O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89 va 93-moddalariga ko‘ra, Islom Karimov ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondonidir. 1994-yili Islom Karimovga O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi unvoni berilgan, shuning bilan, iqtisod, fan va ta`limni rivojlanirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universiteti va akademiyalarining faxriy fan doktori, professori hamda akademikligiga saylangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89 va 93-moddalariga ko‘ra, Islom Karimov ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondonidir. 1994-yili Islom Karimovga O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi unvoni berilgan, shuning bilan, iqtisod, fan va ta`limni rivojlanirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universiteti va akademiyalarining faxriy fan doktori, professori hamda akademikligiga saylangan. Prezident I.A.Karimov O‘zbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda, mamlakatning iqtisodiy, madaniy rivojlanishida, Respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgani uchun “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni (1994-yil), “Mustaqillik” (1996-yil), “Amir Temur” (1998-yil) ordenlari bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. Karimov Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda "oʻzbek modeli" deb eʼtirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida Oʻzbekiston turli-tuman "sakrash"lar, "falaj qilib davolash"lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga oʻtishda oʻziga xos yoʻldan bordi va puxta oʻylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat neft va neft mahsulotlari, gʻalla mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada koʻpaydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, avtomobilsozlik sanoati barpo etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |