Mavzu:Ibrat maskani .Bag‘rikenglik
Mahalla insonning hayoti, turmush tarzi, taqdiri, eng muhimi, tarbiyasida
asosiy rollardan birini o‘ynovchi katta kuch hisoblanadi. Zero,
insonning umri aynan mahallada o‘tadi. Mahalla – aholini jipslashtirish va safarbar
etish, jamiyatni taraqqiy ettirishga xizmat qiluvchi, shuningdek, o‘z hududida
poklik, to‘g‘rilik, xolislik, beg‘arazlikni qaror toptiruvchi kuchdir. Mahalla
milliy urf-odat va an’analar, hashar va boshqa tadbirlarni amalga oshirish vositasi
hamdir. Shuningdek, mahalla odamlar bir-birining issiq-sovug‘i, g‘am-tashvishidan
xabar olib turadigan eng tabarruk maskan, deb bejizga
Amir Temur davrida mahallada birdamlik, tozalik masalalariga alohida
e’tibor qaratilgan. Xalqni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ko‘pgina
hovuz, ariqlar qazilgan. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra,
Amir Temur va temuriylar davrida yuqumli kasalliklar tez-tez tarqab turar edi.
Buning oldini olish uchun kerakli choralar ko‘rilgan. Xususan, tozalikka katta
ahamiyat berilgan, ayniqsa, ariq va hovuzlardagi suvlar
Alisher Navoiy ijtimoiy kelib chiqishi, mavqeidan qat'i nazar, insonni ulug‘ladi.
Inson deya atalmish xilqatga buyuk hurmat bilan qaradi. Axloqiy va insoniy
fazilatlarni o‘zining asarlarida madh etdi. Yaxshilarga qo‘shilish, yaxshilar suhbatida
bo‘lib, har vaqt xushmuomalalik, oliyjanoblik va insoniylik bilan xalqning
hurmatini qozonish mumkinligini kuyladi.
Navoiy din-u diyonatni mahkam ushlagan, bu yo‘ldan aslo adashmagan ulug‘
siymo edi. U imon, insof, diyonat, saxovat, muruvvat kabi insoniy qadriyatlarga
hamisha amal qilib yashadi. Boshqalarni ham shunga da’vat qildi. Butun hayoti
va faoliyatini inson baxt-saodati, xalqning farovonligiga bag‘ishladi.
Ayniqsa, Navoiy vazirlik davrida butun kuchini mamlakatda tinchlik
va osoyishtalik o‘rnatishga, uni yanada obod qilishga sarfladi. Muarrix
Xondamir Alisher Navoiy Xurosonda 52 ta rabot, 20 ta hovuz,
16 ta ko‘prik, bir qancha masjid-madrasa, to‘g‘on, ariq, hammom va boshqa
maishiy binolar qurdirganini qayd etgan.
O‘rtamizdagi do‘stlik rishtalari hamma sohalarda namoyon bo‘lmoqda: har
bir pravoslavning musulmon do‘stlari mavjud bo‘lgani kabi ruhoniylar va imomlar
o‘rtasida ham do‘stlik aloqalari juda baland. Do‘st musulmonlarga tadbirkorlik
sohasi yoki konstitutsiya bo‘yicha yordam bilan murojaat qilinsa, albatta,
so‘ralgan narsani olamiz. Bizda ziddiyatlar u yoqda tursin, tushunmovchiliklar
ham mavjud emas
Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil oldin respublikamiz hududida 70 ga
yaqin millat vakillari istiqomat qilgan. 1926-yili mamlakatimizda 90 ta millat va
elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1959-yili ularning soni 113 taga, 1979-yilda esa
123 taga yetgan, 1989-yildan hozirgacha bo‘lgan vaqt mobaynida esa 130 dan
ortgan.
Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasidagi “tolerantlik”
so‘zi o‘zbek tiliga “bag‘rikenglik” deb tarjima
qilinganidan keyin, tilimizda o‘rnashib qoldi. Rus
tilida “терпимость” so‘zi boshqachasiga aytganda
“снисходительность”, ya’ni bag‘rikenglik, kengfe’llik
ma’nolarini anglatadi. Diniy soha haqida gap ketganida
rus tilida “веротерпимость” so‘zi ishlatiladi. O‘zbek tilida
“diniy bag‘rikenglik” iborasi aynan shunga mos keladi.
“XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan
majburlab ko‘chirilgan krestyanlar nochor
ahvolga tushib qolganda mahalliy aholi
ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan. O‘sha
davr voqealarini ko‘rgan iyeromonax Xariton:
“...Mahalliy aholi nochor ko‘chmanchilarga
rahmdillik bilan munosabatda bo‘ldi, busiz ularning ko‘pchiligi ochlik va
muhtojlikdan o‘lib ketgan bo‘lardi”, degan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
19-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati
oldida turgan dolzarb masalalarga to‘xtalib, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb
nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish bo‘yicha takliflarini ilgari surgan
edi. 2018-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi 193 ta a’zo mamlakat
tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |