5 -GRAMMATIK TOPSHIRIQ
Yasama so‘zlarni aniqlang, asosva qo‘shimchalarning
imlosini sharhlang.
|
bilimsiz, noto‘g‘ri, nokas, shunday, bittalab, bugun, qishlog‘i, birdan, mening, unga, bulog‘im, qulog‘ing, erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi, ikkalasi, bilak, tilak, oltovi, qayril, ayrildi, sayla, qaynoq, bilagim, tilaging, bunda, shundan, parvoyi, obro‘yim, mavqeying, xudosi, mavzusi shovulla, lovulla, chirilla, taqilla.
|
6 -GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Berilgan so‘zlarni o‘zbekcha-lotincha imlo qoidalari asosidayozing.
|
мутолаа, ер ёнғоқ, олижаноб, учала, ёшу қари, боролади, конституция, туккан, цирк, съезд, қишлоққа, тоғлик, сентябрь, кастрюлька, режиссёр, бюджет, цирк, лицей, милиция, шовилламоқ, сўз
|
боши, буғдой ранг, кўпдан-кўп, йилдан-йилга, нуқтаи назар, таржимаи ҳол, мўътабар, мўъжиза, медальон, батальон, 1995 йил 24 август, дўсту душман, кечаю кундуз, боққа, тоққа, бетгачопар, киносценарий, публицистик, оҳанрабо, жумлаи жаҳон, бош яланг, ёзолади, монелик, костюм, компьютер, сценарий
|
7 -GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Berilgan nutq ko‘rinishlarini kirillcha-o‘zbekchayozuvga o‘giring.
|
1. Chol boshi og‘gan tomonga yurib ketdi. 2. Qizg‘in va jo‘shqin suhbat dilga orom bag‘ishlaydi. 3. Ishchilarning ilg‘or otryadlaridan tuzilgan brigada cho‘lni o‘zlashtirishga yuborildi. 4. Axloqli va adobli farzandlarimiz bizning faxrimizdir. 5. Adabiyot – hunar, uni kasbga aylantirib olganyozuvchi olmaga tushgan qurtdan farqqilmaydi. (A.Qahhor) 6. Yaxshidanot qoladi, yomondan – dod. (Maqol) 7. Qor tingan-u, ammo quyosh bulutlar orasidan chiqa olmay garang. 8. Har kim hayot haqida o‘z fikrini aytishga oshiqardi, lekin hamma pichirlashga yaqin ovoz bilan gapirardi. 9. Men xalqqa kamo‘rgatganman, lekin undanko‘po‘rganganman.
|
8- TEKSHIRUV DIKTANTI
|
...So‘nggi bir oy ichida bu ko‘rimsizgina bino men uchun dunyoda eng ko‘rkam, eng ziynatli, eng orombaxsh bir joyga aylangan edi. Men uning oldidan yuragimni hovuchlab, Muqaddasim, sevgilim yashagan ikkinchi qavatdagi balkonli xonadan, xonaning derazalariga tutilgan harir to‘r pardasidan ko‘zlarimni uzolmasdan, uni ko‘rmasam ham har safar qalbim nafis va totli tuyg‘ularga to‘lib o‘tardim...
Hamisha odam ko‘p bo‘ladigan yotoqxonaning oldida baxtga qarshi bu safar hech kim yo‘q edi. Bir-ikki minut sadaning tagida bitta-yarimta tanish- bilish chiqib qolishini kutib turdim, so‘ngra sekin eshikka bordim. (O.Yoqubov. «Muqaddas»)
|
5-МAVZU
QO‘SHIB YOZISH, CHIZIQCHA BILAN YOZISH VA
AJRATIB YOZISH QISMIDAGI IMLO QOIDALARI BO‘YICHA TRENING
Mashg‘ulot mazmuni: So‘zlarni qo‘shib, ajratib va chiziqcha bilan yozishga doir nazariy bilimlarni mustahkamlash. Bosh va kichik harflar bilanyozish qoidalariga oid grammatik topshiriqarni bajarish.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Mavzuga doirnazariybilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘inibajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘initekshirish va baholash.
1. MAVZUGA DOIR NAZARIY BILIMLARNI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI:
1. Qanday so‘zlar qo‘shibyoziladi? Misollar keltirib izohlang.
2. Qaysi so‘zlar avvalgi imlo qoidalariga ko‘ra qo‘shib, joriy imlo
qoidalariga ko‘ra ajratibyoziladi?
3. Qanday so‘zlar ajratib yoziladi? Ularning ajratib yozilish sabablarini tushuntiring.
4. Qanday so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi? Misollar keltirib izohlang.
5. Qaysi so‘zlar avvalgi imlo qoidalariga ko‘ra chiziqcha bilan, joriy imlo qoidalariga ko‘ra chiziqchasiz yoziladi?
6. Qaysi yuklamalar so‘zdan chiziqcha bilan ajratibyoziladi?
7. Qaysiyuklamalar so‘zga qo‘shibyoziladi?
8. Yuklamalarning yozilishida avvalgi vajoriy imlodagi tafovutlarni
ko‘rsating.
9. Chiziqchatartib soniniko‘rsatuvchi belgi sifatida qanday sonlarga qo‘shilishimumkin?
AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI:
1-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Berilgan so‘zlarning hosil bo‘lishinivaimlo qoidalarini sharhlang.
|
kaltafahm, mehnatsevar, o‘zboshimcha, ko‘rimsiz, kungaboqar, qo‘ziqorin, qabulxona, iskabtopar, oyoqyalang, cho‘qqisoqol, bajarib, bitta, butunlay, oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, kamhosil, umumdavlat, betgachopar, zararkunanda.
|
2 – GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Yuklamalar to‘g‘ri qo‘shilibyoki ajratilibyozilgan so‘zlarni belgilang.
|
dadang ishdami? / dadang ishda-mi?; uyga kelib-oq / uyga keliboq; o‘ziyoq / o‘zi-yoq; kechagina keldi / kecha-gina keldi; sen-chi? / senchi? ; bordimku / bordim-ku chiqasan-a? / chiqasana?; ketdiya / ketdi-ya; ishlaydi-da / ishlaydida; onayu bola / ona-yu bola; yer-u osmon / yeru osmon; kattayu kichik / katta-yu kichik; kecha-yu kunduz / kechayu kunduz; do‘stu dushman / do‘st-u dushman
|
3-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Berilgan misollardan toʻgʻrisini belgilang.
|
2013-yil 27-aprel / 2013 yil 27 aprel; 15-asr voqealari / 15 asr voqealari; XXI asr / XX- asr; 6-sinf / 6 sinf; IV-kurs talabasi / IV kurs talabasi;
ayta olmoq / aytolmoq; o‘qiy oldi / o‘qiyoldi; yoza bеramiz / yozavеramiz; kеta bеr / kеtavеr; kul rang / kulrang; bir pas / birpas; so‘z boshi / so‘zboshi; oppoq / op-poq; ko‘mko‘k / ko‘m-ko‘k; tomdan-tomga / tomdan tomga; ko‘pdan-ko‘p / ko‘pdan ko‘p; naridan-beri / naridan beri; tepsa-tebranmas / tepsatebranmas / tepsa tebranmas; tim qora / timqora; yamyashil / yam-yashil / yap-yashil; jiqqaho‘l / jiqqa-ho‘l / jiqqa ho‘l; ot quloq / ot quloq;
|
4-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Quyida berilgan juft so‘zlarning qismlarini -u (-yu) bog‘lovchisi yordamida bog‘lab daftaringizga ko‘chiring.
|
arz-dod, aft-angor, aql-zakovat, katta-kichik, maza-bemaza, baxt-saodat, bahs-munozara, bosh-oyoq, bogʻ-rog‘, davr-davron, koʻcha-koʻy, yor-birodar, yosh-qari, ona-bola, orzu-istak, jon-jahd, ilm-fan, kasb-hunar, xalta-xulta, chora- tadbir, kibr-havo, mehr-oqibat, mol-dunyo, yakka-yolgʻiz, tun-kun, ust-bosh, yaxshi-yomon, qadr-qiymat, husn-jamol.
|
5-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Berilgan gaplarda xatoyozilgan soʻzlar boʻlsa, toʻgʻrilang.
|
1. Ko‘zlariga jiqqa yosh quyilib keldi.(M. M. Doʻst) 2. Kun tig‘ tortib,
daryoning u tomonidagi adirlarning sirti to‘q yashil, jilg‘alari qora tusga kirdi. (A. Qahhor) 3. Kamon qoshlari ortiq mavj urib, o‘zini ko‘rsatgan, bir oz bota tushgan shahlo ko‘zlar tag‘in ham timqoralik, tag‘in ham nurlilik kasb etgan edilar. (A. Qodiriy) 4. Zarofatning kelishgan qomati, pirpir o‘ynab turadigan shahlo ko‘zlari Haydarni maftun qilgan edi. (M.Muhamedov) 5. Osmonda yulduzlarming-ming, liqto‘la. Bir xiliba’zidauchadi birdan, Chaqmoqlar singari yalt yult o‘ynoqlab. (Q. Muhammadiy). 6. Hamma derazalar langochiq. G‘irg‘ir esgan shabadadan darpardalar hilpiraydi. 7. Nokning sershira, suvli, ochsariq, qizil yoki sarg‘ish ko‘k yirik navi. (Sh. Xolmirzayev) 8. Bizdan To‘raxojayevga ko‘pdan-ko‘p duo deng, taqsir! (P. Tursun) 9. Respublikada qovunning bu navi yildan-yilga kamayib bormoqda. (Gazetadan) 10. Turgan gapki, Chexovning ijodi boshdan oyoq, butun mohiyati bilan ilk burjuaziya realizmi, ya’ni.. himm. (A. Qahhor) 11. Tansiq havo rangro‘molchasining uchini himarib, uning ishidan ko‘zuzmaganini payqadi. (Oybek)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |