Bog'liq 3 Ma\'ruza Inf.o\'qt metodikasi qo\'shni davlat
Talabalarning keys-stady sharoitida o’quv ishiga qobiliyatlar ko’rsatkichlari:
-har bir talabaning ilmiy tadqiqot va tahlil usullari va vositalarini egallashi;
-muammo yechimining ustuvor g’oyasini baholash va tanlash texnikalarini tanishtirish;
O’qituvchining tayyorlanishi. Keys-stady amaliyotini o’tkazuvchi o’qituvchi mashg’ulotga oddiy tayyorlanishdan tashqari quyidagilarni ham bajaradi:
-vaziyatni puxta tahlil qiladi muammoli vaziyatni tahlil etish va uni hal qilish uchun talabalarga taklif qilinishi mumkin bo’lgan bir necha modellarni tayyorlaydi;
-vaziyat yechimi bo’yicha talabalar taklif etadigan variantlarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlarini ishlab chiqadi;
- muammoni yechish bo’yicha o’zining variantini tayyorlaydi;
-mutaxassislik fanlarini o’qitishda keys stady metodidan foydalanish talabalarni fikrlashga muammolarni hal etish ko’nikmalarini xosil qilishga kashfiyotlarga intilish hamkorlik va sheriklik sifatlarini shakllantirishga o’qituvchi tomonidan berilgan vazifalarni hal etish rejasini tuzishga va eng asosiysi talabalar oldiga qo’yilayotgan muammoni hal qilishga uni mustaqil muxokama qilishga qodir qilib ta’lim va tarbiya berish imkoniyatini yaratadi.
Kimyoviy va farmatsevtika texnologiyalari yo’nalishiga oid mutaxassislik fanlarini o’qitishda keys-stady texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati juda kattadir. Bunda talabalarni mustaqil ishlarning turli shakllarini bajarish jarayonida keys bo’yicha aniq turdagi kimyoviy va oziq – ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish jarayonidagi muammoli vaziyatlarga tegishli bo’lgan topshiriqlarni berish talabalarni maxsus fanlardan egallagan bilimlarini chuqurlashtirishga va mustahkamlashga mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasining barcha qirralarini har tomonlama chuqur o’zlashtirib olishga ishlab chiqarish sharoitida yuzaga keladigan amaliy – muammoli masalalarni hal qilish va hayotiy vaziyatlarni yecha olish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Shu maqsadda keys – stady texnologiyasining vazifa - topshirig’i sifatida aniq maxsulot turini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyolardan foydalanish muammolari ishlab chiqarishda noan’anaviy xom ashyolarni qo’llash imkoniyatlari ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifat ko’rsatkichlarini oshirish muammolari ishlab chiqarish chiqitlarini yuzaga kelish sabablari va ularni kamaytirish muammolari energiyani va resurslarni tejaydigan yuqori samarador texnologiyani yaratish muammolari mavzu tarzida berilsa uni bajarish jarayonida talabaning tegishli fan bo’yicha o’zlashtirgan bilimlari yanada kengayadi mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanadi hamda unda egallagan bilimlarini nostandart vaziyatlarda qo’llash ko’nikmalari shakllanadi.
16Harmonising Approaches to Professional Higher Education in Europe. EURASHE. 2013. Retrieved 2014-10-17.