Mavzu: Ijodiy jarayonlarni tashkil etish jarayonlari Reja



Download 110 Kb.
bet1/11
Sana06.01.2022
Hajmi110 Kb.
#320846
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ijodiy jarayonlarni tashkil etish jarayonlari


Mavzu: Ijodiy jarayonlarni tashkil etish jarayonlari
Reja:


  1. Metodologik bilim pog‘onalari. Metodlarning sifat jihatdan xilma-xilligi va rivojlanishi.

  2. Ijodni ifoda etish usullari

Metodologik bilim pog‘onalari. Metodlarning sifat jihatdan xilma-xilligi va rivojlanishi.

Ijodda bilishning ahamiyati beqiyosdir. Uning (bilishning) asosiy muammolariga: narsa va hodisalar, ularning manbalari, tabiat taraqqiyoti bosqichlari, uslub va metodologiyasi, haqiqat, insonlarning biluvchanlik faoliyati bilan amaliy faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish kabilar kiradi. Falsafa tarixida bilish muammosini hal etishda turli yo‘nalishlar bahs yuritib keladilar. Yuqorida biz ularning guvohi bo‘ldik. Bular: materializm, idealizm, agnostitsizm, ratsionalizm, irratsionalizm, sensualizm, monizm, eklektizm va boshqalardir. Masalan, Platon, Berkli, Kant, Gegel kabi faylasuflar narsalarning mohiyatini inson tomonidan bilish mumkin emas, deb agnostitsizm ( a - mumkin emas, gnozis – bilish, demakdir) yo‘nalishida bo‘lganlar. Demokrit, Frensis Bekon, Djon Lokk va XVIII asrdagi fransuz materialistlari esa bilishni borliqning inson ongida aks etishidir, deb ta’lim beradilar. Ya’ni, bilishda insonlarning amaliy faoliyati hal qiluvchi o‘ringa ega, deb tushuntirdilar.

Bilish murakkab jarayon bo‘lib, u bir necha bosqich (pog‘ona)larni bosib o‘tadi. Birinchi bosqich bu insonlardagi sezgi faoliyatidir. Sezgi orqali inson narsa va hodisalarni mushohada qiladi. Sezgilar besh xildir: ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri orqali sezish, tam bilish. Sezish, narsa hodisalarni mushohada qilishga bog‘liq. Ikkinchi bosqich esa narsa va hodisalarni tafakkur qilish faoliyatidir. Tafakkur insonga berilgan oliy ne’matdir. Insonlar narsa va hodisalarni o‘z tafakkuri orqali, ular aniq yoki mavhum bo‘lishdan qat’i nazar o‘z miyasida qayta ishlaydilar. Bunda inson fikrlash jarayonida turli tushunchalardan foydalanadilar. Inson miyasida tushunchalarning paydo bo‘lishi u yoki bu bilimning paydo bo‘lishidir. Bilimning paydo bo‘lishi esa inson ijodi uchun asosdir. Bu bosqich sezish va mavhum fikrlash yordamida amalga oshadigan asosiy bosqich. Bilishning haqiqiyligi shu bosqichda ko‘rinadi. Demak, amaliyot eng muhim bosqichdir. Bosqichlarning har biri ma’lum vazifani bajaradi. Mabodo shu bosqichlarning birortasi bo‘lmaganda ijod qilish mumkin emas edi. Ijod jarayonida bosqichlarni bir-biridan farq qilish talab etiladi. Demak, bilishning boshlanishi sezgidir. Chunki u inson ongini tashqi olam bilan bog‘lab turuvchi yagona vositadir. Insonlar sezgi orqali ob’yektiv olamdan birinchi taassurotni oladilar. Tashqi olam sezgilar orqali insonning o‘ziga ham ta’sir etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sezgilarning o‘zi ham olam to‘g‘risidagi bilimimizning boshlanishidir. Shunday ekan, bilish jarayonida sezgilar ham beqiyos ahamiyatga egadir. Sezgilar orqali inson tashqi olamdagi narsa va hodisalar haqidagi xususiyat va belgilarni, mazmun va mohiyatni, tafovutlarni biladilar.

Binobarin, ko‘z bilan narsalarning, hodisalarning rangi, shakli, katta-kichikligi ko‘riladi. Teri sezgisi orqali narsalarning egiluvchanligi, qattiq-yumshoqligi, tekisligi yoki g‘adir-budirligi haqida ma’lumot olinadi. Eshitish vositasi orqali tovushlarning xilma-xilligini, hid sezish orqali narsalardagi ba’zi holatlar bilinadi. Ko‘rdikki, har bir sezgi organining ham alohida xususiyati bor. Bu xususiyatlar idrok qilish uchun xizmat qiladi. Idrok sezishning murakkabroq shaklidir. Idrokda siymolar bir-biri bilan bog‘lanib yagona siymo qiyofasiga kiradi. Sezgida alohidalik, idrokda esa mujassamlik taqozo etiladi. Xulosa qilganda, sezgi, idrok, tasavvurlar bilishning birinchi bosqichini tashkil etadi. Bu o‘rinda faylasuf Omonulla Fayzullayevning diniy ilm va bilimlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Jumladan: “Ilm-bilimdan chuqur va yuqori. Tasavvuf ilmiy bilimni oddiy bilimdan ajratadi. Har bir narsa haqidagi egallangan axborot bilim bo‘lishi mumkin, lekin Xudo haqidagi bilim ilmdir, ya’ni keng ko‘lamda chuqur mulohazalar yuritish natijasida vujudga kelgan bilimdir. Ollohni chuqur tushunish, ya’ni avvalgi vaqtdagiga qaraganda ko‘proq, yaqinroq bilish mumkin, lekin uni mutlaq, to‘la-to‘kis, butkul bilib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon tili bilan aytganda bilish asimptotik ravishda rivojlanib boradi. Nega? Chunki, avvalo, odam, biluvchi mutlaq yetuk darajaga ko‘tarilmaydi. Darhaqiqat, aql esa doirasi chegaralangan bilimda ongning ham ayrim jihatlari namoyon bo‘lganini bildiradi?!

Shu ma’noda tasavvuf quyidagi xulosa – o‘xshatishga keladi: bilim – bu bir gilam, to‘la to‘qilgan gilam. Lekin, u gilam payg‘ambar zamonidan keyin shunday taxlanganki, biz faqat uning xoshiyalaridagi ko‘rinib turadigan bilimlarni egallayapmiz, xolos.

Tasavvufcha, “Bilim - Olloh tomonidan qalblarga in’om qilingan jumlalardir. Bilim – shu jumlalarni bir-biridan ajratish qobiliyati. To‘g‘ri yo‘l – buni qalb bilan sezish qobiliyati”. Bilim – bilishning natijasi ekan, u mantiqqa bo‘ysunadigan jumla yoki jumlalar tizimidir. Bilimni nobilim axborotdan ajratish, ya’ni adekvatlikni noadekvatlikdan ajratish jarayoni bilish vazifasiga kiradi. Shuning uchun ta’kidlanadi: bilimning til bilimi qismi bor. Shu bilan birga “til bilimi” dan, “qalb bilimi” ajratiladi. Qalb bilimi, avvalo, qalbning o‘zini bilishdan boshlanadi. Qalbni bilish asosida “voris bilimi” yotadi.

“Voris bilimi” dunyo haqidagi tushunchalardir. Shunday qilib dinni tushunish – dastlabki qadam, shundan boshlanadi “to‘g‘ri yo‘l”.

Bilim haqida gapirilar ekan, sufiy oddiy odamdan farq qiladi. Har bir odam bilimdon bo‘lishi shart emas. Oddiy sufiy bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmog‘i shart. Sufiylar qo‘yilgan maqsadni – odamni mukammal o‘rganish uchun Ollohga ishonish lozimligini tushinganidan keyin bilishga o‘tadilar, bilganlaridan keyin xatti-harakat qiladilar, undan keyin bilishni egallaydilar, bilishni egallaganlaridan keyin to‘g‘ri yo‘lga chiqib oladilar. Undan keyin jamiyatda faol qatnashadilar.

Ana shundan keyin, odam o‘z-o‘zini bila boshlaydi. Demak, odam o‘zini bilishi uchun Ollohni bilishi kerak, Ollohni bilishi uchun o‘zini bilishi kerak. Bu jarayon cheksiz davom etadi.


Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish