MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI IJTIMOIY ISH (OILA VA BOLALAR BILAN ISHLASH ) YONALISHI (SIRTQI) IJTIMOIY ISH NAZARIYASI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: IJTIMOIY ISHDA HODIMLARNING KASBIY AHAMIYATI
TEKSHIRDI: FARHODOVA ZIYODA
BAJARDI: XAKIMOVA MALIKA
REJA:
Ijtimoiy xodimlarning kasbiy ahamiyati
Ijtimoiy xodimning kasbiy vazifalari
Ijtimoiy xodimlarning majburiyatlari va huquqlari
Zamonaviy ijtimoiy ish xususiyati yuqori darajadagi professionallikni talab qilib, bu mazkur sohaning amaliy faoliyatida mutaxassislarni kasbiy tayyorlash vositasida shakllanadi. Ma'lum ishchining professionalligi kasbiy shakllanishining uzoq jarayonida o‘zini namoyon qilishi natijasi bo‘lib, individual o‘ziga xosligi va sharoitlarning o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy soha bo‘yicha mutaxassisning kasbiy shakllanishi –bu maqsadli va uzluksiz rivojlanuvchi jarayon bo‘lib, ijtimoiy ish sohasida amaliy. Ta'lim va
tadqiqot faoliyati bilan bog‘liq, insonda kasbiy bilimlar, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar, kasbga malakaviy va axloqiy tamoyillarni shakllantirishga mo‘ljallangandir. Mazkur jarayon asosida ijtimoiy o‘zgarishlar nazariyasiga integral uslubiy yondashuv yotadi.
Mutaxassisning kasbiy shakllanishi professionallashuv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, jamiyat va shaxs vositasida kasb to‘g‘risidagi ma'lum tushunchalar shakllanadi.
Ijtimoiy ishdagi professionallashuv funksional ahamiyatga ega bo‘lgan ixtisoslashgan mashg‘ulotlar sifatida ijtimoiy ishga xos kasbning asosiy belgilarini bosqichma-bosqich shakllantirishni namoyon qiladi. Ular quyidagilar:
birinchidan, ijtimoiy xodimlar uchun yangi ish joylarini yaratuvchi yangi turdagi muassasalar va ularning faoliyatini tartibga soluvchi me'yorlarni tasdiqlashda;
ikkinchidan mazkur mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshiruvchi o‘quv muassasalari tarmog‘ini yaratishda;
Uchinchidan, ijtimoiy ish sohasida amaliy faoliyatni nazariy asoslovchi fan tarmoqlarining paydo bo‘lishida.
Kasbiy tayyorlash tizimi shakllanib, assotsiatsiya, bosma nashrlar ta'sis etilib. Axloq kodeksi yaratilgandan so‘ng jamiyatda faoliyat shakli sifatida kasb paydo bo‘lgani to‘g‘risida gapirish mumkin.
Rossiya jamiyatida ijtimoiy ishning professionallashuvi uning institutsionallashuvi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, G‘arbiy yevropa va AQSh ga qaraganda qariyb yuz yildan so‘ng paydo bo‘ldi.
Moddiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan xayriya faoliyati muhtojlarga ixtiyoriy va beg‘araz mulk, pul, ishni ko‘rsatishda aks etadi. Insonda xayriya faoliyatini takomillashtiruvchi asosiy motiv faqatgina diniy emas balki manaviy asoslarga ega bo‘ladi. Qayd etish kerakki bu tashqi majburlov natijasi emas, balki ixtiyoriy va aqliy faoliyat bo‘ladi.
Ijtimoiy ishda institutsionallashuv O‘zbekistonda tartibli xarakterga ega va kasbning tarkibini tashkil etuvchi ham xalqaro standartlarga va o‘zining aholini ijtimoiy himoya qilishning tarixan shaklangan turlariga asoslanadi.
Kasbiy lug‘atlarda ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassisning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kirishi ko‘rsatilgan: yordamga muhtoj insonlarni aniqlash, muammoni hal qilishga yordam berish va ijtimoiy himoyani ta'minlash, ijtimoiy; oilaviy tarbiyada yordam berish va voyaga yetmagan bolalari bor ayollar, nogiron va nafaqaxo‘rlarning uy mehnati bo‘yicha mehnat shartnomalarini tuzish, oila va nikoh bo‘yicha psixologik va pedagogik maslahatlar o‘tkazish, asotsial ahloqli voyaga yetmagan bolalar bilan tarbiyalash ishlari.
Bundan tashqari mutaxassis ixtisoslashgan o‘quv-tarbiya muassasalari va ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashuvi va sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, oila, yoshlar, o‘smirlar va bolalar markazlari, klub va assotsiatsiyalarni yaratish bo‘yicha faoliyatda ishtirok etadi.
Yordamni tashkil etish va amalga oshirish bilan bir qatorda mutaxassis mijozning o‘z kuchini rivojlantirishni rag‘batlantirib, turli tashkilotlarda uning manfaatlarini aks ettiradi, ijtimoiy muammolar mavjudligi to‘g‘risida hokimiyat organlari va boshqarmalariga xabar beradi, ularning hal qilish uchun yordam ko‘rsatadi.
Mutaxassisning kasbiy majburiyatlari uning ahamiyatiga asoslanib, u ijtimoiy advokat, vositachi, ijtimoiy pedagog, maslahatchi, mijoz mobilizatori, ijtimoiy xizmat faoliyatining tashkilotchisi, ekspert sifatida qatnashadi. Mijoz o‘z vazifalarini ijtimoiy ish muassasalari, korxona va tashkilotlar, ta'lim, madaniyat va tibbiyot muassasalari, uy va kichik tumanlarda ishlab bajaradi, shuningdek xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadi. Mutaxassis faoliyati uning kasbiy faoliyatida professional vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma'lum operatsiyalar yig‘indisini aks ettiradi. Uning faoliyati mazmuni bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
Vositachilik vazifasi (yordamni ta'minlash vaboshqaruv organlari, boshqa ijtimoiy muassasalarda muammolarni hal qilishda qatnashish),
Huquqiy himoya vazifasi (mijoz huquqini himoya qilish va unga yordam ko‘rsatish uchun qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlardan foydalanish),
Axborot vazifasi (ijtimoiy ishto‘g‘risida axborotlar bilan ijtimoiy yordamga muhtojlarni ta'minlash ),
Ruhiy. Pedagogik, ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-maiishiy vazifa (aholining turli toifalariga yordam zarurligini aniqlash va mos yordamni ko‘rsatish)
Texnologiyalar foydalanilishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
Tashxislash vazifasi (ijtimoiy tashxisni qo‘yish, guruh yoki individning muammolari mazmunini aniqlash),
Bashoratlash vazifasi (ijtimoiy jarayonlar rivojlanishini bashorat qilish va ijtimoiy axloqning modellarini ishlab chiqish),
Profilaktik vazifa (salbiy ijtimoiy hodisalarning oldini olish mexanizmini harakatga keltirish),
Sog‘lomlashtirish vazifasi (ijtimoiy moslashtirish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |