Mavzu: Ilmiy tadqiqotning tuzilishi, hajmi va mazmuniga qo’yiladigan talablar



Download 33,45 Kb.
bet2/8
Sana24.01.2022
Hajmi33,45 Kb.
#406896
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
saidjalolova Nodira.ilmiy tadqiqot metodologiyasi

 Ilmiy tadqiqot strukturasi Ilmiy tadqiqot tarkibi va jarayonlar ketma-ketligi jihatidan murakkab strukturaga ega. Har bir strukturaviy unsur yoki daraja o‘ziga xos tuzulish, funksiya va mazmun bilan ajralib turadi. Rossiyalik olim V.P.Branskiyni fikricha tadqiqot strukturasi 3 ta o‘zaro bog‘langan qismlardan iborat:

-sub’ekt;

-tadqiqot qurollari va sharoitlari;

-ob’ekt


Sub’ekt va ob’ektning izlanish jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sirlari tadqiqot qurollari va sharoitlari orqali amalga oshadi.

Tadqiqot qurollari – bu turli asboblar, o‘lchagichlar, eksperimental uskunalar, kompyuterlar va hokazo. Sharoitlar-moddiy va instrumental ta’minot, bino, ish joyi, adabiyotlar, kuzatish va axborot yig‘ish vositalari bo‘lib, tadqiqot ob’ektlari murakkablashib borar ekan, ularni roli ham tobora ortib boradi.

Tadqiqot ob’ekti – o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsa, xossa, jarayon yoki tabiiy va sun’iy harakterdagi tizim. Izlanish ob’ekti tanlangan muammo va ishlab chiqilgan ilmiy-tadqiqot dasturi asosida belgilanadi. Klassik va noklassik fanlarda ob’ekt sifatida alohida olingan xossalar, munosabatlar va strukturalar o‘rganilgan bo‘lsa, hozirgi postnoklassik ilmiy izlanishlarda ko‘p sifatli hislatga ega bo‘lgan, o‘zida nomuvozanat holat va kooperativ (jamoaviy) harakatni namoyon etadigan ob’ektlar tadqiq qilinmoqda.

Sub’ekt faol izlanish olib boradigan tadqiqotchi, u maxsus tadqiqot usullaridan, mavjud bilim va axborot bazasidan foydalanib ilmiy-nazariy va amaliy-tajribaviy muammolar ustida ish olib boradi.

Ilmiy tadqiqotni ko‘p bosqichli jarayon ekanligini ko‘zda tutib,uning boshqa turdagi strukturaviy modelini ko‘rsatish mumkin:

        -yo‘nalish va mavzuni tanlash,uning dolzarbligini asoslash;

        -tadqiqot maqsadi,vazifalari va masalalarini  belgilash;

        -tadqiqot rejasini tuzish,zarur usul,vositalar va ta’minot

          masalalarini aniqlash;

        -tadqiqotni o‘tkazish;

        -tadqiqot jarayonini tavsiflash;

        -tadqiqot natijalarini muhokama qilish;

        -xulosa chiqarish,olingan natijalarni baholash.

Izlanishning qayd etilgan strukturaviy darajalari tadqiqotni bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan,izchil va ko‘p tomonlama hislatga ega bo‘lgan faoliyat ekanligini ko‘rsatadi.

         Ilmiy tadqiqotning asosan ikki-empirik va nazariy izlanish darajalari mavjud. Empirik yoki hissiy-tajribaviy bilish darajasida jonli mushohada, hissiy bilish birlamchi rol o‘ynaydi. Shu bilan birga hissiy bilish darajasidagi empirik izlanish faoliyati nazariy ko‘rsatma yoki dasturiy tamoyillar tomonidan yo‘naltiriladi, olingan ma’lumotlar qayta ishlanadi.

         Demak, tadqiqotchi hissiy bilish ob’ekti va jarayoniga «aql ko‘zi» bilan qaraydi, faktlarni nazariy bilish doirasiga kiritadi. Shunday bo‘lsada, tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida hissiy-tajribaviy bilish ustuvor vazifa va muammo bo‘lib qolaveradi.

         Faktlarni yig‘ish, ularni tafsilotini berish va birlamchi umumlashtirish, kuzatish va eksperimentdan olingan materiallarni tartibga solish, tasniflash va tavfislash empirik bilishning assiy belgilari hisoblanadi.

Gipoteza- predmet xususida cheklangan faktlar asosida qilingan faraz, taxminiy fikrdir. Haqiqiy ilmiy gipoteza bir qator talablarga javob berishi lozim.

1.     Fandagi oldin kashf etilgan qonunlarga zid kelmasligi kerak.

2.     Gipoteza cheklangan doirada bo‘lsa ham faktik ma’lumotlarga mos kelishi lozim.

3.     Gipoteza shakliy mantiqiy ziddiyatlardan holi bo‘lishi kerak.

4.     Gipoteza tasdiqlash yoki rad etilishi imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Keyingi izlanishlarda yangi faktlar yig‘iladi, umumlashtiriladi, natijada gipoteza tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Tasdiqlangan gipoteza ishlab chiqiladigan nazariyani tarkibiy qismiga aylanadi.

Nazariya. Ilmiy tadqiqotning eng muhim natijasi nazariyadir. Nazariya ilmiy bilishning eng murakkab, bir butun shaklidir. Mohiyatan nazariya ob’ektlarning sababiy aloqadorliklari, xossalari va funksiyalarini tushuntirib beradigan g‘oyalar, fan qonunlari, tamoyillari va tushunchalar tizimidir. Nazariya darajasiga erishgan bilim tushunish, tushuntirish va va bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqilgan nazariya asosida tadqiqotlar amalga oshiriladi, texnologik tuzilmalar loyihalashtiriladi, tadqiqot qilingan ob’ektning keyingi holati yoki o‘zgarish qonuniyati bashorat qilinadi. Shu bois, nazariyani bilish va amaliyotdagi roli, izlanishdagi metodologik ahamiyati nihoyatda  katta desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunda nazariyaning tarkibiy unsurlari – tushuncha, aksioma, tamoyil turli harakterdagi metodologik vazifalarni bajaradi.




Download 33,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish