Induksion kanal pechlari.
Induksion kanal pechlar kuchlanishi 220, 380, 500 V, tok chastotasi 50 Gs bo‘lgan elektr energiya manbasiga ulanadi. Ular sex podstansiyasiga o‘rnatilgan pasaytiruvchi kuch transformatorlariga ulanadi.
Rudani quritish, dastlabki eritish kabi jarayonlar iste’mol quvvati miqdorini nominal qiymatga ko‘ra 25 - 30 foiziga kamaytirishni toqazo etadi. Buning uchun pechlar kuch transformatorlariga avtotransformatorlar orqali ulanadi. Bunda avtotransformator quvvati pech quvvatining 45 - 50 foiziga teng deb qabul qilinadi.
Amaliyotda induksion kanal pechlarlarning manbaga shaxsiy (individual) va gruppalab ulash sxemalari mavjud. Gruppalab ulashda bitta transformatorga bir necha pechni (odatda 3 ta yoki 6 ta) ulash ko‘zda tutiladi.
4 - rasmda alyuminiyni eritish uchun belgilangan bir fazali induksion kanal pechlarning ulash sxemasi keltirilgan.
4 – rasm
Bir fazali alyuminiy eritish uchun belgilangan induksion kanal pechlar sxemasi.
Sxema tarkibiga quyidagi elektr jihozlari kiritilgan:
KT - chiziqli kontaktor
K - kanal
AT - avtotransformator
T - termopara (termojuftlik)
KR - kontroller
TT - tok transformatori
KB - kondensator batareyasi
TN - kuchlanish transformatori
I - pech induktori
Induksion kanal pechlarining ekspluatatsion parametrlari
Induksion kanal pechlarni loyihalab, hisoblash va tanlash uchun oldindan pechning ishlab chiqaruvchanligi yoki pechning sig‘imi, shuningdek, eritilayotgan metall parametrlari va pech ulanishi rejalashtirilgan manba kuchlanishi ma’lum bo‘lishi kerak.
Pech ishlab chiqaruvchanligi “q“ ma’lum xol uchun pechning aktiv quvvati:
[kVt] (4)
bu erda:
Sm - eritilgan metallning quyish haroratidagi solishtirma issiqlik sig‘imi [kkal / kG ];
q - pech ishlab chiqaruvchanligi [t/soat];
1 - metallni eritish uchun sarflangan vaqt [soat];
2 - erigan metallni to‘kish va yangi metallni yuklashga sarflangan vaqt [soat];
p - pechning umumiy foydali ish koeffitsienti (f.i.k.), el is p q el . is
el - pechning elektrik f.i.k.
is - pechning issiqlik f.i.k.
Odatda temir o‘zakli Induksion kanal pechlar uchun p = 0,74 - 0,82.
Agar, pechning solishtirma elektr energiya sarfi A [kVt soat /t] va ishlab chiqaruvchanlik ma’lum bo‘lsa, unda pechning aktiv quvvati:
[kVt] (5)
Pechning sig‘imi Gtp * [t] va metallni eritish vaqti 1 ma’lum bo‘lsa,shuningdek metallning Cm solishtirma issiqlik qiymatida, aktiv quvvat:
[kVt] (6)
bilan aniqlanadi.
Bir sutkadagi smenalar soni n1 ga teng bo‘lib, ish vaqti 6 soatga teng bo‘lsa, smena davomida metallni eritish soni:
nerit = (7)
Ishlab chiqaruvchanlik “q” ma’lum bo‘lganda pech sig‘imi :
[m] (8)
Pech vannasining foydali hajmi
[dm3] (9)
bu erda
m - metallning eritilgan holatdagi solishtirma og‘irligi [kg/dm3].
Pech po‘lat o‘zagining kesim yuzasi :
Fhz= [sm2] (10)
bu erda
U1 - induktordagi kuchlanish [B];
w1 - induktordagi o‘ramlar soni;
f - induktordagi tok chastotasi [Gs];
V - induksiya [vb/sm2]
Misol uchun trasformator po‘lati uchun V = (12 - 15 )10-5 vb/sm2;
sovuq prokatka qilingan po‘lat uchun V=(16-18) 10-5 vb/sm2;
Do'stlaringiz bilan baham: |