A) Sitatani rasmiylashtirish qoidablari.
Vinnichenko, Petrovalarning fikricha, sitata sifatida keltirilayotgan matn asl
namunasida keltirilganidek to’liq holda hamda qo’shtirnoq ichidav keltirilishi
kerak [2]. Agarda so’zlar, gaplar, abzatslar sitata sifatida keltirilayotgan matn
mnbasida pastga tushirilgan bo’lsa, unday holda mazkur tushirishlar ko’p nuqta
bilan belgilanadi. Bevosita sitata keltirishda esa, boshqa muallif fikrning aniq va
to’ғri bildirilishiga qat’iy rioya qilish zarur.
B) sitata sifatida keltirilayotgan manbalarga ssilka (havola)larni rasmiylashtirish.
2 ta asosiy usullari qo’llaniladi:
muallif familiyasi va ish yili qavs ichida ko’rsatilishi orqali (agarda 2 ta
hammualliflikda bo’lsa – har ikkala hammuallif, agarda ko’p mualliflikda
bo’lsa, birinchi muallif familiyasi “va b.” ishorasi hamda betlari keltiriladi,
manbaning adabiyotlar ro’yxatidagi tartib raqami va beti qavs ichida keltiriladi.
Agarda sitata birinchi asosiy manbadan emas, boshqa manbadan
keltirilayotgan bo’lsa, u taqdirda “Sit. “Manba nomi”dan olingan”ligi ko’rsatiladi.
V) sitata keltirilishiga oid misollar
«Ijtimoiy ishning asosiy maqsadi – shaxs, oila, jamiyatni me’yorda mavjud
bo’lishi uchun imkoniyat va qobiliyatlarini ochib berish hamda ularning
farovonligi haqida qayғurishdan iborat” (Teterskiy, 2000, B. 23) faoliyati turli
ijtimoiy xizmatlar, davlat ijtimoiy dasturlari va b.larda mujassamdir.
Ijtimoiy ishning asosiy maqsadiga baғishlangan ko’pgina asarlarda “ijtimoiy
ishning asosiy maqsadi – shaxs, oila, jamiyatni me’yorda mavjud bo’lishi uchun
imkoniyat va qobiliyatlarini ochib berish hamda ularning farovonligi haqida
qayғurishdan iborat”ligi alohida ta’kidlanadi (Teterskiy, 2000, B. 23).
Ijtimoiy ishning asosiy maqsadiga baғishlangan ko’pgina asarlarda “ijtimoiy
ishning asosiy maqsadi –
shaxs, oila, jamiyatni me’yorda mavjud bo’lishi uchun
imkoniyat va qobiliyatlarini ochib berish
(kursiv bizniki, G.M., K.M.)
hamda
ularning farovonligi haqida qayғurishdan iborat”ligi alohida ta’kidlanadi
(Teterskiy, 2000, B. 23).
Ko’pincha tadqiqotlarda IIning maqsadiga alohida e’tibor beriladi. Bir
tomondan IIning maqsadi insonlarning farovonligi haqida qayғurishdan iborat
bo’lsa, boshqa tomondan – ularning imkoniyatlarini ochib berishdan iborat
(Teterskiy, 2000).
8.
Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini inobatga olgan holda “eksperimental tadqiqot”
tushunchasini to’ғri qo’llash lozim. Agar ishda tadqiqot ishtirokchilariga ta’sir
ko’rsatish ehtimoli bor eksperiment o’tkazilmaydigan bo’lsa, u taqdirda
“empirik tadqiqot” tushunchasining qo’llangani ma’qulroqdir.
9.
Tadqiqotchilik loyihasining rasmiylashtirilishi. Ishni rasmiylashtirish bo’yicha
talablar oo’YUning talabidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy
talablardan biri bu – matn oson o’qilishi kerak.
Matn qo’lyozma tarzida, mashinkada yoki kompyuter vositasi yordamida
yozilgan bo’lishi mumkin. Matn betlari A4 formatga mos bo’lishi kerak; matn bir
betda quyidagi xoshiyalar xajmiga muvofiq bo’lishi kerak – chap tomondan – 3
sm, o’ng tomondan – 1,5 sm, yuqorisi – 2 sm, quyidagisi – 2 sm. odatda matn
Times New Roman shriftida 1,5-2 interval oraliғida 12 yoki 14 punkt xajmida
yoziladi.
Ish xajmi oo’YU talablariga muvofiq belgilanadi va u kurs ishi uchun 15-20
betdan, bitiruv malakaviy ish yoki magistrlik dissertatsiyasi uchun 50-60 betdan
iborat bo’lishi mumkin.
Ish strukturasi
Jahon amaliyotida ilmiy-tadqiqotchilik ishi natijalarini taqdim etishning
yagona shakli mavjud: 1) tadqiqot muammosiga kirish (adabiyotlar tahlili,
muammo, ishning maqsad va vazifalarini belgilash, tadqiqot dasturi); 2) ish
natijalarining tavsifi va tahlili; 3) tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiq
ravishda ish natijalarining muhokamasi.
Tadqiqotchilik loyihasining asosiy tarkibiy elementlariga quyidagilar kiradi:
1.
Titul varaғi
2.
Mundarija
3.
Kirish
4.
Bob, paragraf va paragrafosti raqamlarga bo’linuvchi asosiy qism. U
adabiyotlar tahlili; muammo va tadqiqot dasturining belgilanishi, tadqiqot
natijalarining tavsifi, tahlili va interpretatsiyasini o’z ichiga oladi.
5.
Xulosalar
6.
YAkuniy xulosa
7.
Adabiyotlar ro’yxati
8.
Ilovalar (zarur bo’lsa)
Bundan tashqari ishga yordamchi element sifatida qisqartmalar ro’yxati, shartli
belgilar ro’yxati, jadval va rasmlarga ko’rsatma va boshqalardan foydalanish
mumkin. Ular mualliflarning ishning tarkibiy tuzilmasiga nisbatan yondoshuvi va
uning mazmunini taqdim etish xususiyatlariga boғliq ravishda qo’llanilishi
mumkin.
Ularning xususiyatlarini alohida tarzda ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |