General shtatlar uch – ruhoniylar, dvoryanlar va o’rta tabaqa vakillaridan iborat edi. Lyudovik XVI General shtatlar orqali o’z oldimga qo’ygan maqsadlarni amalga oshira olaman va bu yo’l bilan hokimiyatni mustahkamlayman, degan fikrda edi. Biroq, bu paytda qo’shni davlatlarda ma’lum bir ta’sirga ega bo’lgan yangi fikrlar, ta’limotlar, g’oyalar Fransiya hududlariga ham kirib kelgan, o’z ta’siri bilan ko’pchilikni o’zi tomon qarata olgan edi. Xususan, Angliya parlamentidagi harakatlar, Germaniya va boshqa mamlakatlarda yuz berayotgan o’zgarishlar, ya’ni qirollik hokimiyatining mutlaq hukmronligini cheklashga bo’lgan intilishlar Fransiyadagi ilg’or fikrli kishilar tomonidan qo’llabquvvatlanayotgan edi. Shu narsani aytish kerakki XVII asrda paydo bo’lgan ma’rifatparvarlikning asosiy o’zagida «aqlning ustunligi» fikri asosiy o’rin egallagan edi. Shu bilan birga inson, ya’ni u kim bo’lishidan qatiy nazar inson, uning erkinliklari hech kim tomonidan cheklanmasligi kerak, hamma mulkiy tabaqalnishidan qat’iy nazar teng bo’lishi lozim degan fikrlar paydo bo’ldi. Bu esa Yevropadagi, chunonchi Fransiyadagi ma’rifatparvarlarining ham asosiy qarashlarini tashkil etar edi.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, ko’pgina hollarda yuqori lavozim, boylik asosiy, qolganlari ikqilamchi holat, degan qarashlar ko’p bo’lgan. Fransiya qirolining olib borgan hatti-harakatlarini ham shunday baholash mumkin. U bu borada ikki yo’l tutishga harakati qildi. Ya’ni o’z qarorini Generalshtatlar orqali qabul qildirmoqchi va davlat xazinasini to’ldirmoqchi bo’ldi va ikkinchi tomondan, o’zini xalq boshiga olib keluvchi bu og’irlikda o’zini aybsiz qilib ko’rsatmoqchi bo’lishga urindi. Biroq, uning bu hatti-harakati u kutgan natijani bermadi.
Lyudovik XVI mamlakatda soliq solishni amalga oshirishga kirishdi. Biroq, chaqirilgan General shtatlar o’zlarining ro’xsatisiz soliq solishni man etdi. Oqibatda General shtatlardagi deputatlarni haydab chiqishni buyurdi. Ammo, uchinchi tabaqa deputatlari konstitusiya qabul qilinmaguncha bu yerdan ketmasliklarini aytdilar va o’zlarini Millatlar ligasini to’zdilar. Bu ligani tezda ta’sis ligasi deb o’zgartirdilar.
Deputatlar tomonidan mamlakatda o’ziga xos konstitusiyani qabul qilish g’oyasining paydo bo’lishi, Fransiyada amal qilib kelayotgan qirol hokimiyatini cheklash va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida paydo bo’lgan fikrlar va qarashlarning, ya’ni g’oyalarning amalda tatbiq etish uchun bo’lgan urinishlar, deb baholash mumkin. Uchinchi tabaqa vakillari tomonidan tashqil etilgan Millatlar ligasi bu g’oyani amalga oshirish uchun bo’lgan asosiy mexanizmlardan biri, deb aytish mumkin.
Biroq, qirol yuzaga kelgan bu keskinlikni o’z foydasiga hal qilish uchun yana ikkita yo’l tanladi. Birinchidan, u o’zini xalqqa yon bosayotgandek ko’rsatishga urindi va ikkinchi tomondan chet el qo’shinlarini Fransiyaga kiritib, o’z hokimiyatini mustahkamlashga bo’lgan harakatni boshlab yubordi. Bu esa xalqni noroziligini kuchaytirdi. 1789 – yil 14–iyulda Parij aholisi Bastiliya qamoqxonasini qo’lga olib, mahbuslarni ozod etdilar. Bu esa Fransiya tarixida yirik siyosiy voqea bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |