96,5 foizi korruptsiya holatlarini balo sifatida ko‘radi va o‘z muammolarini hal qilishda ushbu illatdan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi”, dedi u.
Respondentlarning fikricha, ayrim fuqarolarning qonunni buzib, o‘z maqsadlariga erishishlari, jamoatchilik nazoratining sustligi, aholi huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi, ayrim mansabdor shaxslarning vakolatlari kengligi korruptsiya uchun yo‘l ochar ekan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga korruptsiyaga oid 1464 ta murojaat kelib tushganligi ta’kidlandi. E’tiborlisi, murojaatlar yil davomida kamayib borgan.
Albatta, korruptsiyaga qarshi kurashish bir martalik tadbir emas. U izchil davom etadigan jarayondir. Mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish maqsadida ta’lim tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yaxshi samara bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |