Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari. Bajaridi


Gipofiz va epifiz bezlari



Download 403 Kb.
bet3/6
Sana19.07.2021
Hajmi403 Kb.
#123316
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu2

Gipofiz va epifiz bezlari

Gipofiz bezi. Bu no'xatsimon, massasi 0,5-0,6 g ga teng bo'lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. Gipofiz uch bo'lakdan iborat: 01¬dingi, oraliq va orqa bo'laklar (2- rasm).
Gipofizning oldingi bo'lagidan olti xil: somatotrop, adreno¬kortikotrop, tireotrop, gonodotrop, laktotrop, lyuteinlovchi gormonlar ajraladi.
Somatotrop gormon (STG) bolalar va o'smirlaming o'sishini, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko'ra bolalar va o'smirlarda bu gormon ko'p ishlab chiqarilsa, bo'y normadan ortiq o'sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bun day odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo'y o'sishi sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi (3- rasm). Bunday bo'yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo'yi past bo'lsa ham aqliy faoliyati normal bo'ladi. Bo'y o'sishi to'xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko'p isWab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo'ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo'l va oyoq panja¬larining hajmi kattalashadi.
. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining ishini bosh¬qaradi, ya'ni kortikosteroid gormon ishlab chiqarilishini tartibga soladi.





3-rasm. Gipofiz bezidan somalo¬lrop; gormon ko'p isblanib cbiqqanda odam bo'yining normadan ortiqcha o'sishi - gigantizm, bu gormon kam bosh bo'lganda bo'y o'smay qolisbi ¬nanizm holatining ko'rinishi.





2-rasm. Gipofiz bezi: J- gipofizning arqa ba'lagi; 2- gipofizning aldingi ba'Jagi; 3- miyaning qadoqsimon tanasi; 4-epifiz.

Tireotrop gormon qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi.


Gonadotrop gormon erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o'smirlarda esa balog'atga yetish belgilari paydo bo'lishida ishtirok etadi.
Laktotrop gormon ayollarda sut bezlarining funksiyasini bosh qaradi.
Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi.


Gipofizning oraliq bo'lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo'lishini boshqaradi.


Gi pofizning orqa bo'lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bacha¬don Ihuskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug'ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (AD G) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5¬99% i qonga qayta so'rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo'lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so'rilish jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi sodir bo'ladi. Bu kasallikda odam ko'p suv iste'mol qiladi va ko'p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko'p).


Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi bar¬cha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo'lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq miyadajoylashgan gipotalamusdan aj¬raladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi.
Epifiz bezi. Epifiz bosh miyaning asosida, ya'ni o'rta miya sohasida joylashgan bo'lib, uning massasi 0,2 g. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon gi pofizning oraliq bo'lagidan ajraladigan intermidin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, epifizdan ajraladigan gormon gi pofizning gonadotrop funksiyasini tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog'atga yetish jarayonini susaytiradi.
Epifizning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib bora¬di, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog'atga yet ish davri oldidan butunlay to'xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi oldinroq pasaysa, gi pofizning gonadotrop funksiyasi kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog'atga yet ish belgilari paydo bo'ladi.


Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish