7-Ilova
FITRAT
IMLO KANFIRENSIYASI MUNOSABATI BILAN
Ko‘b yillardan beri ko‘b bir taassub asosiga toyonib, oromizda yoshog‘on bir ko‘b buzuqliqlarni qottiliq boltasi bilan kesib toshlag‘on ulug‘ o‘ktabr inqilobi arab alifbosi bilan uning churuk imlosiga ham keraklik zarbalarni bermakdadir. Inqilobdan keyin boshlong‘on imlo masalasi shakldan shaklga kira-kira yangi alifbega o‘tushdan boshqa bir chora bo‘lmog‘oniga hammani ishondirdi. Yangi alifbega o‘tdik. Bu yo‘lda har tomondan jiddiy suvratda tirishilmakda. Tilimizdagi tovush ohangiga (qalinliq, ingichkalikka) tayanib yangi alifbemiz uchun to‘qqiz soit qabul qildiq. Bizning tilga yot tillarning ta’sirlari bo‘lmog‘on, yot tillardan bizning tilga ko‘b so‘zlar o‘tib qolmog‘on bo‘lsa edi, to‘qquz soit olish bilan tovush ohangi masalasini qatiy suvratda hal qilg‘on bo‘lur edik. Holbuki, masala bunday emas, biz bilan madaniy, iqtisodiy, siyosiy-ilmiy munosabat qilg‘on xalqlardan bir ko‘b so‘zlar olg‘on va olmoqdamiz. Tashqaridan kelgan bu so‘zlarning xabar, qabul, qalam, maqolakabibir qismlari bizda o‘zlashib qolg‘oniuchun tovush ohangiga tobe’ bo‘lg‘on, lekin turli sabablar bilan xanuz bizdagi tovush oxangiga tobe’ bulmog‘on, tobe’ bo‘lmoq istamagan xususiyat, diyonat, parvona, balli, lola kabi yot so‘zlar tilimizda bor. Buning ustida g‘ijjak, g‘ildirak, og‘zaki kabi tovush ohangiga uymog‘on o‘z so‘zlarimiz ham bor. Bularni nima qilamiz: tovush ohangiga tobe’ tutamizmi, yo‘qmi? Tuta edik, yaxshi edi, imlomiz mustasno qiyinlig‘idan qutulg‘on bulur edi. Biroq tajriba ko‘rsatdi: yot so‘zlarning, hatto g‘ildirak kabi o‘z so‘zlarning ham bir qismini tovush ohangiga tobe’ qila olmadiq. Demak, tovush ohangi qoidasidan bir qism so‘zlarni mustasnog‘a chiqorish
majburiyati bor. Emdi «mayli bir qismi mustasno ekan» deb bu mustasnolarning chegarasini tayin qilmay o‘turish bilan bo‘lmaydir. Bu imlomizda onorxiyo tug‘diradir. Har kim istagan so‘zini qoida bog‘lab, istamaganini mustasnoga chiqorib beradir, shuning uchun bu mustasnolarning chegarasini belgilash imlomizning birligiuchun lozim.
Shu kunlarda o‘rtoq Alaviy tomonidan qiling‘on imlo lug‘ati bu masalani qisman yeshgan bo‘ladir. Lekin Alaviyning lug‘atidan tashqarida qolg‘on so‘zlar yana bor, ham ko‘b. Shuning uchun bu yo‘lda yana ishlashkerak.
Tilimizdagi ikkinchi masala «lab ohangi»dir». Lab ohangi» (ө, o, u, y) o‘trusi bo‘lg‘on bir bug‘unning o‘zidan keyin kelgan bug‘unlarni tobe’ qilishidir. otun, butun, tutun kabi masala bizning oramizda juda og‘ir bir masala bo‘lib qoldi. Bir necharasmiy, g‘ayri rasmiy majlislarda ko‘rildi. Ovg‘ust kanferensiyasida lab ohangini sarfiy qo‘shumchalarga o‘tkazmaslikka qaror berildi. Tajriba bu qarorning o‘ng‘aysizligini ko‘rsatmaktadir. Bolub (bo‘lub), yurub so‘zlarini bolib (bo‘lib), yurib shaklida yozishning sovuqligi sezilmakdadir. Buni qanday qilib yesha olamiz? Alıb (olib), barıb (borib), qalıb (qolib) deb yozg‘onimiz holda, lab ohangiga qarab bolub (bo‘lub), kulub, ucun shaklida yozaylik. Masala shu bilan bitmaydir. «boldı» (bo‘ldi), «oqudı» (o‘qudi)larni «boldu» (bo‘ldi), «oqudu» (o‘qudu) yozish kerakmi? Bu kun -miş, -mi, - dir, -il shaklida qabul qiling‘on qo‘shumchalar bor. Bularini lab ohangiga tobe’ qildiq. «ol+muş, ol+dur+muş, ol+dur+ul+muş, ol+dur+ul+muş+mu» dedik, «-ƣan)», «-gan»larni nima kilamiz? «Ol+dur+ul+ƣun» deyish mumkin emas-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |