Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassisning kasbiy faoliyati tarkibi
|
Nomi
|
Mazmuni
|
|
Kasbiy majburiyatlar
|
Yordamga muhtoj shaxsni aniqlash, qiyinchiliklarni bartaraf qilishda mijozga yordam berish, ijtimoiy ish faoliyatini tashkil qilish, ijtimoiy muammolar to‘g‘risida boshqaruv organlariga xabar berish
|
|
Kasbiy ahamiyat
|
Ijtimoiy advokat, vositachi, ijtimoiy pedagog, maslahatchi, ekspert, ma'mur
|
|
Kasbiy vazifa
|
a) texnologiyalardan foydalanishiga ko‘ra: tashxislovchi, profilaktik, bashorat ,.,
b) faoliyat mazmuniga ko‘ra: huquqni muhofaza qilish, tashkiliy, axborot
|
|
Kasbiy yo‘naltirilgan shaxsiy sifatlar
|
a) intellektual: ijtimoiy intellekt, eruditsiya, intellektual moslashuvchanlik.;
b) axloqiy: ziyraklik, xayriya, hurmatga sazovorlik
v) ruhiy: vazminlik, tirishqoqlik, stressga chidamlilik.
|
Kasbiy yo‘naltirilgan shaxsiy sifatlar
|
a) intellektual: ijtimoiy intellekt, eruditsiya, intellektual moslashuvchanlik.;
b) axloqiy: ziyraklik, xayriya, hurmatga sazovorlik
v) ruhiy: vazminlik, tirishqoqlik, stressga chidamlilik.
|
|
Ijtimoiy xodimning majburiyatlari va huquqlari.
Ijtimoiy xodim maxsus oliy ma'lumotli mutaxassis bo‘lib. uning faoliyati alohida shaxs. oila, guruhlarning hayot faoliyatini saqlab turishga, shuningdek jamoa va jamiyatda uning a'zolarining ehtiyojlariga mos keltirishga yo‘naltirilgan. Uning mijozlariayotda qiyinchilikka uchragan shaxslar bo‘lib, ularning muammolari ishsizlik, turar-joyning yo‘qligi, iqtisodiy qiyinchiliklar, jiddiy kasalliklar, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar, saldbiy munosabat, xavfli axloq va boshqa ijtimoiy xatarlar bo‘ladi. Ijtimoiy xodim maslahat beradi, shuningdek ma'lum yordamni ko‘rsatadi. Maslahat berish orqali u mijozga o‘z holatini tushunish, qaror qabul qilish va muhim resurs topishga yordam beradi. U mijozga jamiyatdagi uning huquq va imkoniyatlari to‘g‘risida axborot beradi. Ijtimoiy nafaqalar, xizmatlar, yordam olishda vositachilik qiladi va ularni olishni tashkil etadi. Ijtimoiy xodimning vazifalari shuningdek mijozga yordam qilish uchun uning yaqinlarini jalyu qilish va ular o‘rtasida muloqtni ta'minlashdir.
Ijtimoiy xodimning vazifasiga loyihaga rahbarlik qilish, qaydni qiritish, idoralararo axborotni almashish, ijtimoiy ishni taklif qilish va ijtimoiy nafaqalarni rasmiylashtirish kiradi.
Ijtimoiy xodim o‘z ishida inson huquqlari va kasb etikasidan kelib chiqib ish yuritadi. Uning maqsadi jamiyatning barcha a'zolarini ularning xususiyatidan qat'iy nazar teng munosabatda bo‘lishni ta'minlashdir. Agar mijozning huquqi himoyalanmagan yoki jamiyatda uning ehtiyojlari hisobga olinmagan bo‘lsa, ijtimoiy xodim mijoz vakili sifatida harakat qiladi.
Har kuni vasiysiz qolgan bolalar. Ishsizlar, qariyalar, muammoli oilalar (alkogolizm, zo‘ravonlik) qiyinchiliklarini hal qiladi. Ijtimoiy xodim matkb vazifalarini bajarishda muammoga ega bolalar xonadonlariga tashrif buyuradi, yosh jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan qamoqxona va maxsus internatlarda bo‘ladi. Ishsizlar muammosi bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy xodimlar qo‘shimcha o‘qitishni tashkil qilish va ish joylari topishga yordam beradilar.
Ijtimoiy xodimlar1:
Ijtimoiy muammolarni oldini olish maqsadida qonunchilikni o‘zgartirish va ijtimoiy resurslarni qayta taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadilar;
Alohida shaxs yoki oilalarga shaxsiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam beradilar.;
Mijozlarning ehtiyojlari to‘g‘risida axborotlarni to‘plash bilan shug‘ullanadilar va ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradilar;
Mijoz holatini tahlil qiladilar va muammoni yechish uchun muqobil yo‘llarni taklif qiladilar;
Sud yoki boshqa yuridik jarayonlar uchun zarur bo‘lgan materiallar va xabarnomalar tayyorlaydilar;
Vasiylik xizmatlarini baholaydilar, rejalashtiradilar, ishlab chiqadilar va rivojlantiradilar;
Jismoniy va ruhiy kamchilikka ega insonlarga ularning jamiyat hayotiga qatnashish qobiliyatini yaxshilash uchun zarur tibbiy yordam va vasiylikni topishga yordam beradilar.
Mutaxassislarni kasbiy tayyorlash turli darajadagi ma'lumot beruvchi uch turdagi muassasalarda amalga oshiriladi:
Boshlang‘ich kasbiy ta'lim muassasalari (litsey, maktab va boshqalar);
O‘rta kasbiy ta'lim (o‘quv yurti, kollej );
Oliy kasbiy ta'lim (institut, universitet ).
Bugungi kunda oliy kasbiy ta'lim bo‘yicha davlat ta'lim standartlari qabul qilinib, alohida kurslarning o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Ammo bu kasb bo‘yicha adabiyotlar hajmi va maxsus tayyorlangan o‘qituvchi kadrlar miqdori yetarli emas.
Ijtimoiy xizmat mutaxassisining kasbiy bilimlari o‘z ichiga eng avvalo qonunchilikni va ijtimoiy pedagogik faoliyat asoslarini bilish zaruriyatini oladi.
Ammo oliy kasbiy ta'lim yakuni bo‘yicha Lyaщenko A.I.2, fikricha bu soha mutaxassisi quyidagi muhim shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
E'tibor berish, boshqalarning holatini tushunish;
Xayrixoxlik, kirishimlilik;
yetakchi bo‘la olish qobiliyati;
Xushmuomalalilik, samimiylik;
Maqsadlarni boshqarish, ko‘rsatmalar berish;
Hayotni sevish;
Bag‘rikenglik, tirishqoqlik;
Javobgarlikni his qilish;
To‘liq turli shakldagi ishni bajarishga qodirlik;
Mehnat faoliyatija entuanizm, altruizm;
Mutaxassislar bilan o‘zaro munosabatlarga qodirlik;
Harakatlarni sinyaiklab o‘rganish;
Ishda tartiblilik va izchillik;
O‘z kelajagini rejalashtirishga qodirlik;
Og‘zaki tushuntirishga qobiliyat;
Yaxshi xotira, boshqa narsalarni o‘rganish qobiliyati;
Boshqalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |