Hasanboy Jomolxonov, Abdusalom Umarov tomonidan nashrga tayyorlangan “O‘zbek yozuvining XX asr tarixi (birinchi kitob)dagi Elbek (206-211; 226-231-betlar) va Shokirjon Rahimiy (390-399-betlar) kabi tilshunoslarning imloga doir fikrlarini izohlang.
1. Singarmonizm masalasi.
2. Cho‘zg‘ilar (unlilar) masalasi: ust cho‘zg‘i, o‘tru cho‘zg‘i, ost cho‘zg‘i.
3. Lab ohangi masalasi.
|
4-TOPSHIRIQ
|
1929-yilda qabul qilinganimlo qoidalari bilan tanishib chiqing.
Quyida joriyimloda berilgan so‘zlarni mazkurimlo qoidalari asosida
yozing.
|
Lab ohangi bo‘yicha: o‘qi, o‘qidik, o‘tin, yutuq, buzuq, to‘qima, ko‘rdim, qo‘ydi, o‘zim, g‘ijjak, g‘ildirak, yozdi-ku.
Qo‘shimchalar imlosi : tashuv, tashuvchi, qishki, surishtir, yondir, keltir, qo‘shganda, oxiriga, o‘zbeklarning, tog‘ga, sog‘gan, bilag‘on.
Yuklamalar: oldi-ku, turdi-da, o‘zigina,Nasim-chi.
Juftva takror so‘zlar: kam-kam, tovoq-qoshiq, katta-katta, uch-to‘rt.
Qo‘shma fe'l va ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari: tasdiq etdi, qila boshladi, yiqilayozdi, kela oldi.
Ekan, edi, emish kabilarning qisqargan shakli: borardim, ketardi, olarmish, ucharkan, qocharmish, ko‘rarkan.
Ruscha va bu til orqali o‘zlashmalar: sotsial, yashik, shyotka, yubiley, manikyur, shkaf, stul, proletar, krujok, Galya, Genre.
-iynisbat qo‘shimchaliso‘zlar: iqtisodiy,adabiy,siyosiy.
|
5-TOPSHIRIQ
|
1929-yilda qabul qilingan imlo qoidalari bilan joriy imlo qoidalaridagi bir xillikka ega qoidalarni aniqlang va ularni qiyoslab ko‘rsating.
|
3-МAVZU
1929-YILLARDA BITILGAN O‘ZBEK-LOTIN
ALIFBOLARIDAGI MATNLARNI GRAFIK VA ORFOGRAFIK
JIHATDAN TAHLIL QILISH
Amaliy mashg‘ulot mazmuni: O‘rganilayotgan davr alifbo-imlo bahslariga oid materiallar mazmunini o‘rganish, buning yuzasidan topshiriqlarni bajarish. “Chig‘atoy gurungi”ning unli tovushlar uchun belgilagan harflarni ajratish, ularning imlo qoidalaridagi yangiliklarni aniqlash.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Mavzuga doirnazariybilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘inibajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘initekshirish va baholash.
1. MAVZUGA DOIR NAZARIY BILIMLARNI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI:
1. Lotin yozuviga ko‘chirilgan o‘zbek alifbosidanechtaharfbor?
2. Unlitovushlaruchun qanday harflar olingan?
3. Imlo qoidalariga qandayimlotamoyillari asos bo‘lgan?
4. Ingichkalik va qalinlik deganda nimani tushunasiz? Ingichka va
qalin unlilar uchun olingan harflarni ko‘rsating. Ular qaysi unlilarni ifodalaydi?
5. Lab ohangi nima? U bilan bog‘liq holat imloda qanday belgilangan?
6. Singarmonizm imloda aks etganmi?
7. Rustilidan kirgan so‘zlarningyozilishi qanday qoidalashtirilgan?
3. AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI:
1-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Matnni ko‘chirib oling. Uni joriy alifboda qayta yozing. Avvalgi va hozirgi harflar va qo‘shimchalar imlosidagi farqlarni toping, sababini izohlang.
|
Kişilər kөp zamandan вujan javajь hajvanlarnь avlajdь. Arslan, qaplan kəbi jьrtqьc, qan tөkyci hajvanlar kişilər ycyn xavflьdьr. Mənə şundaj hajvanlarnь av qьluv ҫydə qьyьn. Arslan jaki qaplanƣa oxşaƣan javajь hajvanlarnь өldirgənkişi в“hadьrsanaladь.
Shokirjon Rahimiy. “O‘zbek tili II (ishkitobi)” darsligidan. 1930.
|
2-TOPSHIRIQ
|
Tөbəndəgi soraqlarƣa çavabyazьņьz:
|
Atьņьz nimә?
Ataņьznьņ atь nimә?
Necә jaşda siz?
Necә jaşdamәktәbgә kirdiņьz?
Taƣьn necә jьl oqujsьz?
|
3-TOPSHIRIQ
|
Quyidagi dialogda unlilar qaysi harflar bilan ifodalangan? Bu unlilarni tavsiflang va joriy imlodagi ekvivalentini ko‘rsating.
|
- Jazdakyndyzuzun вoladьmь?
- Jazdakyndyzuzun вoladь.
- Jazdakecәlәruzun вoladьmь?
- Joq! kecәlәr qьsqa вoladi.
- Kyzdәci?
- Kyzdә kyndyz vakecә вaraвar вoladь.
|
4-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Quyidagi topshiriqva qoidada qanday so‘zlarimlosi bayon qilingan? Ilgari qo‘llangan atamalarning hozirgi muqobilini aniqlang.
|
Tөbәndәgi maqalanь oqьb, dәftәriņizgә kөciringiz. Qoş sөzlәrni izlәb tapьņьz. Unьņ ystigә cьzьq cьzьņьz.
Jatim balalar ata-anasbz, qarbnda$-uruqsbz, aka-ykasiz, egaci-si!ilsiz, yst- ba$sbz Eoladb. Ular kijim-kecaksiz, a$-nanqa ham muxtaG Eoladblar. Ularqa rahm-$afqat qbluv zaryr.
Bir-birigә teņdәş bolqan jakь bir qatarda ikitәdәn kelgәn bir tyrli sөzlәrni qoş sөz dejilәdi. Qoş sөzlәrni bir-biridәn ajьrmaq ycyn araqa bir cьzьq qojьladь. Mbsal: saf-saf, ala-qara, aka-yka.
“Iki sөz bir bolьb başqa bir nәrsәniņ atь bolsa, u caƣda hәr ikәlә sөzni birikdirib, bir sөz qьlьbyazьladь. Bundaj sөzlәrni “qoşalaq sөz” deb ataladi.
Misal: Eajcecak, ajEalta, xumkalla, kimΘzar, Eelbaq, teksinc, cbnaEad, onqorqan …” .
Shokirjon Rahimiy. “O‘zbek tili II (ishkitobi)” darsligidan. 1930, 36-37- betlar.
|
Ma,lumot: Shokirjon Rahimiy birikib kelgan ikki va undan ortiq ma’no bildirgan so‘zni “qo‘shma so‘z” deb ataydi. “Masalan: tort blan kΘl sөzi birla$ib, TortkΘl $ahariga ism bolqan.
“O ʻzbek tilidarsligi (grammatikahamimla)” dasrligida. 1934, 49-bet.
|
5-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
1. Berilgan matnni lotinlashtirilgan alifbobo‘yicha qabul qilingan imlo qoidalariga muvofiq yozib chiqing.
|
IMLO TO‘G‘RISIDA
Profesur Afanasevning aytishicha, rus imlosibesh asosqa qurilg‘on:
1) Savtiy (foneticheskiy),
2) Shakliy (morfologicheskiy),
3) Tarixiy-an’anaviy,
4) Chet so‘zlariniyozmoq asosi,
|
5) Ayrilma asosi.
Bizda esa inqilobg‘acha tarixiy-an’anaviy ham chet so‘zlarni yozmoq asosi qo‘llang‘on. Ya’ni: o‘zbakcha so‘zlarda eski Navoiy va undan ilgarigi kitoblardag‘i imlo nusxasi mahkam ushlanib, chet (arabcha, forsiycha) so‘zlar va ularda qandoq yozilg‘on bo‘lsa, bizda ham o‘zgartmasdan yozish asos tutilg‘on.
Inqilobdan keyin (bundan 5, 6 g‘ina yil ilgari) bu ikki asosni tashlab savtiy ham shakliy (sarfiy) asosqa o‘tkan bo‘lsaqda, arab alifbosi savtiy asosqa javob bera olmag‘onlig‘idan, imlo chatoqliqlaridan haligacha ham qutila olg‘onimiz yo‘q.
Ashurali Zohiriy Til, atama va imlobahslari. 1929-yil
|
4-MAVZU
UNLI VA UNDOS HARFLAR, ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI
Amaliy mashg‘ulot mazmuni: unli va undosh tovushlar imlosi yuzasidan grammatik topshiriq bajarish. Talaffuz va yozuvda farqlanadigan nutq tovushlarini ajratish, ularning imlo qoidalarini aniqlash.
Asosva qo‘shimchalar imlosi yuzasidan diktantyozish.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Mavzuga doirnazariybilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘inibajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘initekshirish va baholash.
1. MAVZUGA DOIR NAZARIY BILIMLARNI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI:
1. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining qaysi bo‘limida unli va
undosh tovushlar, asosva qo‘shimchalar imlosi o‘rganiladi?
2. Qaysi holatlarda so‘z tarkibidagi unli yoki undosh harfning tushirib yozilishi adabiy tilning orfografik me’yoriga muvofiq hisoblanadi?
3. Qaysi holatlarda so‘z oxirida qo‘sh undoshning biri tushirib yoziladi?
4. Ushta (uchta), besso‘m (besh so‘m), issiz (izsiz), yuzzi (yuzni), maxtov (maqtov) kabi so‘zlarning talaffuzi va yozilishi qanday farqlanadi?
5. Qanday so‘zlar ofografiyaning fonetiktamoyili asosida yoziladi?
6. Qanday so‘zlar ofografiyaning morfologik tamoyili asosida yoziladi?
7. Rafshan, tafsiya, vohma; radiyo, biyologiya, teyatr, doyim kabi talaffuz qilinadigan so‘zlarining yozilish qoidasi qanday tamoyilga asoslanadi?
8. Rus tilidan o‘zlashgan автомобиль, колхоз, эшелон, телевидение so‘zlarining yozilishi qanday qoidaga muvofiq amalga oshiriladi?
9. Qanday so‘zlargrafik yozuv qoidasi asosida yoziladi?
10. Qanday so‘zlaryozuvda maxsus belgibilan ajratibyoziladi?
11. O‘zbek-lotin va o‘zbek-kirill yozuvidagi imlo qoidalarida asos va qo‘shimchalarimlosi qaysi jihatdan farqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |