Mavzu: Ijodiy jarayonlarni tashkil etish jarayonlari Reja


Modellashtirish deganda, ijod ob’yektining har xil shakllarini moddiy va fikriy jihatdan yaratish usuli tushuniladi



Download 110 Kb.
bet10/11
Sana06.01.2022
Hajmi110 Kb.
#320846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ijodiy jarayonlarni tashkil etish jarayonlari

Modellashtirish deganda, ijod ob’yektining har xil shakllarini moddiy va fikriy jihatdan yaratish usuli tushuniladi. Ilmiy ijodda ko‘proq ushbu usuldan ham foydalaniladi. Modellashtirish usulida predmetning o‘rniga boshqa, ya’ni o‘sha predmetning modeli yaratiladi va o‘rganiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning turli modellaridan foydalaniladi. Modellar yordamida butunlay yangicha model paydo bo‘lishi mumkin. Bunga misol bozor munosabatlariga o‘tishning “o‘zbek modeli” paydo bo‘lishidir. Aslida iqtisodiyotda Shvetsiya, Xitoy, Yaponiya, Amerika, Tayvan, Janubiy Koreya, Turkiya modellari mavjud.

Model so‘zi namuna, timsol ma’nolarini anglatadi. Model- elementlar tizimi bo‘lib, bu tizim tadqiq etiluvchi narsaning (asl nusxasining) muayyan tomonlarini, aloqa va bog‘lanishlarini qaytadan yaratilishidir. Gipsdan, kartondan, plastmassadan, taxtadan va boshqa materiallardan yasaladigan, aynan insonlarning, muzeylarda, o‘quv yurtlarida va boshqa joylardagi maketlari modellarning namunalaridir. Ushbu modellar turli sohalarni o‘rganish uchun keng foydalaniladi. Hozirgi zamon fani narsa va hodisalarning xususiyat va xossalarini qaytadan yaratish uchun ko‘proq belgi modellarga, ya’ni matematik yoki mantiq belgilarining maxsus tuzilmalariga e’tiborni qaratmoqda. Masalan: agar biron-bir iqtisodiy tashkilot-korxona, sanoat tarmog‘i uchun xarakterli bo‘lgan aloqalar, jarayonlarni ifodalaydigan tenglamalar tizimi tuzilsa, xuddi ana shu narsa ayni tuzilmaning belgi (matematik) modeli bo‘ladi. Modellashtirish uchun muayyan o‘xshashlik (analogiya) tadqiq qilinuvchi ob’yekt bilan uning modeli o‘rtasidagi muvofiqlik asos qilib olinadi. Bu holat modeldan haqiqiy izlanayotgan ob’yektga o‘tishga, unda model yordamida olingan natijalardan foydalanishga yordam beradi. Modelning asl nusxasi bilan yaratilgan nusxasi o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Bu tafovut izlanuvchi tomonidan aniqlanishi talab etiladi. Ushbu uslub tadqiqotchining mehnatini yengillashtiradi. Ma’lumki, shunday narsa va hodisalar borki, ularning kattaligi, uzoqligi yoki kichik bo‘lganligi sababli unga bevosita yondashib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan modellashtirish usuliga murojaat qilinadi. Modellashtirish ob’yekt haqida hissiy tasavvurni paydo qiladi. Bu ayniqsa, mavhum narsa yoki hodisani tadqiq qilishda yanada muhimdir. Masalan: N. Borning atom modeli atomning ko‘pgina xususiyatlarini, jumladan beqarorligini yoki uzoqlasha olishini bilishga yordam beradi. Modellashtirish usuli narsa va hodisalarning tarixiy, ya’ni bilib olingan tomonlarini izohlabgina qolmaydi va faqat shuning uchungina yaratilmaydi. Modellashtirish narsa va hodisalarning ma’lum bo‘lmagan tomonlarini anglashga, bilishga ham chorlaydi. Bilish imkoni bo‘lmagan jarayonlarning ham xususiyatlarini ochishga yordam beradi. Modellashtirishda hozirgi zamon texnikaviy yutuqlari qo‘l kelmoqda. Ayniqsa, bunga elektron hisoblash, kompyuterlashtirish sohalari misol bo‘la oldi.

Ilmiy ijodda tizimli yondashuv ham mavjuddir. Tizimli (sistemali) yondashuv deganda, qismlardan tashkil topgan va muayyan tarzda bir-biri bilan bog‘langan hamda bir butun yaxlitlikni tashkil etadigan jarayonlarning hammasi tushuniladi. Tizimlar: oddiy, murakkab turlarga bo‘linadi. Masalan: oddiy tizimga misol qilib oshxonadagi idish-tovoqlar yig‘indisini olish mumkin. Murakkab tizimga esa, o‘simliklar, hayvonot olami tizimlarini olish mumkin. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish tizimi , ishlab chiqarish munosabatlari tizimlari murakkab xarakterdadir. Ilmiy ijodda narsa va hodisalarga tizimli yondashish talab etiladi. Tizimli yondashish natijasida olingan natijalar haqiqatdan uzoqlashmaydi. Shu sababli tizimli yondashuv oldida turli vazifalar turadi. Bular quyidagilar:


  • ilmiy ijodda narsa va hodisalarni faqat yaxlitlikda emas, umumiylikda murakkab tizim sifatida tahlil qilish;

  • tizim va tizimlarning mohiyatini ilm jihatdan tutgan o‘rnini aniqlash;

  • tizim va tizimlar haqida xolisona bilimga ega bo‘lish;

  • olib borilayotgan tadqiqot tizimi boshqa tadqiqotlar tizimidan farq qilishi va boshqalar.

XX asrda paydo bo‘lgan fanlar barcha sohalarda tizimli yondashuvni talab etmoqda. Sababi tabiat va jamiyatdagi barcha narsa va hodisalar yakka holda emas, balki o‘zaro bog‘langan va aloqadadir.


Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish