51
Xulosa
Olti йил davom etgan, butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlar solgan Ikkinchi
jahon urushi tamom bo'ldi. Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan
ortiqroq kishi halok bo'ldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo'lib qoldi,
moddiy talofatlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa, Afrika,
Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo'ldi. Fashizmni tor-mor etishda ko'p
mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og'irlik markazi SSSR xalqlari
zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin kishi urush alangasida halok bo'ldi, 18
milliondan ortiqroq jangchilar yarador va nogiron bo'lib qoldilar.
O'zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo'ldi,
132670 kishi bedarak yo'qoldi, 60452 kishi nogiron bo'lib qaytdi. Bu mash'um
urush tufayli eng kamida to'rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga duchor
bo'lgan. Agar qarindosh-urug'larni hisoblasak, butun mamlakat aholisi motam
libosini kiygan. Ikkinchi jaxon urushida o’zbek xalqi fashizm ustidan qozonilgan
g’alabaga o’zining munosib hissasini qo’shdi.120 ming o'zbekistonlik jangchilar,
jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi.
300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo'lishdi, ularning
75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat
ordeni bilan mukofotlandi.
Urushga bormaganlarga ham oson bo'lmadi. Yuz minglab vatandoshlarimiz
mehnat frontida zahmat chekdilar, o'zi yemasdan, o'zi kiymasdan topgan
nasibasini frontga jo'natib azob-uqubatlar tortdi.
Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g'oya ostida va
kimning izmi bilan olib borilgan bo'lmasin, o'z vatani, el-yurtining yorug' kelajagi,
beg'ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo'lganlarni, o'z umrlarini bevaqt
xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz.
Fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning olamshumul tarixiy ahamiyati
shundaki, u dunyodagi ko'plab xalqlarni zo'ravonlikdan,-qullikdan, zulmdan ozod
etdi, erkin, demokratik rivojlanish uchun, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot uchun
yo'l ochib berdi. O'zbek xalqi fashizmni tor-mor etishga, olamshumul ahamiyatga
52
molik g'alabaga ulkan hissa qo'shdi. Ikkinchi jahon urushi butun insoniyatga katta
saboq bo'ldi. Eng muhim saboq shundan iborat bo'ldiki, urush boshlanmasdan
oldin unga qarshi kurashmoq, uning oldini olish tadbirlarini ko'rmoq zarur. Shu
maqsadda jahondagi ko'pchilik mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotini
tuzdilar. Bu xalqaro tashkilot urushdan keyingi yarim asrdan ortiqroq davr
davomida tinchlikni mustahkamlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'min-
lash masalalari bilan shug'ullanib kelmoqda.
Urush davri O'zbekiston tarixining uzviy bir qismi, biz uni unutolmaymiz.
O'zbekistonda urush faxriylariga, ularning oilalariga yordam berilmoqda, ularga
imtiyozlar yaratilgan. Respublika faxriylar uyushmasining tashab-busi bilan
fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 50 yilligi munosabati bilan janglarda halok
bo'lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida arxiv materiallari to'planib, bu
ma'lumotlar asosida “Xotira” turkumida 33 kitob nashr etildi.
Fashizm ustidan' g'alaba qozonilgan 9-may kuni O'zbekistonda “Xotira va
Qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Urushda qurbon bo'lganlarni xotirlash,
biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash,
e'zozlash, hurmat-izzatini Gitlerchilar Germaniyasi va ittifoqchilariga qarshi olib
borilgan urush nihoyasiga yetdi. Fashist bosqinchilari tomonidan bosib olingan
hududlarni va Yevropa davlatlarini dushmandan ozod qilishda urush maydonlarida
o'zbek o'g'lonlari misli ko'rilmagan mardlik va jasurlik namunalarini ko'rsatdilar,
ming-minglab jangchilar urush maydonlarida halok bo'ldilar, ko'pchilik nogiron
bo'lib qaytdi. Qurbonlar bejiz berilmadi. Ular jahonni fashizm vabosidan asrab
qoldilar. Bu ishga o'zbekistonliklar ham munosib hissa qo'shdilar. Hozir ham
oramizda front alangasidan omon qaytgan, mamlakat ichkarisida mehnat qilgan
vatanparvarlar yashab turibdilar. Urushning butun og'irliklarini o'z yelkalarida
ko'tarib o'tgan bu insonlar yangi avlodlarning mangu minnatdorchiligiga sazovor
bo'ldilar. Prezidentimiz I. A. Karimov xalqimizning fashizmga qarshi ozodlik uchun
kurash frontlarida ko'rsatgan jasorati, diyorimizda matonatli mehnat qilgani va
berilgan yuz minglab qurbonlar abadul-abad yodda tutilishini ta'kidlab, 9-may
kunini “Xotira va qadrlash kuni” deb e'lon qildi.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |