Test savollari
1.«Informatika o’qitish metodikasi» fani nimani o’rganadi?
A) o’quvchilarning ta’lim jarayonini tartiblashni.
B) informatika sohasini o’quv fani singari.
C) har xil yoshdagi o’rganuvchilarning ta’lim jarayonini tartiblaydi.
D) B va C.
2. «Informatika o’qitish metodikasi» fan sifatida rivojlana bordi:
A) 20 asr boshidan.
B) 20 asrning ikkinchi yarmidan.
C) 19 asrdan.
D) birinchi EHM lar paydo bo’lganidan.
3. Quyidagi olimlardan qaysi biri «Informatika o’qitish metodikasi» fanining rivojiga xissa qo’shmagan?
A)Abduqodirov A.
B)Ziyoxojaev M.
C)Ershov P.
D) Viner.
4.«Informatika o’qitish metodikasi» fani oldida quyidagi vazifalar turadi:
1.Informatikani o’rganish sabablarini o’rganish.
2.IHTA o’quv fanining tarkibini aniqlash.
4.Informatikaning eng qulay o’rganish usulini taqdim etish.
5. Ko’zlanagan maqsadlarni bajarishga qaratilgan eng qulay usullarni ishlash.
A)1, 2
B)1, 2, 3
C)1, 3, 4
D)1, 2, 3, 4
XULOSA
Informatikada nimani va qanday o’qitish kerak degan savolga javob olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda informatikani o’qitish vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu vazifalar barcha umumilmiy fanlar uchun umumiydir. Shuning bilan birga uzluksiz ta’lim tizimida informatikani o’qitish kontseptsiyasi va davlat ta’lim standartlariga asosan bu vazifalarni informatikani o’qitishdagi o’ziga hos tomonlarini tahlil etish lozim. Informatika o’qitish mazmunini aniqlashda informatikaning fan va ikkinchi tomondan o’quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak. Informatika fani va o’quv predmeti bir-biridan avvalam bor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika o’quv predmeti informatika fanidan o’quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo’ladigan ma’lumotlarnigina oladi. Informatika o’quv predmeti sifatida o’quv dasturlari va darsliklarda o’z aksini topadi. Informatika o’quv predmeti tarkibiga kiritilgan o’quv materialining hajmi to’g’risidagi masala hal etilgandan so’ng, ushbu o’quv materiali o’quvchilarga qanday ketma-ketlikda etkazib berish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash lozim. Informatika o’qitish uslubiyotining hususiyatlaridan biri o’quvchilarni informatikaning mazmunini va unga hos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko’nikmalarini olishning usul va yo’llarini belgilash lozim. Bularga o’quv materialini o’rganish usullari va zamonaviy pedagogik va psihologik tadqiqotlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi. Informatikadan mashg’ulotlarni samarali o’tkazish uchun tegishli material baza, ya’ni mahsus jihozlangan informatika honasi bo’lishi lozim. havfsizlik tehnologiyalar konfiguratsiyasining samaradorligi zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ushbu masalalarni birlashtirish informatika o’qitish uslubiyotining yana bir masalasini tashkil etadi. Va niqoyat, informatika o’qitish uslubiyotining masalalari qatoriga, aniqrog’i, uning mahsus qismiga, informatika kursining barcha bo’limlarining ularni bayon qilish mahoratini nuqtai nazaridan qarab chiqish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |