O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSITUTI
“GUMANITAR FANLAR” FAKULTETI
“MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI ” KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: HUQUQIY TARBIYANI SHAKILLANTIRISH OMILLARI
BAJARDI: HAYDAROV NURAZIM
QABUL QILDI: __________________
Chirchiq – 2022
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………3
I BOB FUQOROLARDA HUQUQIY TARBIYANI SHAKILLANTIRISH
1.1 Fuqorolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tarbiyasini takomillashtirish…………………………………………………………9
1.2 Huquqiy tarbiyani yuksaltirish ilmiy asoslarini tatbiq etish……………………………………………………………18
II BOB AHOLINING HUQUQIY TARBIYASINI YUKSALTIRISH
2.1 Aholining huquqiy tarbiyasi va ijtimoiy faolligini yuksaltirish…….25
XULOSA………………………………………………………………30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..33
KIRISH
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisi.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo’lishi kerak bo’lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
O’zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bian olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda.
Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan.
Huquqiy tarbiyaning keng va tor maonoda ko’rish mumkin. Keng maonoda butun jamoaning, ko’pchilikning ongiga taosir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya, tor maonoda esa alohida shaxsga, uning ongiga taosir etish yo’llari tushuniladi.
Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti – harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi.
Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» taosir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.
Malumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo’llari nimadan iborat ekanligini yetkazmoq lozim.
Tartib buzuvchilar orasida o’z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham uylamaslik va bunday harakatni jazoga loyik emas deb tushunish ko’p uchraydi. SHunday tushuncha hosil bo’lmasligi uchun huquqiy tarbiya jarayonida har bir jamoada o’rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.
Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla boshlandi. Shu davrga aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq holda olib olib borilayapti.
Shaxs va jamiyat o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning rivojlanish prinsiplariga mos bo’lishi shaxs faoliyatini yo’naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog’liq. Hayotiy pozitsiya esatarbiya jarayonida shakllanadi. SHu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o’z naozoratiga olgan va bu vazifani bajarishga eng dono kishilarga topshirgan. SHaxsni yashashga o’rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo’lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror –bir foydali ishga, faoliyatga o’rgatish demakdir. Masalan, yoshlarni biror hunarga, muomalaga, sanatga, yurish turishga va boshqalarga o’rgatish.
Huquqiy tarbiya boshqa turdagi tarbiya bilan o’zaro yaqin. Masalan, shaxsda mehnatga bo’lgan munosabatni shakllantirishda ko’r-ko’rona itoatkorlikka emas, balki jamiyat va davlat manfaatlariga, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilishga o’rgatish lozim.
Axloq normalari bilan huquqiy normalar bir biriga juda yaqin turadi. SHaxs axloqsiz bo’lsa, u qonunlar talabiga rioya qilmaydi. Binobarin, bunday shaxsni huquqiy tarbiyalash samarasiz bo’ladi, hatto jazo choralarini ham to’g’ri yo’lga solish qiyin.
Huquqiy tarbiya tizimi uch tarkibiy qismdan tashkil topadi: davlat belgilangan qonun qoidalarini o’qitish; ularni jamiyat aozolari o’rtasida tashviqot qilish; o’quvchi yoshlarni qonun qoidalar ijrosida bevosita ishtirok etishga o’rgatish.
Huquq normalarini o’qitish deyilganda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan dastur asosida shaxsga bilim berish tushuniladi. YUridik bilim berish umumiy va maxsus yo’nalishlarda bo’lish mumkin. Masalan, yuridik institutlar, fakultetlarida, «yurist operativ xodim» malakasi beriladi. Xalq maorifi tizimining barcha bug’inlarida aniq dastur asosida umumiy huquqiy bilim beriladi.
Huquqiy normalarni tashviqot qilishda jamiyat aozolari bilishi lozim bo’lgan qonun qoidalarni, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruq va yo’llanmalarni turli vositalar yordamida aholii orasida tashviqot qilishdir. Huquqiy normalarni aholiga tushuntirish muhim qonunchilik prinsipi bo’lib hisoblanadi. Qonunchilik talabiga ko’ra har bir yangi qonun qoida matbuotda elon qilingandan keyin maolum vaqt utgach amal qila boshlaydi. YAngi tartib qachondan boshlab joriy qilinishi huquqiy normaning o’zida ko’rsatiladi.
Huquqiy tarbiyaning maqsadi maolum vositalar, shakl va metodlar yordamida shaxsning ongiga taosir ko’rsatib, unda davlat belgilangan qonun qoidalarga itoatkorlikni, davlat siyosatini ijro etish hamda o’z hatti harakatini davlat talabiga muvofiq holda tanlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, yani huquqiy normalarga hurmatni, ularga ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir. Huquqiy tarbiya shaxsning bolalik chogidan yetuklik davrigacha o’tkaziladigan tarbiyaviy jarayonnio’z ichiga oladi. Bu jarayon davrida shaxs oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarda, oliy taolimda, o’rta maxsus, kasb-hunar taolimida, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash idoralarida huquqiy tarbiya oladi. Demak huquqiy tarbiya bosqichma- bosqich beriladi. Bosqichli huquqiy tarbiya berishdan maqsad yoshlarning huquqiy bilimlar va ko’nikmalarini tarkib toptirishni uzluksiz taominlashdir. Huquqiy tarbiya oldiga qo’yilgan umumiy vazifa shaxsga qonunlarni va unga amal qilish yo’llarini o’rgatish. Huquqiy tarbiyaning yuridik vazifasi shaxsda muayyan holatlarda zarur huquqiy normalarni qo’llay olish qobiliyatini tarbiyalashdir.
Huquqiy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri shaxsda huquq normalarini o’rganishga ehtiyoj o’yg’otish, yani o’zini mustaqil ravishda huquqiy tarbiyalashga odatlantirishdir. Huquqiy normalarga hurmat ruxida tarbiyalangan shaxs qonun-qoidalarga muntazam ravishda o’rganib boradi va boshqalarni ham shunday qilishga davat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |