun qo‘llanadigan ma‘lum bir uslub va usullardir. Innovatsion menejment taktikasining vazifasi optimal qarorni tanlash va shu qarorni amalga oshirish uchun mazkur xo‘jalik vaziyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan eng qulay usullarni tanlash san‘ati hisoblanadi.