Hikoya muallifi Sunnatilla Anorboyev hayoti va ijodi haqida qisqacha ma`lumot berish. T aniqli adib, mohir jurnalist Sunnatilla Anorboyev 1922 yilda Janubiy Qozogʻiston viloyatining Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida tavallud topgan. Avval toʻliqsiz oʻrta maktabda, soʻngra Namangandagi pedagogika texnikumida tahsil oldi. Nihoyat, Toshkent davlat pedagogika institutida oʻqishni davom ettirdi. 1942–1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etdi.
Urushdan qaytgach, oʻqituvchilik qildi. 1949 yillardan boshlab respublika gazeta-jurnallarida faol qatnasha boshladi. Sunnatilla Anorboyev lavha, maqola, ocherk yozishdan hikoya, qissa va roman yozish darajasiga koʻtarildi.
BAHS Sunnatilla Anorboyev
I
Oqsoy qishlog'ida Halim, Salim, Karim degan bolalar bor. Ular sinfda ham yonma-yon o'tirishadi. Darsni ham birga tayyorlashadi. Ta'til yaqinlashgan sari uch o'rtoq soy bo'yidagi ko'rpaday qalin chimga cho'zilib, yozda qiladigan ishlari to'g'risida uzoq-uzoq suhbatlashadigan bo'lib qolishdi.
— O'qish tugagan kunning ertasigayoq yaylovga ketaman, — dedi Karim. — Bo'ribosarni ergashtirib, qo'y boqishda otamga ko'maklashaman. Katta bo'lsam-chi, otamdek cho'pon bo'laman. Cho'ponlikdan yaxshi kasb yo'q olamda!
Karimning keyingi gapidan Halim bilan Salimning jahli chiqdi.
— Nega endi? — deyishdi ikkovlari birdaniga.
— Mana, masalan, mening otamday hisobchi bo'lish yomon ekanmi? — dedi achchiqlanib Halim. — Fermer xo'jaligida kirn qanday ish qildi, qancha ish haqi oladi, cho'ponlar davlatga qancha jun, go'sht, yog', sut yetkazishini otam hisoblab beradi. Katta bo'lsam, albatta, otamday hisobchi bo'laman.
— I-i, anavini qaranglar! — ermak qildi Karim.
II
Salim yuvosh bola edi. Lekin ikkala o'rtog'ining gapi g'ashini keltirdi.
— Xo'jalik mulki omborxonada saqlanadimi yo ko'chadami? — deb so'radi Salim.
— Albatta, omborxonada!
— Omborxonani kechasi otam qo'riqlaydi. Xo'jalik don-duni, go'sht-yog'i-yu asbob-uskunalarini otamga ishonib topshirib qo'yibdi! Men katta bo'lsam, albatta, otamdek qorovul bo'laman.
Shunday qilib, uch o'rtoqning bittasi unday deb, ikkinchisi bunday deb gap talashib qolishdi.
III
O'qishlar ham tugadi. Karim ertaga buvasi bilan tog'ga jo'naydi. Shunga yo'l hozirligini ko'rishdi. Lekin, negadir, qovog'i soliq edi. Buvasi hayron bo'ldi.
— Buva, cho'ponlik yomonmi?— dedi Karim sekin.
— Yo'q, chirog'im.
— Qorovulchilik-chi?
— Qorovulchilik ham yomon emas.
— Hisobchi bo'lish-chi?
— Hisobchilik ham yaxshi.
— Ichida eng yaxshisi qaysi?
— Kasbning yomoni bo'lmaydi, — dedi buvasi.
Karim buvasining og'zidan bu gapni eshitganda, yuzidan olov chiqib ketdi. Axir u: «Faqat dadamning kasbigina yaxshi», — deb do'stlarini kamsitgan edi-da!
Karim yugurganicha soy bo'yiga ketdi. O'rtoqlari oldiga borib, chimga cho'zildi-yu:
— Hech bir kasbning yomoni bo'lmaydi! — dedi o'pkasini bosolmay hansirab.
U o'rtoqlari bilan arazlashganini ham unutib qo'ygandi.
— Sening otangning qorovulchilik kasbi ham yaxshi, sening otangning hisobchilik kasbi ham yaxshi...
— Sening otangning cho'ponlik kasbi ham yaxshi! — deb unga qo'shimcha qildi Salim.
Uchovining ham ichlarida chiroq yonganday chehralari yorishib ketdi...
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. She'rni to'xtamlarga rioya qilib, ifodali o'qing.
2. Shoir yoshlarni nimaga chaqiryapti?
3. She'rda hunarga qanday ta'rif berilgan?
4. Siz kim bo'lmoqchisiz
V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlashDarsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa. She'rni yod oling.
O`qituvchi : Rajapova Nargiza
Do'stlaringiz bilan baham: |