Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o'tib qo'shish



Download 0,77 Mb.
bet10/53
Sana03.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#313494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
3 sinf matem kons

Yig'indini songa bo'lishda avval yig'indi hisoblanadi, keyin songa bo`linadi.

2-usul. (9 + 6) : 3 = 9 : 3 + 6 : 3 = 3 + 2 = 5



Yig'indini songa bo'lishda avval qo'shiluvchilarning har biri songa bo`linadi, keyin bo`linmalar qo'shiladi.

134-misolni guruhlar aro musobaqa tarzida yechsa ham bo`ladi.

(8 + 6) : 2=14:2=7 (9 + 12) :3=21:3=7 (24 + 32) : 8=56:8=7

(8 + 16) :4=24:4=6 (10 + 5) :5=15:5=3 (18 + 54) : 9=72:9=8

157-masalaustidaishlanadi.Sharti o`qilib,yechish rejasi tuziladi. Birinchi to'pda 30 m, ikkinchi to'pda 24 mshoyi bor. Agar bitta ko'ylak uchun 3 m shoyi
sarflansa, ikki to'pdagi jami shoyidan nechtako'ylak tikish mumkin?

Masalaning yechilishi:


  1. ikki to'pdagi jami shoyi - 24 + 30 = 54 (m);

2)tikiladigan ko'ylaklar - 54 : 3 = 18 (ta).

Javob:18 ta ko`ylak tikish mumkin.

I V.Mustahkamlash.166-topshiriqdagi jadval yordamida to`rtburchaklarning

perimetrini topamiz.Tomonlari a va b bo'lgan to'g'ri to'rtburchakning

perimetrini toping:

a

4 sm

5 sm

8 sm

15 sm

b

3 sm

6 sm

12 sm

25 sm

Namuna: (a + b) • 2 = (4 + 3) • 2 = 7 • 2 = 14 (sm).



168-topshiriqdagi boshqotirmaning yechilishi:

  1. 3 • 3 • 3 + 3 = 30.

  2. 33 - 3 : 3 - 3 : 3 = 31.

V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quv­chilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Darslikdagi 169 -misol va 170 -masala MRO`TIBO`________________

Sana: Mavzu: 39:3 ko`rinishidagi ifodalar.

Darsning maqsadi:



Ta`limiy: O'quvchilarda 39:3 ko`rinishidagi ifodalaryechish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish.

Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: Misol va masalalarni yechish orqali BKM larini rivojlantiish.

Metodlar: Suhbat, mustaqil ish.

Jihozlar: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

II.Uy vazifasini tekshirish.Pata oralab tekshirib chiqiladi,orada o`quvchilarning bazilari daftalaridan misollarni o`qib beradilar.Daftarla almashtiriladi.

III. Yangi mavzu bayoni.171-misolni yechish bilan yangi mavzu tushuntiriladi

39 : 3 = □



39 : 3 = (30 + 9) : 3 = 30 ; 3 + 9 : 3 = 10 + 3 = 13

134-misolni guruhlar aro musobaqa tarzida yechsa ham bo`ladi.28:2=14 55:5=11 63:3=21 84:4=21 33 : 3=1162 : 2=3188 : 8=11 96 : 3=31

157-masalaustidaishlanadi.Sharti o`qilib,yechish rejasi tuziladi. Ozoda va Rahima gulzordan 44 ta gul uzib,4 ta bir xil guldasta tayyorlashdi.

9 ta guldasta tayyorlash uchun nechta gul kerak?

Masalaning yechihshi:

1)1 ta guldastadagi gullar - 44:4=11 (ta);

2)6 ta guldasta uchun gullar –11x9 = 90 (ta).

174-topshiriqqa binoan o`quvchilar kesma chizadilar.

Ikkita kesma chizing. Birinchi kesmaninguzunligi 88 mm,

ikkinchisiniki esa birinchikesma uzunligidan 2 marta qisqa bo'lsin

88:2=44mm

I V.Mustahkamlash.

3 ta cho'pning o'rnini shunday o'zgartiringki,

kvadratlar soni 5 ta bo'lib qolsin.

V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quv­chilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Darslikdagi 176 -misol va 177 -masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

MRO`TIBO`________________

Sana: Mavzu:42:3,72:4 ko`rinishidagi ifodalar.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: O'quvchilarda 42:3,72:4 ko'rinishdagi misollarniyechish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish.

Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: Misol va masalalarni yechish orqali BKM larini rivojlantiish.

Metodlar: Suhbat, mustaqil ish.

Jihozlar: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

II.Uy vazifasini tekshirish.Pata oralab tekshirib chiqiladi,orada o`quvchilarning bazilari daftalaridan misollarni o`qib beradilar.Daftarla almashtiriladi.

III. Yangi mavzu bayoni.178-misolni yechish bilan yangi mavzu tushuntiriladi

1) 42: 3=□



42 :3 = (30 + 12): 3 = 30 :3 + 12 :3 = 10 + 4 = 14

2) 72 : 4 = □

72 :4 = (60 +12) :4 = 60 :4 +12:4 = 15 + 3 = 18

IV.Mustahkamlash.

179-misolni guruhlar aro musobaqa tarzida yechsa ham bo`ladi.



48 : 3=16 78 : 6=13 84 : 6=14 92 : 4=23

72 : 3=2491 : 7=13 75 : 3=25 96 : 8=12

180-masalaustidaishlanadi.Sharti o`qilib,yechish rejasi tuziladi. 100 litr sutdan 84 litri 3 litrli bankalarga, qolgani 2 litrli bankalarga quyildi. Sut nechta 3 litrli va nechta 2 litrli bankalarga quyilgan?

Yechilishi:84:3=28

100-84=16

16:2=8

J avob: Sut 28ta 3 litrli va 16 ta 2 litrli bankalarga quyilgan



181-topshiriqda berilgan uchburchakning kattalashtirilgan nushasi doskaga ilinadi va topshiriq bajariladi.

Berilgan shaklda nechta uchburchak va nechta to'rtburchak bor?

Javob:5 ta ucnburchak va 4 ta to`rtburchak bor.

183-topshiriqdagi boshqotirma tanlash usulidan foydalanib yechiladi:


  1. bobo va nabira yoshlarining farqi - 56-14 = 42 (yosh);

  2. nabira 42 yosh bo'lganida boboning yoshi -42 • 2 = 84 (yosh);

3) bobo 84 yosh, nabira 42 yosh bo'lguncha o'tadiganvaqt - 42 - 14 = 28 (yil).

V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quv­chilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Darslikdagi 184 -misol va 185 -masala MRO`TIBO`________________

Sana: Mavzu: O`tilganlarni mustahkamlash.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: O`tgan darslarda olgan BKM larni mustahkamlash.

Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: Misol va masalalarni yechish orqali BKM larini rivojlantiish.

Metodlar: Suhbat, mustaqil ish.

Jihozlar: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

II.Uy vazifasini tekshirish.Pata oralab tekshirib chiqiladi,orada o`quvchilarning bazilari daftalaridan misollarni o`qib beradilar.Daftarla almashtiriladi.

III. Mustahkamlash.186-misol og`zaki bajariladi.

(2+ 2): 2 (6 + 6) : 2 (7 + 7) : 7

Ushbu misollarni tarqatma sifatida kartochkalarga yozib o`quvchilarga bersalar bo`ladi.

187-misolni guruhlar aro musobaqa tarzida yechsa ham bo`ladi. (12 + 2): 2 =14:2=7 (6+ 12): 3=18:3=6 (18+ 42): 6 =60:6=10 (28 + 35) : 7 =63:7=9 (15 + 3): 3=18:3=6 (8 + 16) :4=24:4=6

189- topshiriqda rasm asosida masala tuzib,yechish kerak bo`ladi.


? kg


18 kg

Yechish:18:3=6 kg

6x2=12kg

Javob:2 ta savatdagi mevalar 12 kg

190-topshiriq.

Bo'yi 8 sm bo'lgan to'g'ri to'rtburchakning perimetri 26 sm. Uning eni qancha?

Yechish rejasi:


  1. Bo'yi va enining yig'indisi — 26:2=13

2) Eni - 26 : 2 – 8=13-8=5

Javob:to`rtburchakning eni -5 sm

191-topshiriqdagi boshqotirmani yechishdan oldin o`zbeklarning milliy taomi palov uning turlari va qilinish usullari haqida suhbatlashiladi.Palov tayyorlash uchun guruch va sabziteng solinadi. Go'sht guruchdan 2 marta

kam, yog' guruchdan 4 marta kam, piyoz esa guruchdan 8 marta kam solinadi. Agar 8 kg guruchdan palov tayyorlanmoqchi bo'linsa, ularning har biridan necha kilogramm sotib olish kerak?



  1. sabzi guruchga teng -8 = 8 (kg);

  2. go'sht -8:2 = 4 (kg);

  3. yog' -8:4 = 2 (kg);

  4. piyoz -8:8=1 (kg).

V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quv­chilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 192 -misol va 193 -masala MRO`TIBO`________________

Sana: Mavzu: O`tilganlarni mustahkamlash.

Darsning maqsadi:



Ta`limiy: O'quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash.

Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: Misol va masalalarni yechish orqali BKM larini rivojlantiish.

Metodlar: Suhbat, mustaqil ish.

Jihozlar: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

II.Uy vazifasini tekshirish.Pata oralab tekshirib chiqiladi,orada o`quvchilarning bazilari daftalaridan misollarni o`qib beradilar.Daftarla almashtiriladi.

III. Mustahkamlash.194-misol o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.

28 :2=14 66 : 6=11 54 :6=9 96 : 8=12


36 : 3=12 88 : 4=22 91 : 7 =13 99 : 9=11

195-masala ustida ishlanadi.Qisqa sharti tuzilib,yechiladi.

Do'konda 85 ta «Nestle» suvidan 61 tasi sotilgandan so'ng 3 qadoq qoldi. Har bir
qadoqda nechtadan «Nestle» bor?

Yechish:85-61=24

24:3=8

Javob:Har bir qadoqda 8 tadan «Nestle» bor



Sinf 3 guruhga bo`linib. 196-misolni musobaqa tarzida yechamiz.Daftarda birinchi bajargan 5 ta o`quvchilar ham baholanadilar.

39 : 3 + 17 =13+17=30 28 + 65: 5=28+13= 41 42:3+56:8=14+7=21

48:4-12=12-12=0 64-96:6=64-16=48 64:4-91:7=16-13=3

51:3+25=17+25=42 87-72:4=87-18=69 88:8+99:9=11+11=22

197-masala ustida ishlanadi.Qisqa sharti tuzilib,yechiladi.Do'konda birinchi kuni 25 kg, ikkinchi kun birinchi kundagidan 20 kg ortiq konfet sotildi. Agar har bir qutida 5 kg dan konfe bo'lsa, ikki kunda necha quti sotilgan?



Yechish:25+20=45

25+45=70

70:5=14

Javob:ikki kunda 14 quti sotilgan.

198-topshiriqda quyidagi boshqotirma berilgan.

0 dan 8 gacha sonlarni kvadrat kataklariga shunday joylashtiringki, kvadratning har bir qatori va ustuni bo'yicha sonlar yig'indisi 12 ga teng bo'lsin.



7

0

5

2

4

6

3

8

1


V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quv­chilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. Darslikdagi 199 -misol va 200 -masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

MRO`TIBO`________________

Sana.


Mavzu: 4-nazorat ishi.

Maqsadi:

Ta`limiy:O'quvchilarning 23-29-darslarda egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash.

Tarbiyaviy:O`quvchilarda o`ziga ishonchni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:Mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirish.

Metod: Yozma ish.

Jihoz:Yozma ish namunasi.

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti.

Bugungi dars maqsadi bilan tanishtirish.

II.Yozma ish bayoni.I variant



  1. Agar a = 18, b = 3 bo'lsa, a + b, a - b, a • b va a : b ifodalarning qiymatlarini toping.

  1. Yig'indini songa bo'ling:

(18 + 12) : 3 (25 + 15) : 5

3. Misollarni yeching:

42 : 2 56 : 4 84 : 6



4. To'g'ri to'rtburchaknmg perimetri 24 sm ga teng.

Uningbo'yi 5 sm bo'lsa, eni necha santimetrga teng?



5. 6 ta qutida 6 tadan, 5 ta qutida 12 tadan qalam bor.Hamma qalamlar nechta?

II variant

  1. Agar a = 24, b = 4 bo'lsa, a + b, a - b, a x b va a : b ifodalarning qiymatlarini toping.

  2. Yig'indini songa bo'ling:

(24 + 16) : 4 (32 + 16) : 8

3. Misollarni yeching:

24 : 2 36 : 3 65 : 5



4. To'g'ri to'rtburchaknmg perimetri 20 sm ga teng.

Uning eni7 sm bo'lsa, bo'yi necha santimetrga teng?



5. Maktab jonli burchagidagi 4 ta akvariumda 7 tadan, 3 taakvariumda esa 9 tadan baliq bor. Jonli burchakda hammasi bo'lib nechta baliq bor?

III. Baholash. O`quvchilar daftarlari baholash uchun yeg`ib olinadi.

VI. Uyga vazifa berish. O`tilganlarni takrorlab kelish topshirildi.

MRO`TIBO`________________


Sana: Mavzu:Bo`lishni tekshirish.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy:O'quvchilarning 4-nazorat ishi bo'yichayozma ishlarini tahlil qilish, Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi:bo'lishni tekshirish bo'yicha bilim,ko'nikma va malakalarini shakllantirish.

Metodlar: Suhbat, mustaqil ish.

Jihozlar: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

II.Uy vazifasini tekshirish.Pata oralab tekshirib chiqiladi,orada o`quvchilarning bazilari daftalaridan misollarni o`qib beradilar.Daftarla almashtiriladi.

III. Yangi mavzu bayoni. O'quvchilarning 4-nazorat ishi bo'yicha yozma ishlari tahlil qilinadi. Ko'proq xatolikka yo'l qo'yilgan yozma ish topshiriqlari doskada yechib ko'rsatiladi.

Bo'lishni tekshirish qoidasi 201-misolni yechish asosida tushuntiriladi.

48:3=16 Tekshirish:16x3=48


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish