Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 25-son qarori bilan
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning bazaviy ta’lim muassasalari, ta’lim
muassasalariga ega bo’lgan vazirliklar va idoralarning ilmiy-tadqiqot va metodik markazlari
zimmasiga, jumladan: kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida
masofadan turib o’qitishni ishlab chiqish va joriy etish vazifasi
yuklandi.
Xozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarini masofadan qayta tayyorlash
va malakasini oshirishni tashkil qilish bo’yicha bir qator izlanishlar, tadbirlar, loyihalar amalga
oshirilmoqda. Jumladan Osiyo Taraqqiyot Bankining moliyaviy ko’magi bilan amalga
oshirilgan
O’ZB-1961 raqamli “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini ko’rsatish mumkin.
Mazkur loyiha, jumladan, O’zbekistonda o’qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini barpo etishga ko’maklashdi.
Masofadan o’qitishning yana bir afzallik tomoni unda o’qish muddatini o’kuvchi o’zi
belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o’qishni boshlaydi, materiallarni o’qituvchi nazoratid a
o’zlashtiradi. O’zlashtirish
topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O’quvchi berilgan
programmani qanchalik tez o’zlashtirsa, shunchalik tez o’qishni tugatadi va guvoxnoma oladi.
Programmani o’zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o’qishni davom ettirishga imkoniyat
beriladi.
Masofadan o’qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga xam ega. Masofadan o’qitish uchun
talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o’qitishda
moliyaviy
xarajatlar asosan o’quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun
sarflanadi. Bu xarajatlar ning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi.
Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. SHuning uchun talabalar sonini oshishi bilan
o’qish narxi xam pasayadi. Masofadan o’qitishda asosiy e’tiborni o’kuv uslubiy materiallarn i
tayyorlashga qaratish darkor. CHunki o’quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o’qitish
sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O’quv uslubiy material qanchalik tushunarli
va batafsil
bo’lsa, shunchalik u o’quvchiga foydali bo’ladi. Ya’ni material uslubiy jixatdan puxta
bo’lmog’i zarur.
Masofadan o’qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
• Darslik
• Audio va video darsliklar
• Onlayn darslar (Internet saxifa)
• Elektron kutubxonalar
• Testlar
• Multimedia elektron darsliklar
Xozirgi kunda respublikamizda xam masofadan o’qitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni
o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermokda.
Multimedia darslik o’zida ko’pgina ma’lumotlarni
mujassamlash bilan birga, bu
ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, xamda ovoz yordamida izoxlaydi. Mulьtimedia
darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya’ni mulьtimedia voqea
va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir,
multiplikatsiya, ovoz va musiqa
yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan o’qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar, darslar,
Internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Bu esa o’quvchi
uchun maxsus o’qish doirasini berdi. O’quvchining fanni o’zlashtirish tezligi va sifati keskin
yaxshilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: