Mavzu: Informatika va axborot texnalogiyalarini o`qitish metodikasi. «Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi»



Download 83,5 Kb.
Sana06.04.2020
Hajmi83,5 Kb.
#43261
Bog'liq
20-mavzu

Mavzu: Informatika va axborot texnalogiyalarini o`qitish metodikasi.
«Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi» fanining dasturi

«Informatika o’qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo’lim hisoblanadi.

Informatika fanini o’qitish qo’yidagi maqsadni ko’zda tutadi:


  • bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;

  • bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash;

  • bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.

Bo’lajak informatika o’qituvchisi o’sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.

«Informatika o’qitish metodikasi» fani bo’yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo’lishi zarur:



  • informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;

  • informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;

  • informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;

  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash.

Bo’lajak informatika o’qituvchisi yangi axborot texnologiyasini, zamonaviy pedagogic dasturiy vositalarni chuqur o’rgangan, shuningdek, jamiyatni, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallagan bo’lishi lozim.

«Informatika» fan va o’quv pryedmyeti sifatida

Informatika o’quv pryedmyeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fani birinchi navbatda informatika fanining myetodologiyasiga asoslanadi. O’zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pyedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fani fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan qabul kilingan qonuniyatlardan ham byevosita foydalanadi.

Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri b´lgan informatikaning fan sifatida o’ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o’rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kyelib chiqqan holda «Informatika» fanini o’qitishning maqsadlarini quyidagicha byelgilash mumkin:


  • o’quvchilarda kompyutyer savodxonligini shakllantirish;

  • o’quvchilarda axborotga ishlov byerish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o’zlashtirib olishlarini ta’minlash;

  • o’quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko’rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikatsion tyexnologiyalarning ahamiyatini ochib byerish;

  • komp’yutyerlardan ongli va ratsional foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.

O’zbyekiston Ryespublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishdagi fanlar o’qitish tizimi

1 2 3 4 5 6 7 8 9

1-maktabgacha ta’lim.

2-boshlang’ich ta’lim (informatikaning propyedyevtik kursi).

3-umumiy o’rta ta’lim (5-9 sinflar, tayanch ta’lim).

4-akadyemik litsyey va kasb-hunar ta’limi (tayanch ta’lim).

5-bakalavriat.

6-magistratura.

7-aspirantura, doktorantura, ad’yunktura.

8-malaka oshirish va qayta tayyorlash.

Maktabgacha tarbiya, umumo’rta ta’lim, o’rta maµsus, kasb-ќunar ta’limi va undan kyeyingi ta’lim bosqichlarini o’z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga mo’ljallangan «Informatika» fani pyedagogikamiz uchun yangi bo’lgan nizom va qarashlar sistyemasiga asoslangan:



    • kadrning butun «ќayotiy tsikli» ќisobga olinishi kyerak;

    • informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish dunyoning ќozirgi ќolati va rivojlanish istiqbollarini ќisobga olgan ќolda ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni aks yettirishi kyerak;

    • informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga dasturlashni o’rgatish zaruriyatidan voz kyechish lozim;

    • informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish didaktik spiral tamoyili asosida qurilishi kyerak;

    • ishlab chiqilayotgan o’quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urђu byerish asosidagina amalga oshirish mumkin;

    • shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo’naltirilganlik;

    • o’qish vaqti ryesurslarini o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o’quv ijodiy faoliyatini tashkil yetish foydasiga qayta taqsimlash.

O’zbyekiston Ryespublikasi ta’lim tizimiga yangi bo’g’in, o’rta-maxsus va kasb-hunar ta’limining kiritilishi bilan, informatika o’qituvchilari uchun «Informatika o’qitish myetodikasi» fanini yaratish dolzarb muammolardan biri bo’lib qoldi.

Vazifa.

Quyidagi jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldiring



Informatika va hisoblash tyexnikasini rivojlanish tarixi

O’qitishning myetodik tizimi. «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanining mazmunini aniqlashda informatikaning fan va ikkinchi tomondan o’quv pryedmyeti yekanligi haqidagi tasavvurlardan kyelib chiqish kyerak. Informatika fani va o’quv pryedmyeti bir-biridan avvalambor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika o’quv pryedmyeti informatika fanidan o’quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kyelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo’ladigan ma’lumotlarnigina oladi. Informatika o’quv pryedmyeti sifatida o’quv dasturlari va darsliklarda o’z aksini topadi.

Informatika o’quv pryedmyeti tarkibiga kiritilgan o’quv matyerialining hajmi to’g’risidagi masala hal yetilgandan so’ng, ushbu o’quv matyerialini o’quvchilarga qanday kyetma-kyetlikda yetkazib byerish maqsadga muvofiq yekanligini aniqlash lozim.

«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanining hususiyatlaridan biri o’quvchilarni informatikaning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini yegallash, amaliy bilimlar va ish ko’nikmalarini olishning usul va yo’llarini byelgilash lozim. Bularga o’quv matyerialini o’rganish usullari va zamonaviy pyedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil yetish shakllari kiradi. Informatikadan mashg’ulotlarni samarali o’tkazish uchun tyegishli matyerial bazasi, ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo’lishi lozim.



«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» pryedmyeti

«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fani umumta’lim maktab, akadyemik litsyey va kasb-hunar kollyejlarida «Informatika va hisoblash tyexnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot tyexnologiyalari» fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo’lim hisoblanadi.

Informatika fanini o’qitish quyidagi maqsadni ko’zda tutadi:


      • bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pyedagogik va axborot tyexnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;

      • bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil yetish va o’tkazishga tayyorlash;

      • bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.

«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanining pyedagogik vazifalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal yetishda qo’shadigan o’ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.

      • o’quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.

      • Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal yetishda butun pyedagogik jamoa barcha o’quv pryedmyetlarini o’qitish jarayonida ishtirok yetadi.

      • Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.

      • o’quvchilarni amaliy faoliyatga, myehnatga, ta’lim olishni davom yettirishga tayyorlash.

Yuqoridagi masalalardan hyech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal yetilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o’quvchilar informatika asoslarini mustahkam yegallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o’rgatish bilangina, o’quvchilarning informatikani fan sifatida uning o’ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga yerishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal yetishga yerishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim.

«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanini o’rganishning maqsadi o’qitgvchilarda shaxsiy myetodik tizimni ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.

«Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fanida quyidagi asosiy masalalar ko’riladi va hal yetiladi:


      • informatika fanini o’qitishning maqsad va vazifalari qanday;

      • o’quv pryedmyeti sifatida informatikaning mazmunini nimalar tashkil yetishi kyerak;

      • informatikadan o’quv matyeriali qaysi kyetma-kyetlikda joylashishi va o’quvchilarga yetkazilishi kyerak;

      • informatikadan o’quv matyerialini to’liq va chuqur o’rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kyerak.

Boshqacha qilib aytganda, informatika o’qitish myetodikasi oldiga an’anaviy savollar uchligi qo’yiladi:

1) informatikani nima uchun o’rganish kyerak (ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?

2) «Informatika» fani bo’yicha nimani o’rganish kyerak (ya’ni, mazmunini aniqlash)?

3) «Informatika» fanini o’quvchilarga qanday o’rgatish kyerak (ya’ni, tanlab olingan o’qitish shakli doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?



«Informatika o’qitish myetodikasi» fanini o’rganishning maqsadi o’qituvchilarda shaxsiy myetodik tizimni ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.
Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish