Mavzu: Ilmiy tadqiqotlarni qo’llanilishi va samaradorligi. Reja: Kirish


I Bob: Ilmiy tadqiqot tashkil etish



Download 149,93 Kb.
bet5/30
Sana21.01.2022
Hajmi149,93 Kb.
#396761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
azizov asliddin

I Bob: Ilmiy tadqiqot tashkil etish

1. Talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifalari

Talabalarning ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi talabani ilmiy tadqiqot ishining barcha bosqichlari bilan amaliy tanishtirishdaniborat bo‘lib, bu faoliyat yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning ajralmas tarkibiy qismidir. talabalarning tadqiqiy faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifasi talabalarni mustaqil nazariy va eksperimental faoliyat yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish, ularni ilmiy tadqiqotning zamonaviy uslublari, eksperiment texnikasi bilan tanishtirishdan iboratdir. Ushbu faoliyat jarayonida talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganishlari, ilmiy adabiyot bilan ishlari, referat tuzishlari, ayrim nazariy masalalarni tahlil qilishlari va mustaqil tarzda eksperiment ishlarini o‘tkazishlari, laboratoriya ishlarini bajarishlari, konferensiyalarda ma'ruzalar bilan ishtirok etishlari lozim.

Talabalarning tadqiqot ishlarining dolzarbligi va ilmiyligi ushbu tadqiqotlarda professor va o‘qituvchilarning ilmiy rahbar sifatidagi keng ishtiroki bilan belgilanadi. Talabalar ishlariga rahbar sifatida professor, dotsent, o‘qituvchi, doktorant, aspirant, ilmiy xodimlar jalb etiladi. Aniq ifodalangan vazifalar rahbarni talaba ishiga bo‘lgan doimiy qiziqishi talabaning faol va sifatli ishini rag‘batlantiradi. Talabalar tadqiqiy faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish universitet kafedralari, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limlari, KIXI instituti, talabalar ilmiy jamiyati tomonidan amalga oshiriladi, universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda soha mutaxassislari keng jalb etiladi.

Xususan, iqtidorli talabalarni saralab olish “ustoz-shogird” yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish talabalar faoliyatida ilmiy tadqiqot va o‘quv mashg‘ulotlarining integratsiyasini ta'minlash, talabalarni ijodiy, ilmiy va pedagogik faoliyatga o‘qitish va tayyorlashning yaxlitligini amalga oshirish, talaba yoshlarning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini ochib berish, rivojlantirish va amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilishni kengaytirish hamda ishtirokining natijaviyligini oshirish, ilmiy va pedagogik faoliyatga bo‘lgan intilishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon etgan iste'dodli yoshlarni tanlash va ularni kelajakda ilmiy pedagogik va ilmiy xodim sifatida shakllantirish va rivojlantirish vazifalarini bajarishga imkon yaratadi.

Talabalarning tadqiqiy ishlarini 2 bosqichga ajratish maqsadga muvofiq:

1) Umumta'lim fanlarini o‘rganishda kichik kurs talabalari bilan ishlash;

2) Bitiruvchi, ixtisoslashgan kafedralarda katta kurs talabalari bilan ishlash.

1-bosqichda, ya'ni 1-2-kurs talabalari bilan ish olib borilganda ularni ilmiy tadqiqotning asosi va unsurlari bilan tanishtirish, fundamental fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mustaqil ish ko‘nikmalarini rivojlantirish, tanlangan mutaxassislikka hurmat hissini tarbiyalash nazarda tutiladi. Bunda talabalar tadqiqotining shakllari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

1) O‘rganilayotgan kurslarning alohida mavzularidan referat tayyorlash;

2) Ma'lum mavzu bo‘yicha bibliografiya tuzish;

3) O‘quv-metodik qo‘llanma, jadval, modellarni tayyorlashda ishtirok etish;

4) Kafedra vazifalari asosida chizma, sxema, plakatlarni tayyorlash;

Ma'ruza uchun mavzu bo‘yicha illyustratsiya materiallarini tayyorlashda ishtirok etish. Ijtimoiy fanlar bo‘yicha har bir kursda 1 tadan referat yozish maqsadga muvofiq.

2-bosqichda talabalar bevosita tadqiqot ishlariga jalb etiladilar, ularga muayyan nazariy, eksperimental yoki konstruktor ishlanmalari beriladi. Odatda, bu tadqiqotlar bitiruvchi yoki ixtisos kafedralarida amaliy, laboratoriya, kurs yoki diplom ishlarini bajarishda hamda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashda olib boriladi. Bu bosqichda talabalar metodologik masalalar bo‘yicha ilmiy xabar va referatlar tayyorlaydilar, keyin mazkur referat va ilmiy xabarlar kafedra majlislarida eshitiladi va muhokama qilinadi.

Har ikkala bosqichdagi majburiy unsur bu o‘qishdan tashqari paytda talaba ilmiy to‘garaklardagi faoliyatlarida. Talabalarning eng yaxshi ishlari talaba ilmiy konferensiya, tanlovlarga tavsiya etilishi lozim. talabalar o‘ti barcha mutaxassislik o‘quv rejalariga o‘qituvchilarning ishchi rejalari hamda talabalar mashg‘ulot jadvaliga auditoriya mashg‘ulotlarining umumiy soati hajmi doirasida kiritiladi.

Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishi tizimini tashkil qilish va rivojlantirishning asosiy maqsadi ilmiy texnik progress, iqtisodiy tafakkur va madaniy rivojlanishning eng yangi yutuqlari asosida oliy kasbiy ta'limga ega mutaxassislarni ilmiy tayyorgarligi darajasini oshirish hamda otm, mamlakatnng boshqa muassasa va tashklotlarini pedagogik va ilmiy kadrlarni to‘ldirish va keyingi ta'lim olish uchun iste'dodlarni aniqlashdir.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalar ilmiy-tadqiqiy faoliyatini tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarning ilmiy-tadqiqiy kobiliyatlarini rivojlantirish ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va iqtidorli talabalarni katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilikka tayyorlab borishdan iboratdir. Talabalar ilmiy-tadqiqiy faoliyatini tashkil etish xamda yosh ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasida universitetning asosiy vazifalariga kuyidagilar kiradi:

- Ilmiy-tadqikot faoliyati bilan shug‘ullanishga xohishi va qobiliyati bo‘lgan iqtidorli talabalarni 1-bosqichdan boshlab aniqlash, kafedralar va fakultetlar qoshida talabalarning ilmiy-tadqiqiy qobiliyatlarini rivojlaitirish va ro‘yobga chikarish imkonini beruvchi o‘kuv-ilmiy laboratoriyalar, turli ilmiy to‘garaklar tashkil etish;

- Iqtidorli talabalarni malakali mutaxassislarga biriktirish va KIXI instituti bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali ularning ilmiy-tadqiqiy faoliyatini “ustoz-shogird” yo‘nalishida tashkil etilishini ta'minlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish.

Talabalar ilmiy-tadqiqiy faoliyatini quyidagi tarzda tizimli tashkil etish ko‘zda tutiladi:

Fakultetlarda 1-bosqichdan boshlab iqtidorli talabalar saralab olinadi va ularning to‘liq ro‘yxati hamda faoliyati natijalari to‘plangan yig‘ma jildlari shakllantiriladi;

Iqtidorli talabalarni katta ilmiy xodim-izlanuvchilik va mustaqil izlanuvchilikka tayyorlab borish maqsadida 7-8 kishilik kichik guruhlar tashkil etilib, kixilarga biriktiriladi va ularning ilmiy-tadqiqiy faoliyatini “ustoz-shogird” yo‘nalishida tashkil etilishi ta'minlanadi;

fakultetlarda iqtidorli talabalarning keyinchalik bmi, md mavzulariga asos bo‘ladigan mavzulari banki shakllantiriladi;

Kafedralar qoshida va KIXI instituti tizimida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy to‘garaklar tashkil etiladi va ular faoliyatining samaradorligi hamda natijaviyligi ta'minlanadi;

Iqtidorli talabalarning muntazam ishlaydigan ilmiy seminarlari tashkil etiladi va ushbu seminarlarda ilmiy maqolalar yozish, tahrir san'ati va ilmiy-tadqiqot ishini olib borishga o‘rgatish yuzasidan malakali mutaxassislarning ma'ruzalari, katta ilmiy xodimlar hamda mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilarning o‘z mavzulari bo‘yicha taqdimotlarini o‘tkazishlari yo‘lga qo‘yiladi;

Fakultetlar va otm miqyosida fan olimpiadalari, talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlari hamda ilmiy anjumanlari tashkil etiladi;

Universitetda iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqiy faoliyati natijalarini universitet, respublika va xorijiy miqyosdagi konferensiyalar, tanlovlarda namoyon qilish uchun shart-sharoit yaratiladi.


Download 149,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish