Xulosa………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….
Noqulay sharoitga o'simliklarning
moslashishi, ularning tuzilishi va funksiyasi,
hayot-faoliyatida muhit ta'siriga qarab
tuzilishining o'zgarib borishi, moslashish
belgilarining chiqishidan darak beradi
KIRISH
Ha, biz yashab turgan o’lka shunday go’zal, bo’ston. Sevimli shoirimiz
Hamid Olimjon ta’riflaganidek bu o’lkada hamma narsa bor. Uning tabiati ham,
ko’rinishi ham o’ziga xos va ulug`vor. O’zbekistonda G`arbiy Yevropadagi ba’zi
mamlakatlar territoriyasidan kattalik qiladigan bepoyon cho’llar, Ural tog`laridan
ikki yarim hissa baland, Yevropadagi yuksak Alp tog`i cho’qqilari bilan
raqobatlasha oladigan tog`lar kishi aqlini shoshiradi. Ana shu cho’l va tog`lar
orasidagi yashnagan vohalar o’zining ko’rkam jamoli bilan har qanday odamni
maftun qiladi Estetik rux bag’ishlaydi. Ularning sahni yildan yilga asriy cho’llar
bag`ridan tortib olingan yerlar bilan kengayib bormoqda.
Tog`lar, daryolar o’zanidan yerlar tomon tortilgan ariqlar qon tomirlari
singari bepoyon paxtazorlar, bog`lar va uzumzorlarni yashnatmoqda.
Quyoshli O’zbekiston paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinda
turadi. Shunga qaramay, uning qorako’li qo’y-qo’zilari, shirin-sharbat uzumi,
la’ldek olmayu-anori uzoq ellargacha mashhur. Uning qazilma boyliklarini
aytmaysizmi. Shu kunlarda bu yerda ishlab chiqariladigan paxta tolasi, qorako’l
terisi, ipak, ximiya va boshqa sanoat mahsulotlari barcha chet davlatlarga eksport
qilinmoqda.
Endilikda Respublikamiz — ilm-fan, sport va madaniyati yuksak rivojlangan sharqdagi mash’alga aylandi.
Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zaminyaratmoqda.
O’zbekiston hududining katta qismi — g`arbiy va shimolig`arbiy tomoni
tekislikdan iborat. Bular Turon pasttekisligining bir qismi bo’lib, o’tmishda sayoz
dengizdan iborat edi. Mazkur pasttekislikda botiqlar ham mavjud. Ana shular
orasida Mingbuloq botig`i xarakterli bo’lib, u okean sathidan 12 metr pastdadir.
Respublikaning tekislik qismi cho’ldan iborat. Ularning eng yirigi Qizilqumdir.
Uning sharqi va janubida esa Mirzacho’l, Dalvarzin, Qarnob, Qarshi, Farg`ona
vodiysi, Qoraqalpoq va Yozyovon cho’llari joylashgan. O’zbekistonning
shimolig`arbiy chekkasida bepoyon Ustyurt platosi yastangan. Unda atrofdagi
tekisliklardan ko’tarilib turadigan tik jarliklar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |