Angren shahar 34-maktab-internati boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Xodjimatova Nazira Toshmatovnaning 4-“A” sinf uchun ona tili fanidan “Fe’l yasovchi qo‘shimchalarning imlosi” mavzusi bo‘yicha USLUBIY TAVSIYASI Mavzu: Fe’l yasovchi qo‘shimchalarning imlosi Ushbu uslubiy tavsiya - Ushbu uslubiy tavsiya
- Angren shahar 34-maktab-internatining navbatdan tashqari 8-sonli yig‘ilishida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun foydalanishga tavsiya etildi.
Tuzuvchi: oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Xodjimatova Nazira Toshmatovna Taqrizchi: oliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Xodjimatova Nigora Toshmatovna Annotatsiya - Ushbu uslubiy tavsiya boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga tavsiya etiladi.Unda fe’l yasovchi qo‘shimchlar va ularning imlosi 1 soatlik dars namunasi asosida amaliy jihatdan tahlil etilgan. Dars jarayonida qo‘llaniladigan metodlardan namunalar keltirilgan.Mazkur uslubiy tavsiya o‘quvchilarda fe’l so‘z turkumi, fe’l yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlaydi. Shuningdek, o‘quvchilarda tinglash,xatosiz va chiroyli yozish va mustaqil fikrlash malakasini rivojlantirish, o‘rgangan mavzuga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish,mavzuga oid yangi so‘zlarni og’zaki va yozma nutqda qo‘llay olish,mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini kundalik faoliyatga tadbiq etish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta’limiy: O‘quvchilarda fe’l yasovchi qo‘shimchalar mavzusida olgan bilimlarini mustahkamlash ,fe’llarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish ko‘nikmasini takomillashtirish.TK 1-o‘quvchilarda bog‘lanishli nutqni o‘stirish,kommunikativ muloqotni rivojlantirish. FK1- fe’l yasovchi qo‘shimchalar asosida so‘zlar tuza olishi,fe’llarning talaffuzi,fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi va imlosini bilish, o‘qilgan matn mazmuni va o’zgalar fikrini anglab,ifodalay olish. - Ta’limiy: O‘quvchilarda fe’l yasovchi qo‘shimchalar mavzusida olgan bilimlarini mustahkamlash ,fe’llarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish ko‘nikmasini takomillashtirish.TK 1-o‘quvchilarda bog‘lanishli nutqni o‘stirish,kommunikativ muloqotni rivojlantirish. FK1- fe’l yasovchi qo‘shimchalar asosida so‘zlar tuza olishi,fe’llarning talaffuzi,fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi va imlosini bilish, o‘qilgan matn mazmuni va o’zgalar fikrini anglab,ifodalay olish.
- Tarbiyaviy: O‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish,ularda ilmni, do‘stlikni qadrlash,mehnatsevarlik sifatlarini tarbiyalash.TK4- mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirish,o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish va ularga rioya qilish.
- Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda tinglash,xatosiz va chiroyli yozish va mustaqil fikrlash malakasini rivojlantirish. FK2- o‘rgangan mavzuga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish,mavzuga oid yangi so‘zlarni og’zaki va yozma nutqda qo‘llay olish,mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini kundalik faoliyatda qo‘llay olishini takomillashtirish. TK2- media vositalari va didaktik materiallardan foydalanib topshiriqlarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |