Mavzu: ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana30.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#721407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
 
 
 
 
 
 
 


15 
 
 
2. Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan 
qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi. 
Germaniya ustidan qozonilgan tarixiy g’alabada O’zbekiston sanoati va 
ishchilar sinfining munosib hissasi bor. 
O’zbekiston ishchilar sinfi urush yillarida yuksak onglilik va uyushqoqlik 
namunalarini ko’rsatib g’alaba uchun barcha zarur bo’lgan ishlarni qildi. 
Respublika iqtisodiyotini harbiy izga solish, armiyani dushman ustidan g’alaba 
qozonishini ta'minlashga qodir bo’lgan qudratli harbiy xo’jalikni barpo etish ana 
shu vazifalardan biri edi.
Vaziyat nihoyatda og’ir edi. Gap shundaki, urushga qadar Sovet Ittifoqida 
chiqarilgan temirning 68 foizi, po’latning 58 foizi, alyuminiyning 60 foizi, g’arbiy 
mintaqalardan olinardi. Mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan og’ir sanoat 
korxonalarining ham katta qismi g’arbiy hududlarda joylashgan edi.
9
Endilikda bu 
huhdudlarni qisqa maddatda fashistlar Germaniyasi egallab oldi. Vazifa tez 
fursatlarda ana shu katta yo’qotishning o’rnini qoplashdan va dushman ustidan 
g’alabani ta'minlaydigan sanoat ishlab chiqarishini yo’lga qo’yishdan iborat edi. 
Bu borada O’zbekiston Respublikasining o’rin va salmog’i albatta katta edi. 
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi byurosining 1941 yil 25 
avgustda qabul qilgan maxsus qarori asosida sanoat korxonalari ishiga rahbarlik 
qilish uchun jumhuriyat hukumat komissiyasi tuzildi. Bu komissiya jumhuriyat 
sanoatini harbiy izga solish masalalari bilan shug’ullandi. Natijada urushga qadar 
tinch ishlayotgan sanoat korxonalari qisqa muddat ichida harbiy texnika, qurol-
yarog’ ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirildilar. O’zbekistonda 1941 
yilning oxirlariga kelib 300 zavod va fabrika Qizil Armiya uchun qurol-yarog’ va 
o’qdori ishlab chiqara boshladi. Birinchi navbatda turgan masala mudofaa sanoati 
korxonalarini zarur bo’lgan yoqilg’i, elektor quvvati va metal bilan ta'minlashdan 
iborat bo’ldi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1941 yil 5-7 
9
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 294-bet. 


16 
dekabrda bo’lib o’tgan V Plenumi respublika sanoatini harbiy izga solish 
sohasidagi ishlarga yakun yasadi, O’zbekistonga evakuatsiya qilingan sanoat 
korxonalarini tezlik bilan ishga tushirish, mamlakatga, front uchun kerak bo’lgan 
mahsulotlarni o’z vaqtida yetkazib berish bilan bog’liq masalalr muhokama qilindi 
va uni amalga oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqildi.
Elektr energiyasi, yoqilg’i va xom-ashyo bazalarini rivojlantirish masalalariga 
ham katta e'tibor berildi. 1942 yil noyabrgacha Chirchiq, Toshkent energetika 
sistemalarining qishki quvvatini 160-170 ming kilovatga yetkazish, 4-5 oy ichida 
Toshkent yonida 60-70 ming kilovat elektr energiya bera oladigan issiqlik 
elektrostantsiya qurish, bu stantsiyalarni mahalliy ko’mir asosida ishlatish 
tadbirlari ilgari surildi. Respublikada metal-ko’mir va neft qazib chiqarishni 
ko’paytirish tadbirlari belgilandi. Bu ehtiyojlar uchun bir milliard so’m mablag’ 
ajratildi. Ushbu dasturni amaliy bajarishga doir bir qancha tadbirlar belgilandi va 
Solar, 1-Quyi Bo’z suv (birinchi navbatini), 2-Oqqavoq (ikkinchi navbatin), va 
Farxod gidroelektrostantsiyalarin qurish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi.
10
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining VIII Plenumi Farxodstroy 
qurilishining 1943 yilgi kuzgi plan topshiriqlarini bajarishga yordam ko’rsatish 
tadbirlari to’g’risidagi masalani muhokama qilib, qurilish sur'atlarini oshirish 
masalasini qo’ydi, barcha partiya tashkilotlariga gidroelektrostantsiya qurilishiga 
har tomonlama yordam berish, uni ishchi kuchlari va zarur materiallar bilan 
ta'minlashni topshirdi. 
Farxod GES qurilishiga respublikaning o’zida 8 ming kubometrdan ko’prik 
yog’och va boshqa binokorlik materiallari, 800 tonna metall, 110 mingdan ortiq 
har xil asbob-uskuna. Transport vositalari topilib ishga solindi. Bundan tashqari 
respublikamiz mehnatkashlari bu umumxalq qurilishiga 300 vagondan ko’proq har 
xil qurilish materiallari yubordilar. 
Ko’rilgan tadbirlar, Farxod GES ishchilarining qahramonona shijoati va 
mehnati tufayli Sirdaryoni jilovlash juda qisqa muddatda 10 oyda amalga oshirildi, 
10
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 295-bet. 


17 
holbuki odatda bunday ishlar 2-3 yilga cho’zilardi. Farxod GESning ikki agregati 
(birinchi navbat) 1946 yilning fevral oyida ekspluatatsiyaga topshirildi. SSSRning 
Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan Farxod GES qurilishida jonbozdik 
ko’rsatganligi va qahramonona mehnati uchun 500 kishi Sovet Ittifoqining orden 
va medallari bilan mukofotlandi.
Urush yillari Tovoqsoy, Oqtepa, Oqqovoq, Qibray, Solar, Qutbozsuv va 
boshqa gidroelektrostantsiyalar qurilib ishga tushirildi, natijada O’zbekistonda 
elektr energiya hosil qilish 1940 yildagi 482 mln.kv soatdan 1945 yilda 1.187 mln. 
va soatgacha ko’paydi.
11
Urush yillarida O’zbekiston yoqilg’i sanoatini rivojlantirish masalalariga ham 
katta e'tibor berildi. Ko’mir sanoatini rivojlantirishga 639 million 980 ming so’m 
kapital mablag’ solindi. Natijada jumhuriyatda ko’mir qazib chiqarish 1945 yilda 
103 ming tonnaga yetdi yoki u 1940 yildagiga nisbatan 30 martadan ko’proq o’sdi, 
demakdir. 
Urush yillarida O’zbekistonning neft sanoati ham ulkan odimlar tashladi. 
SSSR Xalq Komissarlari Sovet 1941 yil 4 apreldagi “O’rta Osiyoda neft sanoatini 
rivojlantirish to’g’risida” maxsus qaror qabul qilindi. Ana shu qaror asosida 
O’zbekistonda yangi neft konlari ochildi. 1940 yildagiga qarganda respublikada 
neft qazib chiqarish 1945 yilda 4 marta ko’paydi va u yiliga 478 ming tonnani 
tashkil etdi. Elektroenergetika va yoqilg’i sanoatining yuksak bazalarining vujudga 
keltirilishi O’zbekistonda metallurgiya va mashinasozlik sanoatlarini ham 
rivojlanishi uchun baza bo’lib xizmat qildi. 
1941-1942 yillarda respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalar bazasida 16 
ta yirik mashinasozlik zavodlari tashkil etildi.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarining yuqori sur'atlar 
bilan rivojlanishi metallurgiya ishlab chiqarish bazasini barpo etishni talab 
qilayotgan edi. O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovet 1942 yil 17 iyunda 
Bekobod shahrida metallurgiya zavodi qurishto’g’risida qaror qabul qildi. Zavod 
11
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 147-bet. 


18 
qurilishi bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha O’zbekiston Kompartiyasi 
Markaziy Komiteti Byurosida 20-qaror qabul qilindi. 
1944 yil 5 mart kuni O’zbekiston tarixida birinchi marta O’zbekistonning 
birinchi metallurgiya zavodi ishga tushdi va u faoliyatdagi korxonalar qatoriga 
qo’shildi. Urush yillarida respublikamizda rangli metallurgiya sanoati 6 marta 
o’sdi. 
O’zbekiston mehnatkashlari urush yillarida ximiya sanoati. qurilish 
materiallari sanoati, to’qimachilik, poyabzal, yengil va oziq-ovqat sanoati, 
mahalliy va kooperativ sanoati va transport tarmoqlarini rivojlantirish sohasida 
ham bir qator tadbirlarni amalga oshirdilar. 
1945 yilda 1940 yilga nisbatan O’zbekiston SSR sanoati mahsulotining 
umumiy hajmi 7 baravar, shu jumladan. Og’ir sanoat ishlab chiqarish 4 baravar, 
mashinasozlik sanoati 13.4 baravar oshdi. 
Urush yillarida O’zbekiston xaritasida yangi sanoat markazlari: Chirchiq, 
Ohangaron, Bekobod, Yangiyo’l va boshqa sanoat shaharlari vujudga keldi. 
Toshkent shahri yirik sanoat markazlaridan biriga aylandi. Xullas, O’zbekiston 
sanoati urush yillarida frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318.000 
aviabomba, millionlab minalar. Snaryadlar, granatalar va boshqa shuning singari 
qurol-aslaha va o’q dorilar yetkazib berdi.
12
yengil sanoat korxonalari va 
kooperatsiyasi artellari umumiy qiymati 443.3 million so’mlik mahsulotlarni front 
ehtiyojlari uchun ishlab chiqardi. Bu fashistlar Germaniyasini tor-mor keltirishda 
O’zbekistonning qo’shgan katta va munosib hissasidir. 
Neft-geologiya qidiruv tresti, neft tarmog'i qurilish-montaj tresti, neft qazib 
oluvchi ikkita trest, neft qazib chiqarish asbob-uskunalarni ta'mirlash zavodi, neft 
mashinasozligi zavodi barpo etildi. Andijon, Polvontosh, Changartosh, Chimyon 
neft konlarida mahsulot ishlab chiqarish ko'paytirildi. 
Urush yillarida Chuqurlangar, Tolmozor, Nayman, Shahrixon, Xo'jaobod, 
Janubiy Olamushuk va boshqa yangi neft konlari ishga tushirildi. Neft tozalash 
12
Lafasov M. Jahon tarixi. T.”Sharq” 2013. 154–bet. 


19 
zavodi, ozakrit ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Urush yillarida respublikada neft 
ishlab chiqarish 4 marta ko'paydi va 1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi. 
Energetika va yoqilg'i sanoatining o'sishi mashina-sozlik sanoatining rivojlan 
ishiga qulay baza yaratdi. G'arbdan ko'chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta 
stanoksozlik, to'qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Urushdan 
oldingi respublikamizdagi ko'pgina zavodlar ham turli asbob-uskunalar, mashi-
nalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslab qayta qurilgan edi. Bu 
korxonalarning noni - metall hisoblanadi. Shu bois metallga bo'lgan talab tobora 
oshib bordi. 
O'zbekiston Xalq Komissarlar Soveti 1942-yil 17-iyunda Bekobodda 
metallurgiya zavodi qurishga qaror qabul qildi. Rossiya va Qozog'iston sanoat 
korxonalaridan ko'plab asbob-uskunalar keltirildi. Metallurgiya zavodini qurish 
butun respublika mehnatchilarining ishiga aylandi. Sanoat korxonalari zarur 
miqdor-da mutaxassislar ajratishdi, kolxoz-sovxozlar ishchi kuchi bilan ta'minladi. 
Zavod qurilishida 30 mingdan ko'proq kishilar ishtirok etdilar. Beloretsk, 
Dobryanka,Guryev, Makeyevka zavodlaridan po'lat erituvchi mutaxassislar 
keldilar. Yuzlab o'zbekistonlik yigit-qizlar Ural va Sibirning sanoat korxonalarida 
marten va prokat ishlarini o'rganib keldilar.
13
O'zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi 1944-yil 5-mart kuni dastlabki 
metall mahsulotlarini bera boshladi va tez kunlarda zavodning birinchi navbati, 
1945-yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi. 
Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko'plab qora va rangli metall konlari 
ochildi. Urush yillaridayoq Langar, Ingichka, Qo'ytbsh, G'ortepa, Olmaliq rangli 
metall konlari, Oqtosh boksit konini o'zlashtirish ishlari bosh-lanib ketdi. Ulardan 
qazib olingan volfram, molibden, mis, alyumin va boshqa mahsulotlarni qayta 
ishlash korxonalari qurildi. 
13
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 148-bet. 


20 
Kimyo sanoati rivojlandi. 1944-yil yanvaridayoq Gorkiy va Stalinogorsk 
kimyo kombinatlaridan ko'chirib keltirilgan uskunalar asosida qurilgan Chirchiq 
elektro-kimyo kombinatining ikkinchi navbati muhim kimyo mahsuloti ammiak 
ishlab chiqara boshladi. 1943-yilda Quvasoy kimyo zavodi, Qo'qon superfosfat 
zavodi, Farg'ona gidroliz zavodi qurilib ishga tushirildi. Kimyo sanoati 
mahsulotlari salmog'i 1940-yilga nisbatan 1945-yilda 6,1 baravarga ko'paydi. 
Urush yillarida qurilish materiallari sanoati, to'qimachilik va poyabzal sanoati, 
oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga 
oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog' zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand 
va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi. 
Sanoat korxonalarining kengayishi, yangi qurilgan zavod-fabrikalarning ishi, 
muvaffaqiyati ularni malakali ishchilar bilan ta'minlashga bog'liq edi. Yuz minglab 
kishilarning, xususan, tajribali xodimlarning frontga safarbar etilishi katta 
qiyinchiliklar tug'dirardi. Keksalar, ayollar, ayniqsa armiyaga chaqirish yoshiga 
yetmagan o'smirlar va qizlar korxonalarga jalb etildi, ularga hunar o'rgatildi, 
respublikada 100 mingdan ko'proq malakali ishchilar tayyorlandi. Faqat hunar va 
temiryo'l bilim yurtlari, fabrika-zavod ta'lim maktablari 57 mingdan ziyod yosh 
ishchi kadrlarni tayyorlab berdilar. Korxonalar zimmasiga yuklangan katta 
topshiriqlar kishilardan jismoniy zo'riqish, hatto holdan toyguncha ishlashni talab 
qilardi. O'zbekistonliklar g'alaba uchun har qanday og'irlikni, qiyinchiliklarni 
yengib o'tdilar, respublikani qizil armiyaning qurol-aslahaxonasiga aylantirdilar. 
Urush yillarida O'zbekistonda 280 ta yangi sanoat korxonalari qurilib ishga 
tushirildi. 
Sanoatning 
yangi 
tarmoqlari—aviatsiya, 
stanoksozlik, 
og'ir 
mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlari vujudga keldi. 
1940-yilda yalpi sanoat mahsulotida og'ir sanoatning hissasi 13,9 foizni tashkil 
etgan bo'lsa, 1945-yilda 47,5 foizni tashkil etdi.
14
14
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 150-bet. 


21 
Sanoatchilarimizning fidokorona mermati tufayli O'zbekiston sovet 
armiyasining qurol aslahaxonasiga aylandi. O'zbekiston frontga 2090 samolyot, 
17342 avia-motor, 2318 ming aviabomba, 1,7 mingdan ortiq mino-myot, 22 mln 
dona mina, 560 ming snaryad, milliontacha granata, 330 ming dona parashyut, 
harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km dan ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon 
kabellari va boshqa mahsulotlar yetkazib berdi. Bu o'zbekistonliklarning fashist 
bosqinchilarini tor-mor etishga qo'shgan ulkan hissasi sifatida jahon tarixidan 
munosib o'rin oldi. 


22 
1941-1945 yillardagi urushda qozonilgan tarixiy g’alabada O’zbekiston 
qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining ham salmoqli hissalari bor. Dushman 
Boltiqbo’yi, Ukraina va Belorussiya chegaralaridan tortib toki-Moskva–Leningrad 
shaharlarigacha bo’lgan katta hududni bosib olgandi. Bu hol sanoatni hom ashyo 
bilan, aholini xususan jangchilarni kiyim-kechak. oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta'minlashda juda katta qiyinchiliklar tug’dirdi. O’zbekiston qishloq 
mehnatkashlari vujudga kelgan bu qiynchiliklarni ongli suratda to’g’ri tushundilar 
va dushman vaqtincha okkupatsiya qilib olgan hududlar hissasini ham qoplaydigan 
hom ashyo, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish uchun o’zlarining butun 
mehnat faoliyatlarini, harbiy ishga solib qayta qurdilar. 
Bir qator obektiv va subektiv sabablarga ko’ra jumhuriyatda qishloq 
xo’jaligini qayta qurish g’oyatda katta qiyinchiliklar bilan ko’chdi. Mamlakatdagi 
barcha sanoat korxonalari urush manfaatlariga bo’ysundirilib qayta qurilganligi 
oqibatida respublikamizga Markazdan traktorlar va boshqa qishloq xo’jaligi 
mashinalari kelishi deyarlik to’xtab qoldi. Jamoa va davlat xo’jaliklaridagi 
texnikani ta'mirlash uchun kerakli materiallar, ehtiyot qismlar, o’g’it va yonilg’i 
bilan ta'minlash umuman qisqarib ketdi. Yuz-yuz minglab qishloq mehnatkashlari 
frontga, Vatan mudofaasiga safarbar qilindilar. 
Asosan paxtachilikka ixtisoslashtirilgan respublika dehqonchiligining 
yo’nalishi ham keskin o’zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan 
holda endi respublika mehnatkashlari mamlakatga juda ko’p miqdorda don, qand 
lavlagi, kanop, pilla savzavot va poliz mahsulotlari ham yetkazib berishi kerak edi.
Usmon Yusupov O'zKP(b) MQning 1941-yil dekabrida o'tgan V plenumida 
O'zbekistonda g'alla masalasini hal qilish, o'zimizni o'zimiz un-non bilan 
ta'minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Don ekiladigan sug'oriladigan yer 
maydonlari kengaytirildi. Zarang yerlar, qo'riqlar, to'qaylar, lalmikor yerlardan 
ham foydalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar, 1943-yilda 2090,2 ming gektar 
yerga g'alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada don mahsulotlari yetishtirish 
ko'payib, 1941-yilgi 4,8 mln so'm o'rniga 1943-yilda 5,3 mln so'm olindi, 
respublika ehtiyojlari qondirildi.
Qishloq xo'jaligida O'zbekiston uchun yangi tar-


23 
moq — qand lavlagi yetishtirish yo'lga qo'yildi. Samarqand, Farg'ona, Toshkent, 
Qashqadaryp viloyatlari lavlagi yetishtirish bo'yicha ixtisoslashtirilib, 1942-
yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gek-tardan ortiqroq hosildor 
yerlarga qand lavlagi ekildi. Jizzax, Pastdarg'om tumanlarida har gektardan 400— 
800 sentnerdan lavlagi hosili olindi.
15
Qand lavlagini qayta ishlash, shakar, qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, 
Qo'qon, Yangiyo'l qand zavodlari qurildi. Respublika bo'yicha 1944-yilda davlatga 
1 mln 373 ming sp'mlik, 1945-yilda 1 mln 646 so'mlik qand lavlagi topshirildi. 
Urush yillarida O'zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to'rtdan bir 
qismini berdi.Bunday murakkab, og’ir vazifani O’zbekiston mehnatkashlari so’zsiz 
bajardilar. Respublikamiz qishloq xo'jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 1262 
ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 
57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna 
go'sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar.
16
Y.Oxunboboev 1941 yil 21 oktyabrda “Qizil O’zbekiston” gazetasida chop 
etilgan o’zining “G`alaba biz tomonda!” maqolasida bunday yozgan edi: “Hamma 
narsa front manfaatlari uchun qaratilgan. O’zbekiston kolxozchilari bu yil 
yetishtirilgan mo’l paxta hosilini yig’ib-terib olishda katta jasorat ko’rsatmoqdalar. 
Terimchilar o’rtasida o’n besh mingchilar harakati keng yoyildi. Hammaning 
diqqat e'tibori mo’l hosilni tez terib olib, davlatga topshirishga qaratilgan. Biz 
yetishtirgan paxtaning har bir grammi dushman uchun o’zgarilmas zarbadir!”.
1941 yilda O’zbekistonda qishloq xo’jaligi xodimlari davlatga 1645,7 ming 
tonna, yoki 1940 yildagiga nisbatan qariyb 200 ming tonna ko’proq paxta 
topshirdilar, hosildorlik gektar boshiga 17,7 sentnerga yetdi, davlat rejasi 106 
protsent bajarildi. 1941 yil iyul oyi oxirlarida respublika bo’yicha 1940 yilning shu 
davriga nisbatan davlatga uch hissa ko’p g’alla, 12,051 tonna pilla topshirildi. 
15
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 152-bet. 
16
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 153-bet. 


24 
O’zbekiston qishloq mehnatkashlari 1942-1943 yillarda ham jon kuydirib 
mehnat qildilar. “Hamma narsa-front uchun, hamma narsa g’alaba uchun!”, 
«O’zim uchun va frontga do’stim uchun!» degan shiorlar ostida qo’shimcha 
majburiyatlar oldilar. Jamoa va davlat xo’jaligi dalalarida ko’p ming 
kilogrammchilar “o’n ming kilogrammchilar”, “o’n besh ming kilogrammchilar” 
harakati keng quloch yoydi. Ammo 1942-1943 yillarda vaziyat juda og’ir keldi. 
Jumhuriyat paxtakorlari paxta tayyorlash davlat rejalarini bajara olmadilar, 
paxtaning hosildorligi gektar boshiga keskin pasayib ketdi. 1941 yildagi 17,7 
sentnerdan 1942 yilda 9,4 va 1943 yilda esa 7,1 sentnerga tushib ketdi. Jami bo’lib 
O’zbekiston SSRning jamoa va davlat xo’jaliklari davlatga paxtani 1 million 
tonnaga yaqin kam berdilar. 
1942-yil fevral-martda barpo etilgan Shimoliy Toshkent kanali 15 ming 
gektar yerni sug'orish imkonini berdi. Kattaqo'rg'on, Kosonsoy, Rudasoy suv 
omborlari, Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg'ona, So'x—Shohimardon, Uch'qo'rg'on 
kanallari qurildi. Natijada respublikaning sug'oriladigan yer maydonlari 454,7 
ming gektarga kengaydi.VKP(b) Markaziy Komiteti 1944 yil 6 martida 
«O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va rivojlantirish choralari to’g’risida» qaror 
qabul qildi va O’zbekiston firqa va sovetlar rahbarlarini qattiq siquvga oldi. 
Majlisda raislik qilayotgan A.S.Shcherbakov O’z KP MKning birinchi kotibi 
Usmon Yusupovning qo’pollik bilan bo’lib: “O’rtoq Yusupov, mamlakat uchun 
og’ir bo’lgan shunday vaqtda siz armiya va xalqni ishtonsiz qo’ymoqchimisiz?” 
degan edi. Respublikadagi haqiqiy ahvolni anglab yetishni istamagan VKP(b) MK 
Tashkiliy byurosi U.Yusupovni paxta ekin maydonlarini asossiz qisqartirganlikda 
ayblab, unga «qattiq hayfsan» e'lon qildi.
17
Qarorda O’zbekistondagi vaziyat tahlil 
qilindi, firqa sovet va jamoat tashkilotlarining paxtachilikka rahbarlik qilishda yo’l 
qo’ygan hato va kamchiliklari keskin tanqid qilindi: Ozuqabop ekinlar maydonini 
kengayishi hisobiga paxta maydonlari kamayib ketdi. Xo’jaliklarda ekin 
maydonlarining tuzilmasi o’zgarib ketdi, ishchi kuchi, texnika, o’g’itlar yetishmay 
17
O`zbеkistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O`zbеkiston sovеt mustamlakachiligi davrida, T.: “Sharq” 
2000, 449-b. 


25 
qoldi, mexanizator va kambayinchilar tayyorlash kamayib ketdi: mineral o’g’itlar 
ishlab chiqarish ham keskin kamaydi. 
Jamoa xo’jaliklarining yuk avtomobillari bilan ta'minlash darajasini ham 
achinarli ahvolda edi. Paxtachilikni rivojlantirishda jamoa xo’jaliklarining ichki 
imkoniyatlaridan to’liq foydalanilmadi. Ularni xo’jalik tashkiliy jihatdan 
mustahkamlashga 
yetarli 
darajada 
e'tibor 
berilmadi, 
ilg’orlar tajribasi 
umumlashtirilmadi va ommalashtirilmadi, mehnatni tashkil etish va hisobga 
olishda egasizlikka va buzilishlarga yo’l qo’yildi, yerlar agrotexnika qoidalari 
asosida ishlanmadi, shudgorlash ishlari sifatisiz amalga oshirildi va paysalga 
solindi. Ba'zi tuman xo’jaliklarida g’uzapoyalarni yig’ishtirib olish cho’zilib ketdi. 
G`o’za qator oralarida ishlov berish muddatlari kechikib va sifatsiz o’tkazildi. 
Albatta bu kamchiliklarning urush bilan bog’liq obektiv va subektiv sabablari bor 
edi. Shu sababdan O’zbekiston firqa va sovet tashkilotlari markaziy Ittifoq 
hukumatining yordami bilan respublika jamoa, davlat xo’jaliklari va MTSlarining 
moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash uchun 1944-1945 yillarda urush 
yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan O’zbekiston uchun 2300 yangi traktorlar, 
3000 yuk avtomobili, 70 mingdan ortiq dona qishloq xo’jalik inventarlari, 660 ta 
ta'mirlash asbob-uskunalari va 375 ming tonna mineral o’g’itlar ajratdilar. 
Shaharning qishloqqa otaliq yordami kuchaytirildi.Ko’rilgan chora-tadbirlar 
natijasida O’zbekiston 1944 yilni quvonchli muvaffaqiyatlar bilan yakunladi. Paxta 
tayyorlash rejasi 15 dekabrdayoq ado etildi. Davlatga 820 ming tonna yoki 1942 
yildagiga qaraganda 325 ming tonna ko’p paxta sotildi.
18
O’zbekiston qishloq 
mehnatkashlari mamlakat va xalq hayoti uchun eng og’ir bir sharoitda bu 
murakkab vazifani muvafaqiyatli suratda hal etib 1945 yilda kattagina yutuqlarga 
erishdi. Davlatga paxta topshirish rejasi 26 dekabrda 100,6 protsent qilib ado etildi, 
va 1944 yildagiga nisbatan bir necha ming tonna ko’p paxta yetkazib berildi. 
Urushning dahshatli va og’ir yillarida ishchilar bilan dehqonlar, shahar bilan 
18
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 299-bet. 


26 
qishloq o’rtasidagi mustahkam do’stlikning samarasi tufayli bunday murakkab va 
ulug’vor ishlarni amalga oshirish mumkin bo’ldi. Birgina Toshkent shahar sanoat 
korxonalarining o’zigina 1941-1945 yillar mobaynida jamoa xo’jaliklariga 5 ming 
yaigit seyalkasi, 2 ming dizel, 1552 kurak chuviydigan mashina, 8,8 ming 
g’o’zapoyalarni yig’ishtirib beradigan mashinalarni berdi. Butun respublika 
qishloq xo’jaligi uchun tayyorlab berilgan ehtiyot qismlar 16 million so’mni 
tashkil etdi. Bundan tashqari shahar aholisi qishloq mehnatkashlariga ming-ming 
tonnalab mineral va mahalliy o’g’itlar bilan ham yordam berdi. Respublikamizning 
yirik sanoat korxonalarida ming-minglab qishloq mehnatkashlari slesarlik, 
temirchilik, tokarlik, quruvchilik kasblarini egalladilar.Ming-minglab oliy va o’rta 
maxsus ma'lumotli muxandis-texnikalar, qishloq xo’jaligi mutaxassislari, 
iqtisodchilar, o’qituvchilar, respublikaning turli shaharlaridagi o’quv dargohlarida 
ta'lim olib o’z qishloqlariga qaytdilar. Xullas, 1941-1945 yillar davomida 
O’zbekistondagi har xil kurslarda 200 mingdan ko’proq jamoa a'zosi o’qib chiqdi.
Umuman aytganda O’zbekiston qishloq mehnatkashlari g’oyatda og’ir va qiyin 
sharoitlarda mehnat qilib Germaniya fashizmi ustidan qozonilgan g’alabani 
tezlashtirishda o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Respublika dehqonlari 
urush yillarida front va g’alaba uchun havo va suv kabi zarur bo’lgan 4 million 148 
ming tonna paxta, 82 mln, pud g’alla, 57 ming 444 tonna meva va uzum, 36 ming 
tonna qoqi 159 ming, 300 tonna go’sht, 22,3 ming tonna jun va boshqa ko’pgina 
mahsulot yetkazib berdilar
19
. Bu ulkan va mislsiz jasoratdir. Biz bu bilan haqli va 
qonuniy suratda faxrlanamiz. 
1941-1945 yillardagi urush bizga tarixiy saboq berishi kerak. Xalqimiz urush 
tufayli kelib chiqqan barcha qiyinchiliklarni hisobga oldi, har bir jabhada 
bo’lmasin bosh tortmay astoydil mehnat qildi va onglilik namunasini ko’rsatdi. 
Ammo bizning mustamlaka xo’jayinlarimiz bu ishni qonuniy jarayoni deb 
19.Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 299-bet. 


27 
tushundilar, mehnat ahlining qadriga yetmadilar. Buni Moskvaning urushdan 
keyingi davrda ham ulug’ davlatchilik siyosati asosida O’zbekiston qishloq 
xo’jaligini faqat paxtachilikka ixtisoslashtirish yo’lidan olib borganligida ko’ramiz. 
Bu paxta yakka hokimligini yanada kuchayishiga olib keldi. O’zbekiston 
SSSRning xom ashyo bazasi bo’lib qoldi. Bu hol O’zbekiston mehnatkashlarining 
milliy fojeasi sifatida uning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy qashoqligiga bosh 
sababdir.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish