Shilliq parda
- notekis bo’lib, uning yuzasida har xil yo’nalishda ketgan burmalar
farqlanadi.Uzunasiga ketgan burmalar 4-5 buli, kardial teshikdan boshlanib pilorik qismidagi
teshikgacha yo’naladi.Me’daning tubi va tana qismida joylashgan burmalar kundlang, kiya va
uzunasiga qarab yo’nalgan. Me’dani o’n ikki barmoqli ichakka o’tish joyida pilorik o’zuksimon
burma hosil bo’lib, uning asosini muskulli sfinkter hosil qiladi. Sfinkter qisqarishi natijasida
me’da bo’shigi o’n ikki barmoqli ichak bo’shlig’idan to’liq ajratiladi. Shilliq parda yuzasida
ko’p miqdorda me’da maydonchalari va chuqurchalari joylashgan. Me’da maydonchalari mayda
egatlar bilan chegaralangan bo’rtiqlardir. Bo’rtiqlar xajmi uncha katta emas va eniga 1-6 mm
keladi. Me’da maydonchalarida me’da chuqurchalari joylashgan. Chuqurchalarni soni me’dada 3
millionga teng. Har bitta chuqurchaga xususiy plastinka qavatida joylashgan 2-3 bezlarining
chiqaruv naylari ochiladi. Me’daning shilliq pardasi uch qavatdan tuzilgan:
a) bir qavatli tsilindrsimon epiteliy - me’da shilliq pardasi yuzasini va chuqurchalarni
qoplaydi. Me’da epiteliysi shilliq moddalar doimo ishlab turadi va me’da devorini ichki
tomonidan shilimshshik modda qalin qavat xolida qoplab turadi. Pepsin, xlorid kislota va boshqa
ximieviy yemiruvchi moddalar ta’siridan himoyalaydi.
b) xususiy plastinka - biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, bunda me’daning pilorik,
kardial va fundal bezlari joylashgan. Biriktiruvi to’qimasi tolalari orasida limfotsitlar, plazmatik
hujayralari va fibroblastlar, limfoid follikulalar ko’p miqdorda uchraydi
v) muskul plastinka - silliq muskul hujayralarining yupqa qatlamidan iborat.
2. Shilliq osti qavati
- siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima, qon va limfa
tomirlarining turlari va Meysner nerv chigali uni tarkibini tashkil qiladi.
.
3. Muskul parda
- silliq muskul to’qimadan tuzilgan bo’lib, muskul hujayralari
uzunasiga, halqasimon va qiyshiq yo’nalishda o’rnashgan. Muskul pardaning qavatlari orasida -
Auerbax nerv chigali va limfa tomirlari yetadi.
4.Seroz parda
- qorin pardaning vistseral varag’idir. Seroz pardaning yuzasi bir qavatli
yassi epiteliy - mezoteliy bilan qoplangan. Seroz parda me’dani hamma tomonidan qoplaydi va
shu sababli intraperitonial a’zolar guruxiga kiradi.
Ishlab chiqadigan maxsuloti yoki sekretiga ko’ra, joylashuviga nisbatan 3 gurux me’da
bezlarMe’daning pilorik bezlari i farqlanadi. Odamda me’da bezlari 35 millionga yaqin bo’lib,
xususiy yoki fundal, pilorik va kardial bezlar ajratiladi. Me’da bezlari shilliq pardaning xususiy
plastinkasida joylashib, tuzilishi jixatdan oddiy, naysimon va shoxlanmagan bo’ladi. Har bitta
bezda tubi va me’da chuqurchasiga ochiladigan bo’yinchasi farqlanadi. Xususiy yoki fundal
bezlarda 4 xil hujayralar, chunonchi
bosh hujayralar, qo’shimcha hujayralar
,
qoplama
hujayralar va bo’yin hujayralar
bo’ladi. Bosh hujayralar bezning tubida ko’proq joylashib,
pepsinogen va rennin
ishlab chiqaradi. Qoplama hujayralar xajmi bosh hujayralar xajmidan
kattaroq bo’lib, yakka-yakka yetadi va bezning tana va bo’yichasida ko’proq uchraydi. Qoplama
hujayralar
xlorid kislotasi va antianemik faktor
ishlab chiqadi. Qo’shimcha va bo’yin xujayralari
ishlab chiqadigan maxsulotiga ko’ra bo’linadi:
a) mukotsitlarga -
Do'stlaringiz bilan baham: |