Davolash rejasi oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan oʻtkazilgan konsiliumda belgilandi. Tibbiy xulosaga binoan, bemorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etildi. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi , arefleksiya kuzatildi. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv oʻtkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlandi." Toʻliq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiya chora-tadbirlari oʻtkazilganiga qaramasdan 2016-yil 2-sentabr kuni soat 20:15 da yurak faoliyati toʻxtadi. Amalga oshirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20:55 da biologik oʻlim holati qayd etildi.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |